Bir va bir nechta forma bilan ishlash muloqot oynalari va ularning turlari Reja: 1. Bir va bir nechta forma bilan ishlash 2. Muloqot oynalari va ularning turlari 3. Muloqot oynalari yordamida dasturlar tuzish Bir va bir nechta forma bilan ishlash Ixtiyoriy ilovaning asosiy elementi forma (konteyner) hisoblanadi. Formaga boshqa ko'rinadigan va ko'rinmaydigan komponentalarni joylashtirish mumkin. Forma, foydalanuvchi nuqtai nazaridan, u ilova bilan ishlayotgan darchadir. Ilovaga kiritilgan xar bir yangi forma o'zining moduli (init) ga ega. Modulda formada bajarishi kerak bo'lgan funksiya, protseduralar keltiriladi.Odatda murakkab ilovalar bir nechta formadan iborat bo'ladi. Yangi ilova (programma) tuzish uchun File menyusidan NewApplication komandasi tanlanadi. Odatda birinchi forma asosiy forma hisoblanadi. Ilovaga yangi forma qo'shish uchun File menyusidan NewForm tanlanadi. Bir formadan boshqasiga o'tish uchun ShowvaShowModal metodlaridan foydalanish mumkin. ShowModal metodi joriy formani yopgandan keyin boshqa formalar bilan ishlashga ruxsat beradi. Bu metod operativ xotiralan unumli foydalanish uchun ishlatiladi.ShowvaShowModal metodlarini ayni vaqtda ko'rinmaydigan formalar uchun ishlatish mumkin. Agar formani aktiv yoki passivligi nomalum bo'lsa, u holdaquyida keltirilgan dastur kodi yoziladi. If (! Form2-Visible) Form2-ShowModal; Show va ShowModal metodlari bajarilganda formaning OnShow hodisasi sodir bo'ladi. Hide metodi orqali formani ko'rinmaydigan qilish mumkin. Formani Close metodi orqali yopish mumkin. Bir nechta forma bilan ishlaganda bir formadan boshqasiga o'tish uchun Shift+F12 tugmasi bosiladi. Formaning bazi xususiyatlarini ko'rib chiqamiz. BorderIcons xususiyatiga tegishli bo'lgan kattaliklar quyidagilardan iborat: - biSystemMenu - Formada sistema tugmalarining ko'rinish yoki ko'rinmasligini ta'minlaydi; -biMinimize - Formadagi sistema tugmalaridan «svernut» tugmasini aktiv yoki passivligini ta'minlaydi; - biMaximize - Formadagi sistema tugmalaridan «razvernut» tugmasini aktiv yoki passivligini ta'minlaydi; - biHelp- Formadagi «yordam» tugmasini aktiv yoki passivligini ta'minlaydi. Formaning WindowState xususiyatiga tegishli bo'lgan kattaliklar: - wsMaximized - forma faollashayotganda to'liq ekran holatida ochilishni ta'minlaydi; - wsMinimized - forma faollashayotganda yig'ilgan («svernut») holatida ochilishni ta'minlaydi; - wsNormal - forma faollashayotganda odatiy, yani yaratilgandagi o'lchamda ochilishini ta'minlaydi. Formaning bazi hodisalarini ko'rib chiqamiz: - OnActivate - hodisasi forma faollashgan vaqtda yuz beradi; - OnClose - hodisasi forma yopilayotganda yuz beradi; - OnCreate - hodisasi forma yaratilganda yuz beradi; - OnResize - hodisa formaning o'lchamlari o'zgarganda (kattalashganda yoki kichiklashganda) yuz beradi; - OnCloseQuery - forma yopilishidan oldin savol bilan murojaat qilish uchun ishlatiladi. Misol: Forma yopilishi oldidan foydalanuvchiga Formani yopishni xohlaysizmi? deb murojaat etish va Yes tugmasi bosilganda, formani yopish dasturini ko'rib chiqamiz. Yechilishi:Formaning OnCloseQuery hodisasiga listing 3.1.1 dagi dasturni yozamiz. void fastcall TForm1::FormCloseQuery(TObject *Sender, bool CanClose) if(MessageDlg(Chiqishni xohlaysizmi?,mtConfirmation,TMsgDlgButtons() ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:06:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.09 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:06 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.09 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:17 ]
Arxiv ichida: doc