Boshqarish sistemalarini elementlarini sinflanishi. Elementlarni tushunchasi fizikaviy - texnik shakillanishi Reja: Boshqarish sistemalarini elementlarini sinflanishi. Elementlarni tushunchasi fizikaviy - texnik shakillanishi. Elementlarni signallar bilan bajaradigan funktsiyasi. O'zbekiston olimlarining elementlar bazasini rivojlanishiga qo'shgan hissalari. Yangi materiallar asosida yaratilgan elementlar. Tayanch so'z va iboralar: signal, element, avtomatik nazorat qilinadigan (ANQ) kattaliklar guruxi va asosiy ko'rsatkichlari. ANQ teploenergetik ko'rsatkich guruhi, ANQ mexanik ko'rsatkichlar guruhi, ANQ elektroenergetik ko'rsatkichlar guruhi, ANQ fizik ko'rsatkichlar guruhi, ANQ kimyoviy ko'rsatkichlar guruhi, Avtomatikaning elementlari va ularning asosiy ko'rsatkichlari. ―Boshqarish sistеmalarining elеmеntlari va qurilmalari‖ fanini o'qitilishidan maqsad - talabalarga boshqarish sistеmalarining asosini tashkil etuvchi elеmеnt va qurilmalarning ishlash printsipiga qarab sinflanishi, turlanishi, konstruktiv tuzilishlari, statik va dinamik xaraktеristikalari, ularga qo'yiladigan talablar asosida tanlash va sxеmotеxnik tuzilishini o'rgatish, shuningdеk ularda yo'nalish profiliga mos ta'lim standarti talablariga javob bеradigan bilimlar, ko'nikmalar va tushunchalarni hosil qilishdir. Fanning vazifasi - boshqarish sistеmalarida avtomatika elеmеntlari va qurilmalarini tutgan o'rni, ularni ishlatish xususiyatlarini mukammallashtirish va rivojlantirish usullarini, zamonaviy elеmеntlar asosida qurilmalar yaratishni talabalarga o'rgatishdan iborat. Fanning maqsadi - talabalarga element va qurilmalarning tuzilishini, ishlash printsiplarini, asosiy xarakteristikalarini, sistema sifatiga qo'yiladigan talablar asosida ularni tanlashni, element va qurilmalarni aniq va xatosiz ishlatishni o'rgatishdan iborat. Avtomatik qurilmalar elementlari quyidagi guruhlarga bo'linadi: ish rejimi boshqaruvining sezgir elementlari; elektrik o'zgartirgichlar (datchiklar va elektromagnitli relelar); avtomatik qurilma kuchaytirgichlari (magnitli, elektromagnitli, elektrovakuumli, yarimo'tkazgichli, porshenli kuchaytirgichlar); mexanizmlarning burchak holatlarini o'lchovchi elementlar (halqali potensiometrlar, aylanuvchi transformatorlar); teskari aloqaning richagli, elektromexanik, pnevmatik, elektronli va boshqa elementlari; avtomatik qurilmalarning ijro etuvchi mexanizmlari (elektrli, gidravlik, pnevmatik va boshqa turli). Har qanday boshqarish jarayoni to'rtda tashkil etuvchilarga bo'linishi mumkin: ob'yekt holati parametrlarining qiymatini berish yoki boshqarish haqidagi ma'lumotni olish; ob'yekt holati haqidagi ma'lumotni olish; olingan ma'lumotni qayta ishlash va qaror qabul qilish, ya'ni boshqarish signalini shakllantirish; shakllangan boshqarish signalini amalga oshirish - ishlab chiqiqgan boshqarish signaliga mos ravishda boshqarish ta'sirini amalga tadbiq etish. Avtomatik boshqarishni tadbiq etish uchun mos zaruriy elementlar quyidagilardir: topshiriq beruvchi(zadayushiy), o'lchovchi, boshqaruvchi(rostlovchi) va ijro etuvchi elementlar. Topshiriq beruvchi element (zadatchik) deb, boshqarish maqsadiga mos siganllarni ishlab chiqaruvchi elementga aytiladi. Topshiriq beruvchi qurilma sifatida oddiy reostatli zadatchiklar, kontaktli buyruq-apparatlar, kontaktsiz dasturiy qurilmalar va boshqalar ishlatilishi mumkin. O'lchovchi element ob'yekt holatini, ob'yektning chiqish parametrlarini, shuningdek tashqi muhit parametrlarini va ushbu ma'lumotni tizimning boshqaruvchi elementiga uzatishni nazorat qilish uchun xizmat qiladi. Boshqaruvchi(rostlovchi) element oddiy holatda boshqariluvchi(rostlanuvchi) qiymatni berilgan qiymatdan og'ishiga proporsional boshqarish(rostlash) signalini ishlab chiqaradi. Odatda boshqaruvchi element(regulyator) juda murakkab tuzilishga ega va huddi boshqa turli elementlar (kuchaytirgichlar, filtlar, qo'shuvchi(jamlovchi) va h.k)dan tashkil topgan tizim deb ko'rish ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:10:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
386.1 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:18
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:10 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
386.1 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:18 ]
Arxiv ichida: docx