Axbortni belgilash Reja: Axborotni tasniflash tizimi Axborotni shartli belgilash tizimi Axborotni turli nishonlari bo'yicha tasniflash Axborotni tasniflash tizimi Tasnif - muayyan belgilarga muvofiq obyekt (voqea, jarayon, tushuncha)larni sinflar bo'yicha taqsimlanish tizimidir. obyekt deyilganda moddiy yoki nomoddiy xususiyatga ega bo'lgan har qanday buyum, jarayon, voqealar tushuniladi. Tasniflash tizimi obyektlarni guruhlash va qator umumiy xususiyatlarga ega muayyan sinflarni ajratish imkoniyatini beradi. obyektlarni tasniflash bir xil xususiyatlarni ajratishga qaratilgan yangi darajadagi guruhlash jarayonidir. Tasnif obyekti sifatida axborotga nisbatan ajratilgan sinflar axborot obyektlari deb ataladi. Masalan, muayyan oliy o'quv yurti to'grisidagi barcha axborotni umumiy xususiyatga ega quyidagi axborot obyektlariga ajratish mumkin: a) studentlar to'grisidagi axborotlarni - Student axborot obyekti sifatida; b) o'qituvchilar to'grisidagi axborotlarni - O'qituvchi axborot obyekti sifatida; v) fakultetlar to'grisidagi axborotlarni - Fakultet axborot obyekti sifatida va hokazo. Axborot obyekti xususiyatlari rekvizitlar deb ataluvchi axborot ko'rsatkichlari bilan belgilanadi. Rekvizit - obyekt, jarayon, hodisalarning muayyan xususiyatlarini ifoda etuvchi, mantiqan bo'linmas axborot elementidir. Rekvizitlar so'zlar yoki raqamlar bilan ifodalanadi. Rekvizit-belgi boshqarish obyektining sifat xususiyatini ifodalaydi, rekvizit-asoslar alohida olinganda iqtisodiy haet hodisalarini har tomonlama belgilab bera olmaydi. Shuning uchun ularni birlashtirib, ko'rsatkich hosil qilinadi. Misol uchun, oliy o'quv yurti kadrlar bo'limida har bir student to'grisidagi axborot bir xil rekvizitlar orqali tartiblashtirilgan va aks ettirilgan. Chunonchi, bular: studentning familiyasi, ismi, otasining ismi; jinsi; tug'ilgan yili; tug'ilgan joyi; yashash joyi; o'qiyotgan fakulteti va hoka'zolar. Ushbu rekvizitlarning hammasi Student axborot obyektining xususiyatlarini ifoda etadi. hozirgi vaqtda davlat, tarmoq, mintaqaviy tasniflari ishlab chiqilgan va qo'llanilmoqda. Jumladan, sanoat tarmoqlari, jihozlar, kasblar, o'lchov birliklari, xarajat moddalari va hoka'zolar tasnif qilingan. Klassifikator - tasnif guruh nomi va shartli belgilashning bir tizimga solingan jamlanmasidir. Tasniflashda tasnif ko'rsatkichi va tasnif ko'rsatkich qiymatlari tushunchalari keng ko'lamda ishlatiladi. Ular obyektlarning bir-biriga o'xshashini yoki bir-biridan farqini ko'rsatish uchun xizmat qiladi. Misol: tasnif ko'rsatkichi sifatida insonning yoshini olish mumkin, bu tasnif ko'rsatkichi qiymatlari sifatida esa uchta qiymatni ko'rsatish mumkin: 20 yoshgacha, 20 dan 30 yoshgacha, 30 yoshdan yuqori. Bu misolni boshqacha ham ko'rish mumkin: tasnif ko'rsatkichi sifatida quyidagilarni belgilash mumkin: 20 yoshgacha, 20 dan 30 yoshgacha, 30 yoshdan yuqori. obyektlarni tasniflashda uch usuldan foydalaniladi: ierarxiya tizimi, faset tizimi, deskriptor tizimi. Bu tizimlar tasnif ko'rsatkichlarini turlicha qo'llash strategiyasi bilan bir-biridan ajralib turadi. Kuyida ularning asosiy g'oyalari bilan tanishamiz. Tasniflashning ierarxiya tizimi Tasniflashning ierarxiya tizimi quyidagi tarzda tuziladi (2.1-rasm): elementlarning asos qilib olingan to'plami 0-darajani tashkil etadi va sinflar (guruhlar)ga tanlangan tasniflash ko'rsatkichlariga boliq ravishda bo'linadi. Bu guruhlar 1-darajani tashkil etadi; 1-darajali har bir sinf o'ziga xos ko'rsatkichlarga ega bo'lgan ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:06:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
76.69 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:16
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:06 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
76.69 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:16 ]
Arxiv ichida: docx