Axborotning tashkiliy funksiyalari

Axborotning tashkiliy funksiyalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborotning tashkiliy funksiyalari - rasmi

Material tavsifi

Axborotning tashkiliy funksiyalari Hozirgi davrni informatikasiz tasavvur etib bo'lmaydi. Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning barcha sohalarini qamrab olgan. Informatika sohasining asosiy resursi - axborotdir. Axborot atrof - muhit obyektlari va hodisalari, ularning o'lchamlari, xosiyatlari va holatlari to'g'risidagi ma'lumotdir. Axborot texnologiyasi (AT) obyekt, jarayon yoki hodisaning holati haqida yangi sifat axboroti olish uchun ma'lumotlar yig'ish, qayta ishlash va uzatish (boshlang'ich axborot) vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir. Telekommuniktsiya kompyuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma'lumotlarni masofadan uzatish. Axborot jamiyatining moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommuniktsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Hozirgi paytda axborotni qanday tushunish haqida quyidagicha nuqtai nazarlar yuzaga kelgan: Axborot - xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari iste'mol etuvchi zaxira bo'lib, energetika yoki foydali qazilmalar zaxiralari kabi ahamiyatga ega. Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat, san'at, tibbiyot kabilarning turli masalalari haqidagi mavjud ma'lumotlar, axborot zaxiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko'proq ta'sir ko'rsatmoqda. Axborot - fan va texnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan-texnika ma'lumotlari, bilimlari yig'indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur talqinga binoan, fan - texnika faoliyati axborot xizmati tizimining mahsuli va xom ashyosidir. Axborot - axborot xizmati tizimlarida fan - texnika faoliyati va turli sohalarda kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi mahsulotlar yig'indisidir, ya'ni axborot zaxiralarini ishlab chiqarish va iste'mol etish faqat jamiyatning intellektual hayoti bilan cheklanadi. Ko'rinib turibdiki, bu talqinlardan birinchisi eng to'liq, axborot jarayonlari ko'p qirraligini qamrab oluvchi tushunchani bermoqda. CHindan ham, axborot jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda. Axborot zaxiralari - alohida hujjat va alohida hujjat to'plami, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma'lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlaridagi)dagi hujjatlar va hujjatlar to'plamidir. Texnologiya - so'zi yunoncha (techne) san'at, mahorat, o'quv ma'nolarini anglatadi. Axborot neft, gaz, foydali qazilmalar va boshqalar kabi an'anaviy moddiy zaxira turlari kabi jamiyatning qimmatli zaxiralaridan biridir, demak, uni qayta ishlash jarayonini moddiy zaxiralarni qayta ishlash jarayonlari bilan qiyoslanganda texnologiya sifatida qabul qilinishi mumkin. Axborot texnologiyalarining maqsadi inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti - harakatni bajarish bo'yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi obyekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma'lumotlar (boshlang'ich axboroti)ni to'plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir. Zamonaviy axborot texnologiyalari - shaxsiy kompyuterlar va telekommuniktsiya vositalaridan foydalangan holda foydalanuvchi ishining do'stona interfeysli axborot texnologiyasidir. Zamonaviy axborot texnologiyalarining uch asosiy tamoyili: kompyuterli interaktiv (muloqotli) ish rejimi; boshqa dasturiy mahsulotlar bilan integrtsiyalashlik (tutashish), o'zaro aloqa; ham ma'lumotlar, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 210.04 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:16 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 210.04 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga