Boshqa keng polosali ulanish texnologiyalari Reja: RFID - bu an'anaviy belgilash tizimlari RFID tizimlari Yarim dupleks va dupleks Signal skanerning RFID Radiochastotali identifikatsiyalash, bu aloqa radiochastota kanali yordamida obyektlarni avtomatik identifikatsiyalash va ro'yxatga olish guruhiga kiradigan mustaqil yo'nalish hisoblanadi RFID - bu an'anaviy belgilash tizimlariga qaraganda ko'p ikoniyatlarni beradigan zamonaviy identifikatsiyalash texnologiyasi hisoblanadi. RFID tizimlari ko'plab turli variantlarda mavjud va bu tizimlarga qisqacha tahlilni berish uchun bir RFID tizimni boshqasiga differensiallashtirishga imkon beradigan o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash zarur. RFID tizimlari ikkita asosiy aloqa turlaridan biriga muvofiq dupleks (FDX)yarim dupleks (HDX) yoki impulsli rejim desa ham bo'ladigan ketma-ket tizimlar (SEQ) prinsipi bo'yicha ishlaydi. Yarim dupleks va dupleks rejimlarda transponderning javobi o'qigich qurilmaning radiochastotasi (elektr maydoni) aniqlanganida uziladi. Binobarin, bu javob signali etarlicha kuchsiz bo'lishi mumkin, boshqa quvvatliroq manbalardan halaqitlar fonida qabullagich-uzatkich signalini ajratishga imkon beradigan usullarga tayanish zarur. Transponderdan ma'lumotlarni o'qish qurilmasiga uzatishda yuklama modulyatsiyasi degan modulyatsiya amaliy ishlatiladi, unda nimtashuvchidan tashqari o'qish qurilmasi ishchi chastotalarining ikkinchi darajali garmonikalari ishlatiladi. Radiochastotli yorliq qabullagich, uzatkich va ma'lumotlarni saqlash uchun xotiradan iborat. Radiochastotli o'qish qurilmasi on-line rejimidan ishlaydigan qabullagich va uzatkichdan iborat. Uzatkich malum chastotali elektromagnit maydonni generatsiyalaydi. Bu maydon RFID yorliqlarga tushganida, u RFID dan siganlni aniqlaydi va undagi tovar haqida yozilgan ma'lumotlarni uzatadi. Signal skanerning RFID antennasida qabul qilinadi, ishlov berish uchun kompyuterga retranslyatsiya qilinadi. Tovarni radiochastotaviy identifikatsiyalash uchun to'g'ri ko'rinish sharti shart emas, shuning uchun RFID yorliqlar tez va oson o'qiladi, bu vaqtni tejashga imkon beradi. Avtomatik identifikatsiyalash texnologiyalarining bo'linishi Radiochastotali yorliqning tashqi ko'rinishi Radiochastotali belgi bir yoki bir necha santimetr kvadratlarli maydonda yuzlab bayt ma'lumotlardan iborat bo'lishi mumkin. RFID belgilar ham faqat ma'lumotlarni o'qish uchun, ham ma'lumotlarni yozish va o'qish uchun ishlatiladi. RFID belgilarda saqlanadigan ma'lumotlar o'zgartirilishi, to'ldirilishi va hatto boshqasi bilan almashtirilishi mumkin. RFID belgilar tovar haqida eng batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishi mumkin: davlat, ishlab chiqaruvchi, artikul, tur, rang, o'lcham, chiqarilishi sanasi, seriya raqami va h.k Yana shuni takidlash kerakki, radiochastotali belgilar o'g'irliklardan himoyalash funksiyasini bajaradi va ularni buzish qiyin, deyarli mumkin emas, bu ularning o'zoq vaqt xizmat muddatini ta'minlaydi. Radiochastotali identifikatsiyalash usulining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilar: bu usul kontaktli hisoblanadi va to'g'ri ko'rinishni talab qilmaydi; elektron belgini yashirin o'rnatish imkoniyati; qiyin iqlimiy sharoitlarda va zararli muhitlarda ishlash; ma'lumotlarni o'qishning yuqori tezligi; ishlatishning cheklanmagan muddati (passiv identifikatsiyalash uchun); kodli ma'lumotlarning katta miqdori; o'qishyozish imkoniyati. RFID tizimlar smart-kartalar bilan yaqin bog'langan. Ulardagi ma'lumotlar smart-kartalardagi kabi elektron tashuvchida saqlangan. Lekin, smart-kartalardan farqli ravishda RFID-belgi va o'qish qurilmasi orasidagi ma'lumotlarni almashtirish ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:10:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
965.7 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:18
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:10 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
965.7 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:18 ]
Arxiv ichida: ppt