C++ dasturlash tili. C++ tili tuzilishi C++ tili alifbosi C++ tili alifbosiga quyidagi simvollar kiradi. Lotin Alifbosining katta va kichik harflari (A,B,,Z,a,b,…,z) Raqamlar: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 Maxsus simvollar: , | [ ] ( ) + - % ; ' . : ? = ! * # ~ ^ Ko'rinmaydigan simvollar Leksemalarni o'zaro ajratish uchun ishlatiladigan simvollar (misol uchun bo'shliq, tabulyatsiya, yangi qatorga o'tish belgilari). Izohlarda, satrlarda va simvolli konstantalarda boshqa belgilar, masalan rus xarflarini ishlatilishi mumkin Identifikator. Identifikatorlar lotin harflari, ostki chiziq belgisi va sonlar ketma ketligidan iborat bo'ladigan maxsus nom. Identifikatorlar foydalanuvchi tomonidan ixtiyoriy ishlatiladigan va standart, dasturlash tilining xizmatchi so'zlari bo'lishi mumkin. Foydalanuvchi identifikator tanlanganda quyidagilarga ahamiyat berish kerak: Identifikator lotin harflaridan yoki tag chiqdan boshlanishi shart; Ikkinchi simvoldan boshlab raqamlardan foydalanish mumkin; C++ da katta kichik harflar farq qiladi. Ya'ni quyidagilarning har biri alohida identifikator hisoblanadi: KATTA, katta, KaTTa, kAttA, Katta, KattA, Probel C++ da so'zlarni ajratish uchun ishlatiladi. Shuning uchun identifikatorda probeldan foydalanib bo'lmaydi; Xizmatchi (int, float, for, while kabi) so'zlardan identifikator sifatida foydalanib bo'lmaydi; Xizmatchi so'zlar Xizmatchi so'zlar. Tilda ishlatiluvchi ya'ni dasturchi tomonidan o'zgaruvchilar nomlari sifatida ishlatish mumkin bo'lmagan identifikatorlar xizmatchi so'zlar deyiladi. C ++ tilida quyidagi xizmachi so'zlar mavjud: asm, auto, break, case, catch, char, class, const, continue, default, delete, do, double, else, enum, explicit, extern, float, for, friend, goto, if, inline, int, long, mutable, new, operator, private, protected, public, register, return, short, signed, sizeof, static, struct, swith, template, this, throw, try, typedef, typename, union, unsigned, virtual, void, volatile, while. O'zgaruvchilar O'zgaruvchi - xotiraning nomlangan qismi bolib, o'zida ma'lum bir toifadagi qiymatlarni saqlaydi. O'zgaruvchining nomi va qiymati bo'ladi. O'zgaruvchining nomi orqali qiymat saqlanayotgan xotira qismiga murojaat qilinadi. Programma ishlashi jarayonida o'zgaruvchining qiymatini o'zgartirish mumkin. Har qanday o'zgaruvchini ishlatishdan oldin, uni e'lon qilish lozim. Quyida butun sonlardan foydalanish uchun b, haqiqiy sonlardan foydalanish uchun h o'zgaruvchisi e'lon qilingan: int b; float h; O'zgaruvchilarni dasturning ihtiyoriy qismida ta'riflash yoki qayta ta'riflash mumkin. O'zgaruvchilar ta'riflanganda ularning qiymatlari aniqlanmagan bo'ladi. Lekin o'zgaruvchilarni ta'riflashda initsializatsiya ya'ni boshlang'ich qiyjmatlarini ko'rsatish mumkin. Misol uchun: Int I=0; Char c='k'; O'zgaruvchilar tiplari. char - bitta simvol; long char - uzun simvol; int - butun son; short yoki short int - qisqa butun son; long yoki long int - uzun butun son; float - haqiqiy son; long float yoki double - ikkilangan haqiqiy son; long double - uzun ikkilangan haqiqiy son; Konstanta (O'zgarmaslar) Konstanta bu o'zgartirish mumkin ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:10:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
315.54 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:10 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
315.54 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:19 ]
Arxiv ichida: pptx