Axborotni aks etuvchi tizimlar Reja: 1. Monitorlar va videoadapterlar 2. Monitorlarni ulash 3. Videoadapterni sovitish tizimi 4. Axborotni vizual aks etish vositalari 5. TV-tyuner platasini o'rnatish bosqichlari 1. Monitorlar va videoadapterlar Hozirgi vaqtda kompyuter monitorlarining rivojlanishi eng yuqori cho'qqini zabt etdiki, apparat ta'minotini sinchiklab o'rga nish zamon talabi bo'lib qoldi. Sekin ishlaydigan videoadapter hatto tezligi katta bo'lgan kompyuterning ishini ham sekinlashtiradi. Monitor va videoadapterning noto'g'ri birikmasi nafaqat belgilang an masalani to'laqonlik bilan bajarish imkonini bermaydi, balki foydalanuvchining ko'rish qobiliyatining pasayishiga ham olib keladi. Kompyuterning axborotni aks etuvchi tizimi ikkita asosiy komponentdan tashkil topgan. Monitor (displey), odatda, suyuqkristalli ekran yoki elektronnurli trubkaning oldi paneli ko'rinishida bo'ladi, ammo keng formatli televizor ham, LCD va DLP texnologiyasidan foydalanuvchi plazmali panel va proyektor ham bo'lishi mumkin. Videoadapter (grafik adapter yoki videokarta) ko'pchilik tizimlarda tizimli plataning razyomlaridan biriga o'rnatiladigan kengaytirish platasi ko'rinishida bo'ladi. Ba'zi bir tizimlarda u tizimli plata ichiga joylashtirilgan yoki uning mantiqiy tizimli mikrosxemalar to'plamiga kiritilgan bo'ladi, ammo bunday kompyuterlarni ham unumdorligi yuqori bo'lgan AGP, PCI yoki PCI-Express videoadapterlari bilan jihozlash mumkin. Odatda, monitor ikkita asosiy texnologiyadan biriga asoslanadi: suyuqkristalli displey LCD (Liquid Crystal Display) yoki elektron - nurli trubka CRT (Cathode-Ray Tube). proyektorlar LCD yoki DLP (Digital Light Processing - yorug'likka raqamli ishlov berish) texnologiyasiga asoslanadi. Hozirgi vaqtda ham matnli (matnli ish tartibida), ham grafik (grafik ish tartibida) axborotni aks etuvchi universal tipdagi displeylar ishlab chiqarilmoqda. Monitorlarni ishlab chiqarishning asosiy variantlarini ko'rib chiqamiz. Raqamli monitorlar. Eng oddiy monoxromli monitor faqat oqqora tasvirni aks etish imkonini beradi. Raqamli RGB-monitorlar (Red-Green-Blue) ham monoxromli, ham rangli (16 xil rang turi bilan) ish tartibini qo'llaydi. Analogli monitorlar. Signallarni analogli uzatish kuchlanishning turli darajasi ko'rinishida amalga oshiriladi. Bu chuqurlik daraj asi turli xil bo'lgan ranglar jilosini shakllantirish imkonini beradi. Multichastotali monitorlar. Videokarta qatorning gorizontal chastotasiga va kadrlar takrorlanishining vertikal chastotasiga tegishli bo'lgan sinxronlantirish signalini shakllantiradi. Monitor bu qiymatlarni tanishi va unga muvofiq ish tartibiga o'tishi kerak. Suyuq kristalli displeylar (LCD). Ularning yaratilishi kompyuterlarning og'irligini va o'lchamini kamaytirish uchun olib borilgan ishlar bilan bog'liq. Suyuq kristalli displeylarning asosiy kamchiligi tasvirlarni yoki sichqoncha ko'rsatkichining harakatini tez o'zgartirish imkonining yo'qligidadir. Bunday ekranlar qo'shimcha yorug'lik tizimiga yoki tashqi yorug'likka muhtojdirlar. Bu ekranning afzalliklari organizm uchun zararli bo'lgan spektrlarning sezilarli darajada kamayganligidir. Gazoplazmali monitorlar. Gazoplazmali monitorlarda LCDekranlarda bo'lgan kamchiliklar mavjud emas, ammo elektr energiyani ko'p iste'mol qiladi. Sensorli ekranlar guruhini alohida ajratib ko'rsatish kerak, chunki ular nafaqat ma'lumotlarni ekranga chiqarish, balki ularni kiritish imkonini beradi, ya'ni ular kiritishchiqarish qurilmalari sinfiga mansubdir. Bu ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:06:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.77 MB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:16
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:06 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.77 MB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:16 ]
Arxiv ichida: docx