Aylanuvchi transformatorlar. Selsin datchik va selsin qabul qilgichlar, ishlash rejimlari

Aylanuvchi transformatorlar. Selsin datchik va selsin qabul qilgichlar, ishlash rejimlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Aylanuvchi transformatorlar. Selsin datchik va selsin qabul qilgichlar, ishlash rejimlari - rasmi

Material tavsifi

Aylanuvchi transformatorlar. Selsin datchik va selsin priyomniklar, ishlash rejimlari Reja: Aylanuvchi transformatorlar. Selsin datchik va selsin premniklar, ishlash rejimlari. Datchiklarni elementar o'zgartirgichlar sifatida ulanish sxemalari. Aylanuvchi transformatorlar Aylanuvchi transformatorlar - bu mexanik siljish (rotorning α burilish burchagi)ni elektr signali, ya'ni chiqish kuchlanishi U ga o'zgartirib beruvchi eng ko'p tarqalgan elektrik mashina bo'lib, chiqish kuchlanishi rotorning burilish burchagiga funksional ravishda bog'liqdir. Konstruktiv jihatdan aylanuvchi transformatorlar juda ham turli ko'rinishlarga ega, lekin hozirgi vaqtda eng ko'p tarqalgani ikki qutbli aylanuvchi transformatorlar bo'lib, ikki fazali kontaktli halqalarga ega asinxron dvigatel singari yasalgan. Bunday aylanuvchi transformatorlarning stator va rotorining paketlari bir-biridan mahkam izolyatsiyalangan elektrotexnik po'lat listlardan tayyorlangan. Stator va rotorning yarimyopiq pazlarida ikki fazali cho'lg'amlar joylashgan, cho'lg'amlarning o'qlari bir-biriga nisbatan 90° ga surilgan (1-rasm). Odatda statorning ikkala S va L cho'lg'amlari bir xil o'ramlar soniga (Ws = WK) va bir xil aktiv R va reaktiv X qarshiliklarga ega. Rotorning A va B cho'lg'amlari ham bir xil qilinadi (WA = WB; RA = RB; ХА = ХB). Ko'pchilik aylanuvchi transformatorlarda rotor cho'lg'amlarining uchlari kontaktli halqalarga chiqariladi, bu kontaktli halqalar orqali cho'tkalar ulanadi. Halqa va cho'tkalar kumush qotishmalardan yasalgan. Rotorining burilish burchagi cheklangan holda ishlashga mo'ljallanganba'zi aylanuvchi transformatorlarda halqa va cho'tkalar latundan yasalgan elastik spiralsimon prujinalar bilan almashtiriladi. Aylanuvchi transformatornin g o'ziga xos xususiyati shuki, ularda birlamchi(stator) va ikkilamchi(rotor) cho'lg'amlari orasidagi induktivlik rotor α burchakka burilganda ushbu burchakka bog'liq xolda sinusoidal(yoki kosinusoidal) qonun bo'yicha o'zgaradi, ayrim hollarda α ikkilamchi cho'lg'amlar EYuKsi amplitudasini aynan shu o'zgarish qonunini ta'minlaydi. Rotor burilishining qaysi burchak funksiyasi chiqish kuchlanishi U bo'lishiga bog'liq holda quyidagi aylanuvchi transformatorlarga bo'linadi: sinusli (SAT) - U= Umaxsinα, bu yerda Umax - maksimal chiqish kuchlanishi. sinusno-kosinusli (SKAT) - UA = Umaxsinα; UB = Umaxcosα; chiziqli (ChAT) - U = kα, bu yerda k = const. Selsinlar Zamonaviy texnikada bir-biridan juda uzoq masofalarda joylashgan va o'zaro mexanik bog'lanmagan mexanizmlar o'qlarining sinxron aylanish yoki burilishiga juda ko'plab zarurat paydo bo'lmoqda. Bu masala ko'proq sinxron aloqa elektr tizimlari yordamida yechiladi. Sinxron aloqa hisoblangan bunday elektr aloqa bir-biridan masofada joylashgan ikki yoki bir nechta mexanik bog'lanmagan mexanizm o'qlarini bir vaqtda aylanishini yoki burilishini ta'minlaydi. Texnikada sinxron aloqa tizimlarining ikkita asosiy ko'rinishi ko'p tarqalgan: elektrik val(sinxron aylanish) tizimi va burcha uzatish(sinxron burilish) tizimi. Sinxron aylanish tizimlari qarshilikning katta momentlariga ega bo'lgan birbiridan masofada joylashgan mexanizm o'qlarini sinxron aylanishini amalga oshirish talab etilgan joylarda qo'llaniladi. Sinxron aylanishlar oddiy elektr mashinalar, ko'proq uch fazali asinxron dvigatellar yordamida amalga oshadi. Bunday holatda dvigatellar rotorlarining cho'lg'amlari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 309.99 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:16 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 309.99 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga