Boshqaruvchi axborot tizimlari va ularning tarkibi Reja: Ta'minlovchi qism-tizimlar (Axborot ta'minoti. Texnik ta'minot. Matematik ta'minot. Dasturiy ta'minoti. Lingvistik ta'minot. tashkiliy ta'minot. Uslubiy ta'minot. Huquqiy ta'minot.) Funksional qism-tizimlar. (tashkiliy tuzilishli qurish. Mohiyat-aloqalar. Axborot oqimlari. Funksiyalar va modellar. Yaratish chizmalari) Ta'minlovchi qism-tizimlar Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta'minlovchi va funksional qismlarga ega. Ta'minlovchi qism axborot, texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy va lingvinistik ta'minotdan iborat bo'ladi. Axborot ta'minoti - tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlar-ni tashkil etish shakli, joylashtirilish hajmi (axborotni tasnif-lash va kodlashtirish, hujjatlarni unifikatsiyalashgan tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo'yicha loyiha qarorlarining, shuningdek, ma'lumotlar bazasi tuzilish uslubining majmuidir. U ko'rsatkichlarni, ma'lumotnomalarni axborotni tasniflovchi hujjatlarning unifikatsiyalashgan tizimini, tashuvchi vositalar-dagi axborotlarni o'z ichiga oladi. Texnik ta'minot. Texnik ta'minot - axborot tizimi ishi uchun mo'ljallangan texnik vositalar kompleksi, shuningdek, ushbu vositalar va texnologik jarayonlarga teplili hujjatlardir. Matematik ta'minot. Matematik ta'minot - axborot tizimida vazifalarni hal etishda foydalaniladigan axborotlarni qayta ishlash algoritmi, modellari, matematik uslublari majmui. Dasturiy ta'minot - bu axborot tizimining maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dasturlar majmui, shuningdek texnik vositalar kompleksining me'yorida ishlab turishi demakdir. Dasturiy ta'minot tarkibiga umumiy tizimli va maxsus dasturli mahsulotlar, shuningdek texnik hujjatlar, jumladan: operatsion tizimlar, dasturlash, tizimi, dasturchining asbob-uskuna vositasi, test va tashxis dasturlari, telekommunikatsiyaning dasturiy vositasi, axborotni himoyalash, funksional dasturiy ta'minot (avtomatlashtirilgan ish joylari, ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimi va hokazo) kiradi. Umumiy tizimli dasturiy ta'minot. Ularga foydalanuvchiga mo'ljallangan va axborotni qayta ishlashning an'anaviy vazifa-larini hal etish uchun belgilangan dasturlar kompleksi kiradi. Ular kompyuterlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ma'lumot-larni qayta ishlash jarayonini boshqarish va nazorat qilishga xizmat qiladi. Maxsus dasturiy ta'minot. Aniq, bir dasturiy tizimni yaratishda ishlab chiqilgan dasturlar majmuini ifoda qiladi. Uning tarkibiga turli darajada o'xshash ishlab chikdlgan modellar, ma'lum bir obyektning ishlashini aks ettiruvchi amaliy dasturlar paketi kiradi. Uslubiy ta'minot va tashkiliy ta'minot - axborot tizimini ishga tushirish va ishlatish jarayonida axborot tizimi xodimlarining texnik vositalar bilan va o'zaro ta'sirini belgilovchi metodlar, vositalar va hujjatlar majmuidir. Ergonomik ta'minot (sharoit) - ish joylariga, axborot model-lariga, xodimning ish faoliyatiga nisbatan turli ergonomik talablar-dan iborat hujjatlar, ularni amalga oshirish usullari to'plamidir. Maqsad - xodim ishining yuqori samaradorligini ta'minlash. Huquqiy ta'minot - axborot tizimining huquqiy maqomi va uni ishga tushirishni belgilovchi huquqiy me'yorlar majmuidir. Axborotni olish qayta o'zgartirish va foydalanish tartibi belgilab qo'yiladi. Huquqiy ta'minotning asosiy maqsadi qonunchilikni mustaxqamlash sanaladi. Huquqiy ta'minot tarkibiga qonunlar, farmoyish, hukumat organlari qarorlari, buyruqlari, yo'riqnomalari va vazirliklar, idoralar, mahalliy hukumat organlarining boshqa me'yoriy hujjatlari kiradi. Lingvinistik ta'minot - axborot tizimi xodimlari va texnik, dasturiy va axborot ta'minoti xodimlarining muloqot tili ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:10:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
393.48 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:10 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
393.48 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:18 ]
Arxiv ichida: doc