C++ Builderning grafik imkoniyatlari

C++ Builderning grafik imkoniyatlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
C++ Builderning grafik imkoniyatlari - rasmi

Material tavsifi

C++ Builderning grafik imkoniyatlari Reja: 1. Chizma hosil bo'luvchi sirt. 2. Qalam va mo'yqalam. 3. Matn hosil qilish 4. To'g'ri chiziq va figuralar hosil qilish Chizma hosil bo'luvchi sirt. S++ Builder muhitida chizish sirti - TCanvas klass obyekti dastur bilan ishlash davrida tasvirli ma'lumotlarni hosil qilish imkonini yaratadi. Bu sinf obyekti sirt bo'yicha ko'rish, grafik tasvirlar chizish, rasmlarni va sirtning biror qismini nusxalash, hamda matnni chop qilish imkonini beruvchi xossa va metodlarini o'z ichiga oladi. Har bir Canvas xossasiga ega komponenta o'z navbatida qalam, mo'yqalam va shrift obyektlarini o'z ichiga oladi va mos ravishda Pen, BrushvaFontxossalariga ega bo'ladi. Canvas xossasini o'z ichiga olgan komponenta va obyektlar quyidagilar: TForm, TPanel, TPaintBox, TImage Qalam va mo'yqalam. Canvas xossasining Pen obyekti o'z navbatida quyidagi xossalarga bo'linadi: Canvas-Pen-Color - qalamning rangini o'zgartirish yoki qalamning rangini aniqlash; Canvas-Pen-Width - qalamning qalinligini o'zgartirish yoki qalamning qalinligini aniqlash; Canvas-Pen-Style- chizilayotgan chiziqning toifasi. Chiziq toifasi quyidagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin: psSolid - uzluksiz chiziq (kelishuv bo'yicha); psDash - tire belgilaridan hosil bo'lgan chiziq; psDot - nuqtalardan tashkil topgan chiziq; psDashDot - nuqta va tire ketma-ketliklaridan iborat chiziq; psDashDotDot - tire va nuqtalar ketma-ketliklaridan iborat chiziq; psClear - ko'rinmas chiziq; psInsideFrame - chizish sirtini chegaralovchi to'g'ri to'rtburchak ichidagi chiziq. Brush xossasi geometrik shakllar va ularning ichki sohasini bo'yash shaklini aniqlaydi. U quyidagi xossalarga ega: Canvas-Brush-Color - mo'yqalam rangi; Canvas-Brush-Style - mo'yqalamtoifasi aniqlaydi va quyidagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin: bsSolid - berilgan rang bilan shakl yuzasini to'liq bo'yaladi; bsClear - shakl yuzasi bo'yalmaydi; bsHorizontal -shakl yuzasi parallel chiziqlar bilan to'ldiriladi; bsVertical -shakl yuzasi vertikal chiziqlar bilan to'ldiriladi; bsFDiagonal - shakl yuzasi yuqoridan pastga qaragan chiziqlar bilan to'ldiriladi; bsBDiagonal -shakl yuzasi pastdan yuqoriga qaragan chiziqlar bilan to'ldiriladi; bsCross -shakl yuzasi to'r bilan to'ldiriladi; bsDiagCross -shakl yuzasi egri chiziqlardan hosil bo'lgan to'r bilan to'ldiriladi. Canvas obyektning muhim xossalaridan biri bu nuqtalar hosil qilish xossasidar. Bu xossa Canvas-Pixels[x][y] nom bilan yoziladi, koordinata yordamida nuqtaning rangini aniqlash yoki unga boshqa rang qiymatini berish mumkin. Matn hosil qilish Grafik obyekt sirtida matnni hosil qilish uchun TextOut dan foydalaniladi. TextOut ning yozilish formati quyidagicha: obyekt-Canvas-TextOut(x,y,Text); Buerda, obyekt - matn hosil bo'luvchi obyekt nomi; x, y - matn boshlanuvchi koordinata; Text - hosil bo'luvchi belgi kattalikdagi matn yoki satrli o'zgaruvchi. Hosil bo'luvchi matn belgilari Canvas obyektiga muvofiq keluvchi Font xususiyati orqali ifodalanadi. Font xususiyati Tfont obyektiga tegishli bo'lib, 5.3.1-jadvalda belgi xarakteristikalari va qo'llani-luvchi uslublari keltirilgan. 5.3.1-jadval Quyidagi dastur qismi TextOut funksiyasini qo'llash uchun misol bo'la oladi: Form1-Canvas-Brush-Color ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.28 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.28 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga