Mavzu : Axborotni kodlashtirish Axborotni kodlashtirish Axborotni o'lchash uchun odatda axborot miqdori I va ma'lumotlar hajmi VM parametrlaridan foydalaniladi. Bu parametrlar ko'riladigan adekvatlik shakliga qarab turli ifoda va izoh kasb etadi. Adekvatlikning har bir shakliga o'zining axborot miqdori va ma'lumotlar hajmi o'lchovi mos keladi Kodlash sistemasi - obyektlarni kodli belgilash qoidalari majmuidir. Kod harf, raqam va boshqa simvollardan tashkil topgan alfavit asosida quriladi. Kodni xarakterlovchi tushunchalar - uning uzunligi va strukturasidir. Kod uzunligi koddagi o'rinlar (pozitsiyalar) sonini, kod strukturasi - kodda simvollarning joylashish tartibini belgilaydi. obyektni kodli belgilash muolajasi kodlash deb ataladi. Kodlash sistemasida ishlatiluvchi quyidagi ikkita guruh usullarini ko'rsatish mumkin: kodlashning klassifikatsion sistemasi; kodlashning ro'yxatga oluvchi sistemasi. 1.7-rasmda turli usullardan foydalanuvchi kodlash sistemasi keltirilgan. Kodlash sistemasi Klassifikatsion kodlash. Klassifikatsion kodlash obyektlar klassifikatsiyalanganidan so'ng ishlatiladi. Ketma-ket va parallel kodlash farqlanadi. Ketma-ket kodlash ierarxiyali klassifikatsion strukturalar uchun ishlatiladi. Uning mohiyati quyidagicha: avval 1-bosqichning yuqori guruhi kodi, keyin 2-bosqich guruhi kodi, so'ngra 3-bosqich guruhi kodi va h. yoziladi. Natijada, har bir xonasi ierarxiyali strukturaning har bir bosqichida ajratilgan guruh xususidagi informatsiyaga ega bo'lgan kodlar kombinatsiyasi hosil bo'ladi. Kodlashning ketma-ketli sistemasi klassifikatsiyasining ierarxiyali sistemasiga oid afzalliklar va kamchiliklarga ega. Parallel kodlash klassifikatsiyaning fasetli sistemasi uchun ishlatiladi. Ushbu kodlashning mohiyati quyidagicha: barcha fasetlar mustaqil ravishda kodlanadi. har faset qiymati uchun kod xonalarining malum soni ajratiladi. Parallel kodlash klassifikatsiyaning fasetli sistemasiga oid afzalliklar va kamchiliklarga ega. Ro'yxatga oluvchi (registratsion) kodlash. Ushbu kodlash obyektlarni manodosh identifikatsiyalash uchun ishlatiladi va ularni oldindan klassifikatsiyalash talab qilinmaydi. Tartibli va qator tartibli sistemalar farqlanadi. Kodlashning tartibli sistemasida obyektlar natural qatordagi sonlar yordamida ketma-ket nomerlanadi. Bu nomerlash tasodifiy yoki obyektlar oldindan tartiblanganidan (masalan, alfavit bo'yicha) so'ng amalga oshirilishi mumkin. Kodlashning bu sistemasi obyektlar soni katta bo'lmagan holda ishlatiladi. Kodlashning qator-tartibli sistemasida qatorni tashkil etuvchi obyektlar guruhi oldindan ajratiladi, so'ngra har bir qatorga nomer beriladi. Kodlashning bu sistemasi guruh soni cheklangan holdi ishlatiladi. EHM da masala echilayotganda barcha matematik kattaliklar erkli va erksiz o'zgaruvchilar - turli tabiatli fizik kattaliklar orqali ifodalanadi. Bu fizik kattaliklar - elektr, magnit, optika va h. signallari - mashina o'zgaruvchilari deb ataladi. Hozirgi zamon EHMlarida informatsiyaning ikki xil - uzlukli va uzluksiz ifodalanishi qo'llaniladi. Informatsiyaning uzlukli shaklda ifodalanishida matematik kattalikning har oniy qiymati bir necha mashina o'zgaruvchilari orqali ifodalanadi. Mashina o'zgaruvichlarining ahamiyati ularning vaqt yoki fazoda tutgan o'rinlariga nisbatan aniqlanadi. Odatda matematik o'zgaruvchilarni uzlukli shaklda ifodalash uchun pozitsion koddan (ko'pincha, ikkili koddan) foydalaniladi. O'zgaruvchining vaqt bo'yicha uzlukli kodlar kombinatsiyasi ko'rinishida ifodalanishi O'zgaruvchilarni uzluksiz shaklda ifodalashda matematik kattalikning har ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:06:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
228.37 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:16
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:06 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
228.37 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:16 ]
Arxiv ichida: ppt