Borland C++ Builder 6 muhiti. Standard, Additional va System xususiyatlari

Borland C++ Builder 6 muhiti. Standard, Additional va System xususiyatlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Borland C++ Builder 6 muhiti. Standard, Additional va System xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Borland C++ Builder 6 muhiti. Standard, Additional va System xususiyatlari. Reja: Obyektga Yo'naltirilgan Dasturlash (OYD) Dasturchilar tilida bu interfeysga tez qayta ishlovchi Vizual komponentalar palitrasi. Obyektlar inspektori oynasi Umuman har qanday yangi texnologiyani o'zlashtirayotganda bilgan o'rgangan bilimlarni amalda tez-tez takrorlab turmasa xotirada saqlab qolishning iloji bo'lmaydi. Yangi tushunchani takrorlab xotiraga joylash va uni tadbiq qilishni bilgandan keyingina xotirada mustahkam joylashadi. Har bir dasturlash tili, muhiti o'zidan oldingi tillarning mukammal tomonlarini o'zida mujassamlashtiradi, uncha muvaffaqiyat qozonmagan tomonlarini mukammallashtirish hisobiga rivojlantiriladi. Shunga ko'ra bitta zamonaviy tilni mukammal bilgan dasturchi ikkinchi tilni katta kuch va vaqt sarflamasdan o'rgana oladi. Masalan, Obyektga Yo'naltirilgan Dasturlash (OYD) zamonaviy dasturlash tillarining asosini tashkil qiladi. Demak barcha zamonaviy dasturlash tillari umumiy qoidalarga bo'ysunadi. OYDda har bir dasturlash elementi obyekt sifatida qaraladi. Bunda obyekt, barcha hollarda ma'lum umumiy qoidalarga va xususiy qoidalarga ega bo'ladi. Bu obyektlar oynalar, tugmalar, konteynerlar va Canvas lar ko'rinishida bo'lishi mumkin. Bunda har bir ilova kichik qismlarga ajratiladi va yakunida bu qismlar birlashtiriladi. Borland C++ Builder 6 muhitida Windows osti ilovalar yaratish juda oson. OYD da qadamba qadam alohida uncha katta bo'lmagan dasturlarni funksiya metodlari amalga oshirsa, harakatlanuvchi jarayonlarni qayta ishlash uchun hodisa amalidan, chaqiriluvchi obyektlarni tugmalar va oynalar bilan ifodalaydi. Dasturchilar tilida bu interfeysga tez qayta ishlovchi muhit RAD (Rapid Application Development) deb atashadi. Bunga sabab bu muhitda dastur, ilova tuzish va uning dizaynini qurishda tayyor obyektlar va kutubxonada mavjud metodlardan foydalanish mumkin. Masalan, kompyuter avtomatik ravishda hodisani qayta ishlovchi funksiya dasturi matnini hosil qiladi. Vizual komponentalar palitrasi. Ilova bu - tayyor bajariluvchi fayl hosil qilish uchun kerak bo'ladigan barcha fayllar to'plamidir. Masalan, ilova tarkibiga dastur matni, tovush fayllari, ikonka rasmlari va shu kabi ilovaga, kerakli fayllar kirishi mumkin. Bunda har bir ilova uchun alohida papka hosil qilish maqsadga muvofiq sanaladi. Chunki ilovani boshqa kompyuterga o'tkazmoqchi bo'lsak va papkada saqlamagan bo'lsak, ularni yig'ishimizga to'g'ri keladi. Bunda interfeysning o'zi ilovani saqlashni talab qiladi, ammo papka hosil qilishni o'zimiz bilishimiz kerak. Interfeysning asosiy oynasi sarlavha oynasida ilova nomi, ilovani tiklash, berkitish tugmalari joylashgan. Sarlavha nomi tagida asosiy menyu joylashgan. Bu menyu orqali muhitning barcha funksiya va komandalarini ishga tushirish mumkin. Asosiy menyuning tagida tez tugmalar joylashgan. Bu tugmalar ma'nolariga ko'ra guruhlarga ajratilgan. Bu tugmalar orqali tez-tez ishlatiladigan komandalarni ishga tushirishimiz mumkin. Bu tugmalarning o'ng tomonida vizual komponentalar VCL (Visual Component Library - vizual komponentlar kutubxonasi) palitrasi joylashgan. Bu shunday obyektlarki yoki shunday dasturlash komponentalariki, bular yordamida Windows uchun vizual dasturlarni tezda yaratish mumkin. Komponentalar yordamida har ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 469.32 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:18 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 469.32 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga