Buyruklar formati va adreslash usullari Reja: Translyatsiyani boshqarish psevdoburuqlari. Assemblerda arifmetik amallar. Umumiy vazifadagi buyruqlar. Kiritish-chiqarish buyruqlari. Protsessor tomonidan buyruqni qayta ishlash. 1. Translyatsiyani boshqarish psevdoburuqlari. ORG (origin-boshlash) psevdoburyg'i. Bu psevdoburuq dres hisobchisini, ichki ko'rsatgichni o'zgartiradi, u esa assemblerga xotiraning qaysi joyida buyruqlar va berilganlarni saqlash kerakligini ko'rsatadi. Odatda bu ishlarni aslida DOS operatsion sistemasi qiladi, lekin siz o'zingiz ham bu ORG buyrug'i yordamida xotirani taqsimlashingiz mumkin. Masalan, agarda siz o'zingizning programmangizni DOS lperatsion sistemasining .COM fayli turida qilib ishlatmoqchi bo'lsangiz, u holda programmaning birinchi buyrug'idan oldin ORG 100N operatorini qo'ying. Bu operator assemblerga programmaning buyruqlarini xotirada segment buyruqlaridan so'zga 256 bayt joy tashlab joylashtirish kerakligini ko'rsatadi. EVEN (juft) psevdobuyrug'i. Odatda bu psevdobuyrug' juda kam ishlatiladi. Uning yordamida 8086 yoki 80286 MPli EHMlarda programmani effektiv bajarilishini ta'minlash mumkin. Odatda 8086 MP 16 bitli berilganlar shinasiga ega bo'lganligi uchun bir yo'la 16 bit ma'lumot uzatish imkoniyatiga ega (8088 MP buning uchun 8 bitdan 2 marta uzun). Lekin bu ishni bajarishda 8086 MP xotiraning toq adresida joylashgan berilganlarni juft adreslardagiga qaraganda uzoqroq uzatadi. Shuning uchun vaqt juda tig'iz bo'ladigan programmalarda berilganlarni juft nomerli adreslarda eslash imkoniyatiga ega bo'lish muhim ahamiyat kasb etadi. Assemblerda arifmetik amallar Assembler tilida arifmetik amallar sonli operandlar ustida bajariladi va sonli natija beradi. Eng ko'p ishlatiluvchi arifmetik amallar: q qo'shish, - ayirish, * ko'paytirish, bo'lish. Ularning umumiy shakli - q * . Bu yerda amali ishlatilganda natijaning butun qismi olinadi. Masalan: PIQUOT EQU 31416 100 operatorii 3 qiymatni beradi. Assemblerda qoldiqni hisobga olish uchun MOD amali mavjud. Masalan: PIREM EQU, 31416 MOD 100 operatori qiymati 1416 ga teng bo'lgan PIREM o'zgarmasni aniqlaydi. SHL- Chapga surish amali. SHR- O'nga surish amali. qiymati ifodaning qiymatiga teng bitlarga o'ngga suradi. Mantiqiy amallar. Assemblerda mantiqiy amallar ikkilik qiymatlar bilan ish ko'radi. Lekin SHL va SHR amallardan farqli mantiqiy amallar ayrim bitlar bilan ishlaydi. AND -mantiqiy VA, OR-mantiqiy YoKI va XOR -mantiqiy YoKI ning INKORI amallari ikkita operand ustida bajariladi. NOT- birga to'ldirish amali bitta operand ustida bajariladi. AND, OR va XOR amallari natijasi quyidagicha (1-jadval): 8088 MP ni assembler tili buyruqlari ichida AND, OR va XOR buyruqlari ham bor. Lekin ularning bir-biridan farqi shundaki, mantiqiy buyruqlar programmaning bajarilishida ishlasa, mantiqiy amallar uni translyatsiya paytida ishlatadi. Umumiy vazifadagi buyruqlar. 3.1. MOV buyrug'i. Bu buyruq yordamida registr va xotra yacheykasi yoki ikkita registr o'rtasida bayt yoki so'zni uzatish mumkin. Bundan tashqari, yana to'g'ridan- to'g'ri qiymatni registr yoki xotira yacheykasiga ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:10:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.82 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:10 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.82 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:19 ]
Arxiv ichida: doc