Bank faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari Reja: Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ishlab chiqish muammolari va xususiyatlari Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining axborot, texnik va dasturiy ta'minotini tashkil etish asoslari Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ishlab chiqish muammolari va xususiyatlari iqtisodiy ATning vazifaviy kismini loyihalashtirish uning tashkiliy-iqtisodiy obyektlarini avtomatlashtirishning butun tarixi davomida mavjud bo'lgan va hozirgi vaqtda xam muhim bo'lgan muammolardan birini ajratish mezonini tanlash haqidagi strategik vazifani xal qilish bilan bog'liqdir. Vazifaviy tizimcha ostida an'anaviy ravishda boshqaruvning vazifaviy umumiyligiga muvofik tizimning bazi bir kismi tushuniladi. Bankda echiladigan boshqaruv vazifalari ko'p jihatli bo'lganligi uchun BnAATni loyihalashtirishda dekompozitsiya alomatlarini tasniflash muammosi vujudga keladi. Bunday alomatlar sifatida kuyidagilarni ajratish mumkin: vazifa, davr va boshqaruv obyekti va boshqalar. o'z tarkibining universialligi uchun boshqaruv vazifalari boshqaruv tizimlari dekompozitsiyasining eng keng tarkalgan alomatlaridan biridir. Bankda hisob va nazorat operatsion va buxgalteriya hisoblaridan iborat, ular bir-birlari bilan yaqindan aloqada, chunki tahliliy daraja bank hisobida shaxsiy schetlar bilan aks ettirilgan, xar bir shaxsiy schet esa belgilangan balansli schetning ostida turadi. tahlil bank boshqaruvining xam tashqarisida va xam ichkarisida vujudga keladigan iqtisodiy vaziyatni bilib olishga imkoniyat beradigan vazifadan iborat bo'ladi. Yirik banklarda ikkita mustaqil bo'limlar mavjudki, ulardan biri bankning ichki holati tahlilini ta'minlaydi, ikkinchisi tashqi muhitni tahlil qiladi. Rejalashtirish tahlilining ma'lumotlariga asoslanib, vujudga kelgan vaziyatdan chiqish va qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun ehtimol bo'lgan yechimlarni tayerlaydi. Ammo shunga qaramasdan bank sohasi uchun maqsadlarni, demak boshqaruv pallalarining davriyligi bo'yicha boshqaruvni tezkor (bir ish kuni), joriy(oy,chorak) va istiqbollik (yil) davrlariga bo'lish mumkin. boshqaruvning eng oddiy tuzilishi to'g'ri chiziqlidir, bunda bank boshqaruviga bo'limlar bevosita buysunadilar. boshqaruvni shtabli tashkil qilish murakkabrok bo'ladi, bunda boshqaruvda bajarilaetgan boshqaruv vazifalarining bir turligi tamoyili bo'yicha bo'limlarni birlashtiruvchi departamentlarga buysunadilar. to'g'ri chiziqli shtabli boshqaruv tuzilmasi yanada murakkabrok bo'ladi, bunda depozit, kredit, investitsion va boshqa operatsiyalarning bajarilishini taminlovchi bo'limlar yuridik va jismoniy shaxslarning har xil guruhlariga xizmat kursatuvchi oralik bosqichdagi boshqaruvga buysunadilar. TBning boshqaruvi bankning yuqori organi bo'ladi, u strategik boshqaruvni amalga oshiradi: iqtisodiy tahlilning ma'lumotlari va buxgalteriya hisobotining ma'lumotlari asosida bankning traektoriyali maqsadlari va siyosatini belgilaydi. Kredit qo'mitasi kreditlash eki belgilangan limitlarni olib ketishning barcha xollarida, hamda ularni belgilash bo'yicha xulosalar beradi. U karz foizlari stavkalarining miqdori va kreditlarning muddatlari va turlari bo'yicha tuzilishi bo'yicha tavsiyalarni ishlab chikadi. Taftish qo'mitasi o'z kuchi bilan, eki tashqi auditorlarni jalb qilish bilan muntazam ichki auditorlik tekshirishlarini ta'minlaydi. Ijroiya qo'mitasi iqtisodiy tahlilni (bank maqsadlarining bajarilishi, foydalilik,likvidlik va boshqalarni) o'tkazishini, bank faoliyatini baholashni ta'minlaydi, ularning natijasida asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlar tahlil kilinadi va maqsadlar traektoriyasining bajarilishi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:06:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.49 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:06 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.49 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:16 ]
Arxiv ichida: doc