Axborotni himoyalash. Antivirus dasturlari va ularni o'rnatish. Antivirus dasturining imkoniyatlari va ularni yangilab turish

Axborotni himoyalash. Antivirus dasturlari va ularni o'rnatish. Antivirus dasturining imkoniyatlari va ularni yangilab turish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborotni himoyalash. Antivirus dasturlari va ularni o'rnatish. Antivirus dasturining imkoniyatlari va ularni yangilab turish - rasmi

Material tavsifi

Qo'qon davlat pedagogika instituti ijtimoiy-gumanitar fanlar o'qitish metodikasi(Tarix) I bosqich magistranti Abdullaeva Binafshaning zamonaviy axborot texnologiyalari fanidan tayyorlagan mavzu: Axborotni himoyalash. Antivirus dasturlari va ularni o'rnatish. Antivirus dasturining imkoniyatlari va ularni obnavit qilish 1. Axborot himoyalash. 2 . Antivirus dasturlarini o'rnatish. 3 . Antivirus dasturlarini imkoniyatlari. 4. Antivirus dasturlarini obnovit qilish. REJA: TAYANCH TUSHUNCHALAR Kasperskiy . Nod32. Obnovit. Login . Parol. Virus. Mavzular Axborot xavfsizligini ta'minlash; Login va parol tushunchasi; Avtorizatsiya tushunchasi; Ro'yxatdan o'tish tartibi; Login va parolga ega bo'lish shartlari; Login va parolni buzish; Login va parolni o'g'irlash; Resurslardan ruxsatsiz foydalanish va uning oqibatlari; Kompyuter virusi; Viruslarning turlari va vazifalari; Viruslarga qarshi kurashish usullari; Hujum tushunchasi; Axborot hujumlari va undan saqlanish qoidalari. Axborot xavfsizligini ta'minlash Axborot xavfsizligini ta'minlash - bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga quyilgan me'yor va talablarni bajarishidir. Axborot xavfsizligi - bu axborot foydalanuvchilariga va ko'plab axborot tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun'iy xarakterga ega tasodifiy va uyushtirilgan ta'sirlardan axborotlarni va axborot kommunikatsiya tizim obyektlarining himoyalanganligidir. Login va parol tushunchasi Login - shaxsning, o'zini axborot kommunikatsiya tizimiga tanishtirish jarayonida qo'llaniladigan belgilar ketma-ketligi bo'lib, axborot kommunikatsiya tizimidan foydalanish huquqiga ega bo'lish uchun foydalaniluvchining maxfiy bo'lmagan qayd yozuvi hisoblanadi. Parol - uning egasi haqiqiyligini aniqlash jarayonida tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. U kompyuter bilan muloqot boshlashdan oldin, unga klaviatura yoki identifikatsiya kartasi yordamida kiritiladigan harfli, raqamli yoki harfli-raqamli kod shaklidagi mahfiy so'zdan iborat. Avtorizatsiya - foydalanuvchining resursdan foydalanish huquqlari va ruxsatlarini tekshirish jarayoni. Bunda foydalanuvchiga hisoblash tizimida bazi ishlarni bajarish uchun muayyan huquqlar beriladi. Avtorizatsiya shaxs harakati doirasini va u foydalanadigan resurslarni belgilaydi. Ro'yxatdan o'tish tartibi Ro'yxatdan o'tish - foydalanuvchi-larni ro'yxatga olish va ularga dasturlar va ma'lumotlarni ishlatish-ga huquq berish jarayoni. Ayrim veb-saytlar foydalanuvchilarga qo'shimcha xizmatlarni olish va pullik xizmatlarga obuna bo'lish uchun ro'yxatdan o'tishni hamda login va parol olishni taklif qiladilar. Foydalanuvchi ro'yxatdan o'tgandan so'ng tizimda unga qayd yozuvi (account) yaratiladi va unda foydalanuvchiga tegishli axborotlar saqlanadi. Login va parol masalalari Login va parolga ega bo'lish shartlari. Biror shaxs o'zining login va paroliga ega bo'lishi uchun u birinchidan axborot kommunikatsiya tizimida ruyxatdan o'tgan bo'lishi kerak va shundan so'ng u o'z logini va parolini o'zi hosil qilishi yoki tizim tomonidan berilgan login parolga ega bo'lishi mumkin. Login va parolni buzish. Login va parolni buzish - bu buzg'unchining biror bir maqsad yo'lida axborot kommunikatsiya tizimi obyektlaridan foydalanish uchun qonuniy tarzda foydalanuvchilarga tegishli login va parollarini buzishdir. Login va parolni o'g'irlash. Login va parolni o'g'irlash - bu foydalanuvchilarning mahfiy ma'lumotlari bo'lgan login ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 950.33 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:16 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 950.33 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga