C++ da kiritish chiqarish operatorlari va arifmetik amallar. Grafika

C++ da kiritish chiqarish operatorlari va arifmetik amallar. Grafika

O'quvchilarga / Informatika va AT
C++ da kiritish chiqarish operatorlari va arifmetik amallar. Grafika - rasmi

Material tavsifi

Grafika. C++ da kiritish chiqarish operatorlari va arifmetik amallar Reja: 1.Ma'lumotlarni kiritish va chiqarish 2.Amallar 1.Ma'lumotlarni kiritish va chiqarish Formatli chiqarish - printf. Chiqarishprintf funksiyasi ko'rsatilgan parametrlarni standart oqimga chiqarish uchun ishlatiladi. Standart oqim tushunchasi keyingi boblarda yoritiladi. hozircha standart oqim sifatida monitor tushunilishi yetarlidir. Funksiya stdio.h modulida joylashgan bo'lib, umumiy ko'rinishi quyidagichadir: printf(control,arg1,arg2,…) Bunda control boshqaruvchi qator deb atalib ikki turdagi simvollardan iborat bo'ladi: oddiy chiqariluvchi simvollar va navbatdagi parametrni o'zgartirib chiqaruvchi spesifikasiyalar. Har bir spesifikasiya % simvolidan boshlanib o'zgartirish turini ko'rsatuvchi simvol bilan tugaydi. O'zgartirish simvollari quyidagilardan iborat. Butun sonlar uchun: d- parametr ishorali o'nlik butun songa aylantiriladi. u - parametr ishorasiz o'nlik butun songa aylantiriladi. o - parametr ishorasiz va birinchi raqami 0 bo'lmagan sakkizlik songa aylantiriladi. x - parametr ishorasiz va 0x belgisiz o'n oltilik songa aylantiriladi. X - parametr xuddi x kabi. Faqat harf bilan ko'rsatiluvchi raqamlar katta harf ya'ni A,B,C,D,E,F sifatida yoziladi. Haqiqiy sonlar uchun: e - parametr float yoki double turidagi son deb qaraladi va ishorali m.nne+-xx ko'rinishidagi o'nlik songa keltiriladi. E - parametr xuddi e kabi. Faqat mantissa belgisi katta harf ya'ni E sifatida yoziladi. f - parametr float yoki double turidagi son deb qaraladi va ishorali m.nn ko'rinishidagi o'nlik songa keltiriladi. g - parametr berilgan son qiymati va aniqligi uchun eng ixcham %e yoki %f tanlaydi. G - parametr xuddi g kabi. Faqat mantissa belgisi katta harf ya'ni E sifatida yoziladi. Simvol va satr uchun: c - parametr bitta simvol deb qaraladi. s - parametr satr simvollar no'linchi simvol uchramaguncha yoki ko'rsatilgan sondagi simvollar bosiladi. Misol: #include int main () int num = -27; int number = 27; float f = 123.456; char r = 'a'; char str[4] = abc; printf(%dn, num); * -27 * printf(%un, number); * 27 * printf(%on, number); * 33 * printf(%xn, number); * lb * printf( %fn, f); * 123.456001 * printf(%en, f); * 1.23456e+02 * printf(%En, f); * 1.23456E+02 * printf(%cn, r); * a * printf(%sn, str); * abc * return 0; Prosent % belgisi va o'zgartirish simvoli orasiga quyidagi simvollarni qo'yish mumkin. Chiqarilayotgan argument chapga tekislash lozimligini ko'rsatuvchi minus belgisi. Maydon minimal uzunligini ko'rsatuvchi raqamlar qatori. Maydon uzunligini keyingi raqamlar qatoridan ajratuvchi nuqta. Biror qatordan qancha simvol ajratib olish lozimligini hamda float yoki double turidagi sonlarda nuqtadan keyin qancha kasr raqamlari bosib chiqarilishini ko'rsatuvchi raqamlar ketma-ketligi. Chiqarilayotgan son long turiga tegishli ekanligini ko'rsatuvchi uzun o'nlik markeri l. % dan keyingi simvol ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.61 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.61 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga