Buxgalteriya hisobida axborot kompleksi va texnologiyalari Reja: Avtomatlashtirilgan ish joylari haqida tushuncha Buxgalteriya tizimida zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ta'minlash zaruriyati Buxgalteriya tizimida avtomatlashtirilgan ish joylari yaratish va 1S buhalteriya dasturini ishlash texnologiyasi. Buxgaleriya tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta'minlash zaruriyati. Iqtisodiyotni boshqarishdagi o'zgarishlar, bozor munosabatlariga o'tish Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta'sir ko'rsatadi. Hisobning xalqaro tizimlariga o'tishi amalga oshirilmokda, bu uning uslubiyotining yangi shakllarini ishlab chiqishning talab qiladi. Buxgalteriya hisobining axborot tizimi va uni kompyuterda ishlab chiqishni tashkil qilishning an'anaviy shakllari katta katta o'zgarishlarga uchragan. Hisobchidan korxona moliyaviy holatining obyektiv baholarini bilish, moliyaviy tahlil usullarini egallash, qimmatli qog'ozlar bilan ishlashni bilish, bozor sharoitlarida pul mablag''lari investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi. Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari an'anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o'z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish xaki (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, yig'ma hisob va hisobotlar tuzish. Shaxsiy kompyuterlar bazasida avtomashtirilgan ish joylarining tashkil qilinishi, korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoo'larini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari surdi. Ma'lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini yaratish, turli foydalanuvchilar o'rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang'ich hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo'ldi. Buxgalteriya hisobi majmualari murakkab ichki va tashqi aloqalarga ega. Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrim vazifalari, majmualari va uchastkalarining axborotli o'zaro hamkorliklarini. tashqi aloqalar - boshqaruvning o'zga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo'linmalari hamda tashqi tashkilotlar bilan o'zaro hamkorligini aks ettiradi. Buxgalteriya tizimida avtomatlashtirilgan ish joylari yaratish. Hozirgi bosqichda buxgalteriya vazifalarini axborot texnologiyasi asosida markazlashtirilgan holda ishlab chiqish asosiy rolni o'ynaydi: foydalanuvchining ish joyida o'rnatilgan kompyuterlarni qo'llash, bu yerda vazifalarni yechish hisobchi tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi; korxona, tashkilot, firmaning turli xildagi bo'linmalari iqtisodiy vazifalarini integrallangan holda ishlab chiqarilishi ta'minlovchi mahalliy va ko'p bosqichli tarmoqlarini shakllantirish; har xil bo'linmalar uchun korxonaning yagona taksimlangan bazasini yaratish; axborotlar hisoblash texnikasi bajaraadigan buxgalteriya hisoblashlar tarkibini ancha ko'paytirish; birlamchi buxgalteriya hujjatlarini mashinada shakllantirish imkoniyatlari, bu qog'ozsiz texnologiyalarga o'tishni ta'minlaydi va hujjatlarni iyg'ish va ro'yxatga olish bo'yicha operatsiyalar mehnat talabligi darajasini kamaytirish. buxgalteriya vazifalari majmualarini yechishni integrtsiyalash; dialogli usulda amalga oshirish yo'li bilan axborot xizmat ko'rsatishni tashkil qilish imkoniyati. Texnologik jarayonning barcha operatsiyalari personal kompyuterda bitta ish joyida va unig tuzilishiga ko'ra izchillik bilan bajariladi.y Buxgalteriya tizimida ishlatiladigan dasturiy ta'minotlar: 1S:Buxgalteriya, Parus, Intellekt- Servis, Infosoft, Xakers-Dizayn va boshqalar. Ko'pgina firmalar dasturlarni ikki variantda: mahalliy va tarmoqli ishlab chiqaradilar. Ta'kidlash kerakki, tarmoqli variantlar ancha murakkab va qimmat, Mijoz-server ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:10:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
102.85 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:10 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
102.85 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:18 ]
Arxiv ichida: doc