Blok yaratish. Bloklar bilan ishlash

Blok yaratish. Bloklar bilan ishlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Blok yaratish. Bloklar bilan ishlash - rasmi

Material tavsifi

Blok yaratish. Bloklar bilan ishlash Reja: Blok haqida tushuncha. Oddiy va murakkab (dinamik) bloklar. Oddiy blok yaratish. Dinamik blok yaratish. Blok deb chizma ob'ektlarini yaxlit, bir butun o'zaro bog'langan majmuasiga aytiladi. Blok bitta ob'ekt hisoblanib, ob'ektlarni blokka birlashtirish ularni bir chizmada yoki boshqa chizmalarda takror qo'llash imkonini beradi va loyihalash jarayonini osonlashtiradi. Bu harakat bir qarashda nusxa ko'chirishga o'xshab ketadi va chizmada biror bir ob'ekt takrorlanib kelsa odatda undan nusxa ko'chirish va chizmada takror qo'llash kifoya bo'ladi, ammo bloklar nusxa ko'chirilgan ob'ektlardan farqli o'laroq bir qator boshqa funktsiyalarga egaki, murakkab loyihalarda odatda bloklardan foydalanish oddiy nusxa ko'chirishga nisbatan ancha qulayliklar beradi. Ko'chirish buyrug'i asosida qo'yilgan ob'ekt tahrirlanganda uni qaytib chizmada qo'llash uchun yana ob'ektdan nusxa olish talab etiladi. Blok asosida qo'yilgan ob'ektda esa u tahrirlanganda faqat shu ob'ektgina tahrirlanadi, blokni o'zi esa o'zgarmas holatda qoladi va takroran qo'llash imkonini beradi. Bloklarni qo'llashning qulay imkoniyatlari: DBlok asosida yaratilgan ob'ektni chizmada takroran qo'yish mumkin (oddiy blok). DBlok asosida yaratilgan ob'ektni chizmada burib, akslantirib, masshtablashtirib, massivlashtirib, cho'zib, turli variantlaridan birini tanlab qo'yish mumkin (dinamik blok). Ushbu imkoniyatlardan kelib chiqib bloklar oddiy yoki murakkab - dinamik bo'lishi mumkin ekan. Loyihalash jarayonini boshlashdan oldin loyihachilar odatda loyihada takrorlanib keladigan ob'ektlar hajmini, ularning bir-biridan qanchalik farqlanishini oldindan baholashadi va dastlab bir nechta bloklarni shablon tariqasida yaratib qo'yishadi. Misol uchun: qurilish loyihalarida eshik va derazalarning turli o'lchamlarda takrorlanib kelishi (Tasvir a), printsipial elektr sxemalaridagi yarimo'tkazgich (rezistor, tranzistor, kondensator, mikrosxema va h.) larning takrorlanib, turli vaziyatlarda va tuzilishlarda kelishi (Tasvir b) bloklarni yaratishga va ularni loyihalashda qo'llashga olib keladi. a) b) Tasvir 1 Oddiy blokni yaratish. Hech qanday qo'shimcha funktsiyalarga ega bo'lmagan blok oddiy blok deyiladi. Ya'ni ushbu bloklar bir xil vaziyatda va ko'rinishda qo'llanadi. Misol uchun tasvir 2 da keltirilgan ob'ektlarni oddiy blokka o'tkazish talab etilsin. Тасвир 2 Buning uchun: 1. «Рисование» - «Chizish» asbolar panelidagi «Создатьблок» - «Blok yaratish» buyruq piktogrammasi tanlanadi (tasvir 3) va «Описаниеблока» - «Blok tavsifi» oynasi ochiladi (tasvir 4). Tasvir 3 Tasvir 4 Ushbu oynada «Имя» - «Nomi» tahrirlash oynasida blokka nom beriladi (Tasvir 4, 1-amal). Misol uchun: Namuna-1. «Объекты» bo'limidagi «Выбратьобъект» - «Ob'ektlarni tanlash» tugmasi bosilganda (Tasvir 11.4, 2-amal) oyna vaqtinchalik yopiladi va blok tarkibiga kiruvchi ob'ektlar sichqoncha yordamida tanlanadi. Tanlash tugagach «Enter» tugmasi bosiladi va «Blok tavsifi» oynasi qaytib ochiladi. «Базоваяточка» - «Bazaviy nuqta» bo'limidagi «Указать» - «Ko'rsatish» tugmasi bosilganda (Tasvir 4, 3-amal) oyna yana vaqtinchalik yopiladi va sichqoncha yordamida ob'ektni bazaviy nuqtasi tanlanadi. Shunda «Blok tavsifi» oynasi yana faollashadi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 539.3 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 539.3 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga