Reja: Axborotlarga nisbatan mavjud xavfsizliklarning asosiy tushunchalari. Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlariga nisbatan xavflar. Bugungi jamiyat taraqqiyoti insoniyat tafakkurining mahsuli bo'lgan rivojlangan ilm-fan yutuqlariga asoslangan texnika va texnologiyalar bilan bir qatorda, keng ma'noda, axborotlarning muhim ahamiyatga egaligi bilan ham belgilanadi. Inson tafakkurining rivoji manbai esa ma'lumotlar (axborotlar) majmuidan iboratdir. Shak-shubhasiz, o'z vaqtida olingan to'la va ishonchlp ma'lumot, shu ma'lumot bilan bog'liq bo'lgan holatdan kelib chiqadigan amaliy faoliyatlarni muvofiqlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Faoliyat maqsadlarining turlicha bo'lishi tabiiy ravishda axborotlardan turli maqsadlarda foydalanish asoslariga sabab bo'ladi. Shuning uchun bugungi - axborotlarni saqlash va uzatish sistemalari bir tomondan takomillashib murakkablashgan va ikkinchi tomondan axborotlardan foydalanuvchilar uchun keng qulayliklar vujudga kelgan davrda - axborotlarni maqsadli boshqarishning qator muhim masalalari kelib chiqadi. Bunday masalalar qatoriga: katta hajmdagi axborotlarni tez va sifatli uzatshsh hamda qabul qilish, axborotlarni ishonchliligini ta'minlash, axborotlar tizimida axborotlarni begona shaxslardan muhofazalash (keng ma'noda) va shu bilan bog'liq bo'lgan ko'plab boshqa masalalar kiradi. Axborotlar va axborotlar tizimi insoniyat faoliyatining barcha sohalariga kirib, borayotgan bugungi jamiyatda axborotlarni maqsadli boshqarish faollashmoqda. Kompyuterlar va kompyuter tizimlari axborot lar tizimining muhim bo'g'imidir. INTERNET tarmoqlari jamiyat faoliyatining barcha sohalarini qyamrab olib, axborotlarni tez va sifatli boshqarishni ta'minlash jarayonlarini rivojlantirib bormoqda. Yuqoridagi keltirilgan asosli mulohazalardan kelib chiqib, axborotlarni asli holidan o'zgartirilgan holda, ya'ni shifrlangan holda, saqlash va uzatish masalalarining muhim ekanligiga shubha yo'qdir. Axborotlarning muhofazasi masalalari insoniyat jamiyatining qadimdan muhim masalasi bo'lib kelgan. Aytish mumkinki, axborotlarni muhofazalash uslublari jamiyatda dastlabki paydo bo'lgan muomala tili va yozuvi bilan uzviy bog'liq va tengdoshdir. Haqiqatdan ham, qadimda yozuv muomala uslubidan faqat ma'lum yuqori tabaqadagi jamiyat a'zolarigina foydalanganlar. Qadimiy Misr va Hindistonning ilohiy kitoblari bunga misol bo'la oladi. Eramizdan avval beshinchi asrda yashab o'tgan grek olimi Gerodotning habar berishicha, qadimiy Misrda shifrlangan axborotlar rolini, jretslar, ya'ni yuqori tabaqadagi yetuk fikrli kishilar tomonidan yaratilgan muomala tili bajargan. Bunda uchta alfavitga asoslanilgan: yozuv, ilohiy va mahfiy. Yozuv alfaviti oddiy o'zaro muomalada ko'llanilgan, ilohiy alfavit dinny muomala matnlarini ifodalashda qo'llanilgan, mahfiy alfavit esa ma'lumotlarni asl ma'nosini begonalardan muhofaza qilishda va astrologlar tomonidan qo'llanilgan. Turli yozuv alfavitlarning vujudga kelishi va rivojlanishi na-tijasida kriptografiya mustaqil yo'nalishda rivojlana bordi. Axborotlarga nisbatan mavjud xavfsizliklarning asosiy tushunchalari Mamlakatimiz milliy iqtisodining hech bir tarmog'i samarali va mo'tadil tashkil qilingan axborot infratuzilmasisiz faoliyat ko'rsatishi mumkin emas. Hozirgi kunda milliy axborot resurslari har bir davlatning iqtisodiy va harbiy salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo'lib xizmat qilmoqda. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xvfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta'minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashuvi tezligi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:06:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.88 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:06 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.88 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:16 ]
Arxiv ichida: doc