Bozor konyukturasi istiqbollari

Bozor konyukturasi istiqbollari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Bozor konyukturasi istiqbollari - rasmi

Material tavsifi

Bozor konyukturasi istiqbollari Reja: Bozor konyukturasi tushunchasi. Bozor konyukturasining tahlili. Bozor muvozanati. Bozor konyukturasi istiqbolini aniqlash. Malum davrda tovarlar va xizmatlar sotilishidagi imkoniyatlarini ifodalovchi iqtisodiy shart sharoitlar majmui bozor konyukturasini bildiradi. U aniq iqtisodiy ko'rsatkichlar - talab va taklif muvozanati, baholar darajasi, bozor xajmi va boshqalar bilan ifodalanadi. Bozor konyukturasi mamlakat iqtisodiy holatiga to'g'ridan to'g'ri bog'liq. Shuning uchun tovar bozorining tahlili quyidagi ikki yul bilan olib borilishi mumkin: 1) agar konyukturaning o'zgarish darajasi va tendensiyalarini bilish kuzlansa, u holda uning belgilangan davrdagi dinamikasi urganiladi. 2) agar konyukturaning malum muddatga bo'lgan ahvolini bilish zarur bulsa, unda tovarning bozordagi hayotiy yo'li urganiladi, aniq bosqichi belgilanadi va tahlil kilinadi. Butun yigilgan axborotlar uch kismga bulinadi. Birinchisiga konyukturani oldingi davrda tasvirlagan ma'lumotlar kirib, hozir ularning xech qanday aloqasi yuk. Ikkinchisi, konyukturaning hozirgi ahvolini bildiradi, ammo uning istiqboliga ta'sir kursata olmaydi. Uchinchisi konyukturaning kelajakdagi o'zgarishini aniklaydi. Konyukturaning tahlili bozorning ayrim tomonini ifodalovchi ko'rsatkichlargagina emas, balki uning kompleks holatini tasvirlovchi barcha yigilgan va statistik ma'lumotlarga, ularning umumiy qarama qarshi tomonlariga asoslanishi kerak. Konyuktura axborotnomasi - konyukturaning tahlil shakli hisoblanadi. Bu hujjat bozorning holatiga ta'sir etuvchi barcha omillar to'g'risida, ularning o'zaro aloqalari hamda konyukturaning umumiy o'zgarishini ifodalovchi qonuniyatlarini uzida mujassamlashtiradi. Mamlakat iqtisodiy doirasida konyukturani tahlil qilish quyidagi ko'rsatkichlarga asoslanadi. Makroiqtisodiy ko'rsatkichlar: yalpi milliy mahsulot, YaMD, sanoat, qishloq xo'jaligi, investitsiya, transport, tovar muomalasi ko'rsatkichlari - ichki va tashqi bozorlarda tovarlar sotilishi xajmi, pul muomalalari, kapital aylanishi va baholar dinamikasi, ishsizlik inflyatsiya darajalari. Makroiqtisodiy ko'rsatkichlarga , tovar bozorlari holati, talab va taklif, baho, talabning kondirilish, darajasi, tovar ishlab chiqarish, uning sotilishi, yangi korxonalar qurilish va boshqalar kiradi. yuqoridagi ko'rsatkichlardagi umumiylik tomoni shundaki, ular bir biri bilan bog'liq va davlat (region) iqtisodiet bir bosqichdan ikkinchisiga utganda ularda o'zgarish ruy beradi. YaMM, shaxsiy istemol, davlvt buyurtmalari, yalpi kapital qurilish, tovar va xizmatlarni eksport va import qilish ko'rsatkichlarini o'z ichiga oladi. Bu ko'rsatkichlarni hisoblashda noanikliklar (qaytadan hisoblash) ruy bersa xam, u oxirgi talab xajmi va xar doimiy mamlakat iqtisodieti holatini baholashda muhim urinni egallaydi. Mamlakat iqtisodieti konyukturasida ruy beradigan barcha o'zgarishlar manbai bo'lib, ishlab chiqarish sohalari hisoblanadi. iqtisodietda sanoatning ulushi kanchalik yuqori bulsa, uning ko'rsatkichlarining ahamiyati shunchalik yuqori bo'ladi. Sanoat ishlab chiqarishining asosiy ko'rsatkichlari: sanoat ishlab chiqarish indeksi, ishlab chikarilgan mahsulotlarning mutlak xajmi, ishlab chiqarish imkoniyatlari va xakikati uzlashtirilgan quvvatlar mehnat unumdorligi, ishsizlar, ish xaki, buyurtmachilar, investitsiya va boshqalar. Ular tahlil kilinadi hamda bozor konyukturasiga ta'siri aniklanadi. qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi bo'yicha esa ishlab chiqarish indeksi, mutlak xajmi, ekin maydonlari, hayvonotlar soni, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.78 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.78 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga