C++ Builder interfeysi va asosiy menyulari Reja: 1. C++Builder ni o'rnatish 2. C++Builder interfeysi 3. Dastur muhitining asosiy menyular tasnifi C++Builder ni o'rnatish Borland C++ Builder 6 ni o'rnatish uchun, u saqlangan fayl ichidagi bcb6.exe faylini ishga tushiramiz (1.1.1 - rasm). Undan so'ng 1.1.2 - rasmdagi oyna hosil bo'ladi. Bu oynada faylni arxivdan chiqarish uchun joy so'raydi. Biz C:TempBCB6 deb nomlangan joyni ko'rsatib u yerga kerakli fayllarni arxivdan chiqarib olamiz. Arxivdan chiqarish jarayoni tugaganidan so'ng, Borland C++ Builder 6 ni o'rnatish jarayoni boshlanadi (1.1.3 - rasm). 1.1.4 - rasmda dasturning seriya raqami va ruxsat berish kalitini kiritishni so'raydi. Bu ikki kodni olish uchun keygen papkasidagi bcb6kg.exe faylini ishga tushiramiz (1.1.5 - rasm). bcb6kg.exe faylini ishga tushirilgandan so'ng 1.1.6-rasmdagi oyna hosil bo'ladi. Bu oynadan Generate tugmasini bosib kerakli kodlarni olamiz. Ularni yani berilgan kodlarni 1.1.4-rasmdagi oynaga birin-ketinlikda joylashtiramiz va Next tugmasini bosamiz (1.1.7 - rasm). 1.1.8-rasmdagi oynasidagi I accept the terms in the license agreementni tanlab Next tugmasini bosamiz. Shundan so'ng 1.1.9-rasmdagi oyna hosil bo'ladi. Bu oynada dasturning o'rnatish turini tanlashimiz kerak. Quyida dasturning o'rnatish turlari berilgan: - Typical - dasturni umumiy holatda o'rnatish, foydalanuvchilar uchun tavsiya etiladi; - Compact - dasturni minimal holatda o'rnatish; - Custom - dasturni kerakli bo'lgan bo'limlarini tanlab o'rnatish, yetakchi foydalanuvchilar uchun tavsiya etiladi. Ushbu oynadan ko'rsatilgan oynalarning xammasidan Next tugmasini bosamiz. 1.1.10 - rasmda ko'rsatilgan oynada dasturni o'rnatilayotgan joyni ko'rsatish oynasi keltirilgan, uni o'zgartirib o'zimiz uchun qulay joyni tanlashimiz mumkin. Shundan so'ng Next tugmasini bosamiz. Shunda 1.1.11 - rasmdagi oyna hosil bo'ladi va Install tugmasini tanlaymiz va o'rnatish jarayoni boshlanadi. Dasturni o'rnatish tugaganidan so'ng Next tugmasi bosiladi. Jarayon yakunlangankeyin dasturni o'rnatib bo'lganini bildiruvchi oyna hosil bo'ladi. U oynadan Finish tugmasini tanlab dasturni o'rnatishni yakunlaymiz. Dasturni o'rnatganimizdan so'ng uni ro'yxatdan o'tgazishimiz kerak, yani Registratsiya qilishimiz kerak. Uning uchun dasturni dastlab ishga tushiramiz. Shunda 1.1.13 - rasmdagi oyna hosil bo'ladi. Bu oynadan Register or activate by phone or web browseer ni tanlab Next ni bosamiz. Undan so'ng ekranda 1.1.14 - rasmdagi oyna hosil bo'ladi va biz bu oynadan Registration Code ni olib Borland C++ Builder 6 Keygen deb nomlangan oynadagi Registration Code maydoniga joylashtiramiz (1.1.15 - rasm), keyin bizga Activation Key beriladi uni ko'chirib olib Borland C++ Builder 6 Registration Software - Phone Registration deb nomlangan oynadagi kerakli joyga joylashtiramiz va Next ni bosamiz (1.1.16 - rasm). Next tugmasini bosganimizdan so'ng bizga ro'yxatdan o'tish yakunlanganligini bildiruvchi oyna hosil bo'ladi va undan Exit tugmasini bosib chiqib ketishimiz mumkin ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:10:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.62 MB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:10 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.62 MB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:19 ]
Arxiv ichida: doc