Mavzu: Axborotni sirqib chiqish kanallari Reja: Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar va ularning turkumlanishi Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarni aniqlash usullari va vositalari obyektlarni injener himoyalash va texnik qo'riqlash 1. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar va ularning turkumlanishi Axborotning texnik kanal bo'yicha sirqib chiqishi nuqtai nazaridan obyekt modeli o'zaro va tashqi muhit bilan bog'langan axborot, energetik, moddiy tizimlarni o'z ichiga oladi (1-rasm). Axborot tizimi energetik tizim bilan va u orqali tashqi muhit bilan o'zaro ta'sirda bo'ladi. Energetik tizim orqali axborot sirqib chiqadigan kanal shakllanishi mumkin. obyektning energetik tizimining tashqi muhitga ta'siri natijasida niqobni ochuvchi akustik maydon yaratiladi. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar deganda texnik vositalarning ishlash jarayonida paydo bo'luvchi turli tabiatli qo'shimcha nurlanish hisobiga axborotning bexosdan uzatilishi tushuniladi. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanalning strukturasi 2 - rasmda keltirilgan. 2-rasm. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanal strukturasi Kanal kirish yo'liga dastlabki signal ko'rinishidagi axborot qabul qilinadi. Dastlabki signal - axborot manbaidan olinadigan axborot eltuvchisidir. Quyidagi signal manbalarini ko'rsatish mumkin: elektromagnit va akustik to'lqinlarini qaytaruvchi kuzatuv obyekti; o'zidan optik va radio diapazonlaridagi elektromagnit to'lqinlarini tarqatuvchi kuzatuv obyekti; funksional aloqa kanalining uzatuvchi qurilmasi; yashirincha o'rnatilgan qurilma; xavfli signal manbai; axborot bilan modulyatsiyalangan akustik to'lqinlar manbai. Kanal kirish yo'liga manbadan axborot signali manba tilida (xarf, raqam, matn, simvollar, belgilar, tovush signallari va h. ko'rinishida) qabul qilinganligi sababli uzatuvchi qurilma axborotning ushbu ifodalanish shaklini tarqalish muhitiga mos axborot eltuvchisiga yozishni taminlovchi shaklga o'zgartiradi. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarning turkumlanishi 3-rasmda keltirilgan. Axborot eltuvchining fizik tabiati bo'yicha quyidagi axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar farqlanadi: radioelektron; akustik; optik; moddiy. Moddiy kanalda axborotning sirqib chiqishi himoyalanuvchi axborotli eltuvchilarning nazoratlanuvchi zona tashqarisiga ruxsatsiz tarqalishi hisobiga ro'y beradi. Eltuvchi sifatida ko'pincha hujjatlar qo'l yozmasi va ishlatilgan nusxalash qog'ozlari ishlatiladi. Informativligi bo'yicha axborot sirqib chiqadigan kanallar informativ, informativligi kam va informativ emaslarga bo'linadi. Kanal informativligi kanal bo'yicha uzatiluvchi axborot qiymati orqali baholanadi. Axborot sirqib chiqadigan kanallarning amalga oshirilishi natijasida quyidagi xavflar paydo bo'lishi mumkin: akustik axborotning sirqib chiqishi xavfi; tasviriy axborotning sirqib chiqishi xavfi; axborotning qo'shimcha elektromanit nurlanishlar va navodkalar bo'yicha sirqib chiqishi xavfi. Strukturalari bo'yicha axborot sirqib chiqadigan kanallar bir kanalli va ko'p kanalli bo'lishi mumkin. Ko'p kanallilarda axborot sirqib chiqishi bir qancha ketma-ket yoki parallel kanallar bo'yicha bo'ladi. 2. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarni aniqlash usullari va vositalari Elektromagnit nurlanish indikatorlari qo'shimcha elektromagnit nurlanishlarni aniqlash va nazoratlash uchun ishlatiladi. Indikatorning soddalashtirilgan sxemasi 4-rasmda keltirilgan. Asbob fazoning malum nuqtasidagi elektromagnit nurlanishlarni qaydlaydi. Agar ushbu ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:06:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.4 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:16
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:06 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.4 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:16 ]
Arxiv ichida: ppt