Berilganlar bazasi va uni boshqarish tizimlari berilganlar bazasining modellari relyastion berilganlar bazasi Reja: Ma'lumotlar bazasini tashkil qilish va uni boshqarish tizimlari Kompyuter tarmoqlari Lokal hisoblash tarmoqlari. Mijoz-server texnologiyasi. Global hisoblash tarmoqlari. IP va URL manzillar Internet terminlari. Ma'lumotlar bazasini tashkil qilish va uni boshqarish tizimlari Informastion texnologiyaning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma'lumotlarning tez o'zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma'lumotlarni o'z vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishga undaydi. Ma'lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma'lumotlar bazasi (MB) ni yaratish, sungra esa undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo'lib qolmoqda. Ma'lumotlar bazasi - bu o'zaro boglangan va tartiblangan ma'lumotlar majmuasi bo'lib, u ko'rilayotgan obyektlarning xususiyatini, holatini va obyektlar o'rtasidagi munosabatni ma'lum sohada tavsiflaydi. Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MB da kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish muhim rol o'ynaydi. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o'zimizga kerakli ma'lumotlarni olish uchun, albatta, MB ga murojaat qilishga majbur bo'lamiz. Demak, MB ga tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolardan biriga aylanib borayotgani davr taqozosidir. Shuni qayd qilish lozimki, MB ni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: ma'lumotlarning turi va ko'rinishi, ularni qo'llaydigan dasturlarga bog'liq bo'lmasligi lozim, ya'ni MB ga yangi ma'lumotlarni kiritganda yoki ma'lumotlar turini o'zgartirganda, dasturlarni o'zgartirish talab etilmasligi lozim; MB dagi kerakli ma'lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga hojat qolmasligi kerak. Shuning uchun ham MB ni tashkil etishda ma'lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so'zini ma'lumot so'zidan farqlaymiz, ya'ni axborot so'zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma'lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarga tutamiz. Bugungi kunda ma'lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri hozirgi zamon kompyuterlaridir. Kompyuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo'lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Kompyuter xotirasida xar bir fayl yozuv deb ataladigan bir xil turdagi kismlardan iborat bo'ladi. Yozuv- o'zaro boglangan ma'lumutlarning bir qismidir. Fayldagi yozuvlar soni qaralayotgan ma'lumotning o'lchoviga bog'lik. Har bir yozuv esa maydon deb ataladigan bo'laklardan tashkil topadi. Maydon ma'lumotlarning qisqa to'plamidan iborat bo'lishi lozim. Har bir maydon o'zi ifodalaydigan ma'lumotlariga ko'ra, biror nomga ega bo'ladi. Fikrimizni misol bilan ifodalashga harakat qilamiz. Masalan, biror oliy o'quv yurtining aniq fakultetida taxsil olayotgan biror guruh talabalari to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan quyidagi jadvalni ko'raylik: Bu misolda 4 ta yozuv bo'lib, ularning har biri 6 ta maydondan iborat. Mazkur maydonlarning har biri mos ravishda «Familiya», «Ismi», «tug'ilgan sanasi», «guruhi», «Turar joyi» va «Qiziqqan fani» deb nomlangan. Demak, yozuvdagi maydonlar soni yozuvga kiritiladigan ma'lumotlar ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:06:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.76 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:06 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.76 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:17 ]
Arxiv ichida: doc