Binary fayllar bilan ishlash operatorlari

Binary fayllar bilan ishlash operatorlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Binary fayllar bilan ishlash operatorlari - rasmi

Material tavsifi

Binary fayllar bilan ishlash operatorlari Reja: 1. Matn va binar fayllar; 2. O'qish-yozish oqimlari. Standart oqimlar; 3. Belgilarni o'qish-yozish funksiyalari; 4. Satrlarni o'qish - yozish funksiyalari; 5. Fayldan o'qish-yozish funksiyalari; 6.Formatli o'qish va yozish funksiyalari; 7. Fayl ko'rsatkichini boshqarish funksiyalari 1. Matn va binar fayllar C++ tili S tilidan o'qish-yozish amalini bajaruvchi standart funksiyalar kutubxonasini vorislik bo'yicha olgan. Bu funksiyalar sarlavha faylida e'lon qilingan. O'qish-yozish amallari fayllar bilan bajariladi. Fayl matn yoki binar (ikkilik) bo'lishi mumkin. Matn fayl - ASCII kodidagi belgilar bilan berilganlar maj-muasi. Belgilar ketma-ketligi satrlarga bo'lingan bo'ladi va satr-ning tugash alomati sifatida CR (karetkani qaytarish yoki 'r') LF (satrni o'tkazish yoki 'n') belgilar juftligi hisoblanadi. Matn fayldan berilganlarni o'qishda bu belgilar juftligi bitta CR belgisi bilan almashtiriladi va aksincha, yozishda CR belgisi ikkita CR va LF belgilariga almashtiriladi. Fayl oxiri #26 (^Z) belgisi bilan belgilanadi. Matn faylga boshqacha ta'rif berish ham mumkin. Agar faylni matn tahririda ekranga chiqarish va o'qish mumkin bo'lsa, bu matn fayl. Klaviatura ham kompьyuterga faqat matnlarni jo'natadi. Boshqacha aytganda programma tomonidan ekranga chiqariladigan barcha ma'lumotlarni stdout nomidagi matn fayliga chiqarilmoqda deb qarash mumkin. Xuddi shunday klaviaturadan o'qilayotgan har qanday berilganlarni matn faylidan o'qilmoqda deb hisoblanadi. Matn fayllarining komponentalari satrlar deb nomlanadi. Satrlar uzluksiz joylashib, turli uzunlikda va bo'sh bo'lishi mumkin. Faraz qilaylik, T matn fayli 4 satrdan iborat bo'lsin: 12.3-rasm. To'rtta satrdan tashkil topgan matn fayli Matnni ekranga chiqarishda satr oxiridagi #13#10 boshqaruv belgilari juftligi kursorni keyingi qatorga tushiradi va uni satr boshiga olib keladi. Bu matn fayl ekranga chop etilsa, uning ko'rinishi quyidagicha bo'ladi: 1- satr[13][10] 2- satr uzunroq[13][10] [13][10] 4- satr[13][10] [26] Matndagi [n] - n- kodli boshqaruv belgisini bildiradi. Odatda matn tahrirlari bu belgilarni ko'rsatmaydi. Binarfayllar - bu oddiygina baytlar ketma-ketligi. Odatda binar fayllardan berilganlarni foydalanuvchi tomonidan bevosita «ko'rish» zarur bo'lmagan hollarda ishlatiladi. Binar fayllardan o'qish-yozishda baytlar ustida hech qanday konvertatsiya amallari baja-rilmaydi. 2. O'qish-yozish oqimlari. Standart oqimlar Oqim tushunchasi berilganlarni faylga o'qish-yozishda ularni belgilar ketma-ketligi yoki oqimi ko'rinishida tasavvur qilishdan kelib chiqqan. Oqim ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin: oqimdan berilganlar blokini operativ xotiraga o'qish; operativ xotiradagi berilganlar blokini oqimga chiqarish; oqimdagi berilganlar blokini yangilash; oqimdan yozuvni o'qish; oqimga yozuvni chiqarish. Oqim bilan ishlaydigan barcha funksiyalar buferli, format-lashgan yoki formatlashmagan o'qish-yozishni ta'minlaydi. Programma ishga tushganda o'qish-yozishning quyidagi standart oqimlar ochiladi: stdin - o'qishning standart vositasi; stdout - yozishning standart vositasi; stderr - xatolik haqida xabar berishning standart vositasi; stdprn - qog'ozga chop qilishning standart vositasi; stdaux - standart yordamchi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.58 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:17 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.58 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga