C++ da o'zgaruvchilar Reja: 1 O'zgaruvchilar 2 Konstantalar 3Turlar bilan ishlash 1. O'zgaruvchilar O'zgaruvchilar obyekt sifatida. C tilining asosiy tushunchalaridan biri nomlangan xotira qismi - obyekt tushunchasidir. obyektning xususiy xoli bu o'zgaruvchidir. O'zgaruvchiga qiymat berilganda unga ajratilgan xotira qismiga shu qiymat kodi yoziladi. O'zgaruvchi qiymatiga nomi orqali murojaat qilish mumkin, xotira qismiga esa faqat adresi orqali murojaat qilinadi. O'zgaruvchi nomi bu erkin kiritiladigan identifikatordir. O'zgaruvchi nomi sifatida xizmatchi so'zlarni ishlatish mumkin emas. O'zgaruvchilarni ta'riflash. C tilida o'zgaruvchini aniqlash uchun kompyuterga uning turi (masalan, int, charyoki float) hamda ismi haqida ma'lumot beriladi. Bu axborot asosida kompilyatorga o'zgaruvchi uchun qancha joy ajratish lozim va bu o'zgaruvchida qanday turdagi qiymat saqlanishi mumkinligi haqida ma'lumot aniq bo'ladi. O'zgaruvchi nomi identifikator bo'lib, xizmatchi so'zlardan farqli bo'lishi kerak. Har bir yacheyka bir bayt o'lchovga ega. Agar o'zgaruvchi uchun ko'rsatilgan tur 4 baytni talab qilsa, uning uchun to'rtta yacheyka ajratiladi. Aynan o'zgaruvchini turiga muvofiq ravishda kompilyator bu o'zgaruvchi uchun qancha joy ajratish kerakligini aniqlaydi. Kompyuterda qiymatlarni ifodalash uchun bitlar va baytlar qo'llaniladi va xotira baytlarda hisoblanadi. O'zgaruvchilar turlari. O'zgaruvchilarning quyidagi turlari mavjud: char - bitta simvol; long char - uzun simvol; int - butun son; short yoki short int - qisqa butun son; long yoki long int - uzun butun son; float haqiqiy son; long float yoki double - ikkilangan haqiqiy son; long double - uzun ikkilangan haqiqiy son. Butun sonlar ta'riflanganda ko'rilgan turlar oldiga unsigned (ishorasiz) ta'rifi qo'shilishi mumkin. Bu ta'rif qo'shilgan butun sonlar ustida amallar mod 2n arifmetikasiga asoslangandir. Bu yerda n soni int turi xotirada egallovchi razryadlar sonidir. Agar ishoraciz k soni uzunligi int soni razryadlar sonidan uzun bo'lsa, bu son qiymati k mod 2n ga teng bo'ladi. Ishorasiz k son uchun ga -k amali 2n-k formula asosida hisoblanadi. Ishorali, ya'ni signed turidagi sonlarning eng katta razryadi son ishorasini ko'rsatish uchun ishlatilsa unsigned (ishorasiz) turdagi sonlarda bu razryad sonni tasvirlash uchun ishlatiladi. O'zgaruvchilarni dasturning ixtiyoriy qismida ta'riflash yoki qayta ta'riflash mumkin. Misol uchun: int a, b1, ac; yoki int a; int b1; int ac; O'zgaruvchilar ta'riflanganda ularning qiymatlari aniqlanmagan bo'ladi. Lekin o'zgaruvchilarni ta'riflashda inisializasiya ya'ni boshlang'ich qiymatlarini ko'rsatish mumkin. Misol uchun: int i = 0; char c = 'k'; Typedef ta'riflovchisi yangi turlarni kiritishga imkon beradi. Misol uchun yangi COD turini kiritish: typedef unsigned char COD; COD simbol; Butun turlar o'lchami. Bir xil turdagi o'zgaruvchilar uchun turli kompyuterlarda xotiradan turli hajmdagi joy ajratilishi mumkin. Lekin bitta kompyuterda bir xil turdagi ikkita o'zgaruvchi bir xil ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:10:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
702.22 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:19
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:10 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
702.22 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:19 ]
Arxiv ichida: docx