Belgili va grafikli axborotlarni kiritish vositalari Reja: 1. Belgili (simvolli) axborotlarni kiritish vositalari 2. Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari 1. Belgili (simvolli) axborotlarni kiritish vositalari Kompyuterga axborotni kiritish uchun belgili (simvolli) axborotlarni kiritish vositalaridan foydalaniladi. Bu vositalarga klaviatura va holatga o'tish qurilmalari kiradi. Klaviatura. Klaviatura - tizimga buyruqlar va ma'lumotlarni kiritish uchun foydalaniladigan eng muhim kompyuter qurilmalaridan biri hisoblanadi. Klaviaturaning quyidagi asosiy turlari mavjud: 83 ta tugmali PC va XT klaviaturasi; 84 ta tugmali AT klaviaturasi; kengaytirilgan 101ta tugmali klaviatura; kengaytirilgan 104 ta tugmali Windows klaviaturasi. Hozirgi kunda eng ko'p tarqalgan klaviaturalar kengaytirilgan 101va104 ta tugmali klaviaturalardir. Kengaytirilgan 101 va 104 tugmali klaviaturalar. IBM kompaniyasi 1986-yilda XT va AT yangi modellari uchun kengaytirilgan 101 ta tugmali klaviaturalar ishlab chiqara boshladi. Bu klaviatura dastlab IBM kompaniyasining RISC tipidagi RT PC kompyuterlarida qo'llana boshladi. Kengaytirilgan klaviaturalarning bir nechta turlari mavjud, ammo ular bir-birining o'rnini bosa oladigan va aynan bir xil elektr ko'rsatkichlarga ega. Bu turdagi ko'pchilik kengaytirilgan klaviaturalar kompyuterga 5 kontaktli DIN razyomi yordamida ulanadi, ammo yangi variantlarda ko'pchilik tizimlarda o'rna tilayotgan, 6 kontaktli miniDIN razyomlari ishlatiladi, masalan PS2. Razyomlarni har xil bo'lishiga qaramasdan, klaviaturalarning o'zi aynan bir xildir, xohlagan vaqtda ularning ulanish kabellarini almashtirish yoki o'tish razyomlaridan foydalanish mumkin. Ko'p klaviaturalarda barcha yangi tizimlarga ulanish imkonini beruvchi miniDIN razyomi standarti bilan bir qatorda USB porti ham mavjud. Kengaytirilgan 101ta tugmali klaviatura shartli ravishda quyid agi sohalarga bo'linadi: bosma belgilar sohasi; qo'shimcha raqamli klaviatura sohasi; - kursor va ekranni boshqarish sohasi; - funksional tugmalar sohasi. Zamonaviy klaviaturaga kiritilgan yangiliklardan biri yechiladigan tugmalarlardan foydalanish imkonining mavjudligidir. Bu singan tugmalarni almashtirish imkonini beradi hamda klaviaturani tozalashni osonlashtiradi. Ko'p ishlab chiqaruvchilar klaviatura uchun maxsus ko'rsatmalar ko'zda tutilgan andozalar ishlab chiqaradi. Windowsning 104 ta tug mali klaviaturasi. Microsoft kompaniyasi Windows 95 oper atsion tizimini ishlab chiqish bilan bir vaqtda tarkibiga qo' shimcha uchta yangi tugm a kiritilgan yangilangan spetsi fikatsiyali Microsoft Natural Keyboard klaviaturasini taq dim qildi. Klaviaturaning tugm alari qo'shimcha o'ng va chap Windows va (ilova) tugmalari hisobiga 101 tadan 104 tagacha oshdi (1-rasm). Ulardan operatsion tizim yoki ilovalar darajasida qo'llaniladigan va tugmalar kombinatsiyasiga ega bo'lish uchun foydalaniladi. Holatga o'tish qurilmasi. Bu qurilmalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar orasida eng yetakchisi Microsoft va Logitech kompaniyalari hisoblanadi. Tashqi ko'rinishi turli xil bo'lishiga qaramay, hamma qurilmalar bir xil ishlaydi. Zoldir tipidagi sichqoncha. Sichqonchaning ostki qismida rezina bilan qoplangan metall zoldir joylashgan. Bu zoldir ning chap tugmasi ning yordamida sichqoncha stol bo'yo'ng tugmasi lab joyini o'zgartirganda ayla- 1-rasm. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:06:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
4.69 MB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:16
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:06 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
4.69 MB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:16 ]
Arxiv ichida: docx