C++ dasturlash tilida ifodalar va operatorlar R e j a KIRISH. I. C++ TILIDA IFODALAR VA OPERATORLAR 1.1. Ifodalar 1.2. Bloklar va kompleks ifodalar 1.3. Amallar, Operatorlar 1.4. O'zlashtirish operatori. Matematik operatorlar 1.5. Butun songa bo'lish va qoldiqni olish operatorlari 1.6. Inkrement va dekrement 1.7. Prefiks va postfiks 1.8. Operatorlar prioriteti. Ichki qavslar 1.9. Munosabat operatorlari. if operatori 1.10. Mantiqiy operatorlar. Mantiqiy ko'paytirish operatori II. AMALIY MASALA 2.1. Masalaning quyilishi va tahlili 2.2. Algoritm blok-sxemasi 2.3. Algoritm dasturiiy kodi va natijalar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Hozirgi kunda Respublikamizdagi texnika oliy o'quv yurtlarida Telekommunikatsiya va Informatika va axborot texnologiyalari yo'nalishi va mutaxassisliklariga turli xil dasturlash tillarini o'rgatish mo'ljallangan. Bizga ma'lumki, dasturlash tillarining yuzdan ortiq ko'rinishlari mavjud, lekin qo'llanilishi ko'lamiga qarab CC++ va C# dasturlash tillari yuqori dasturlash sinfiga mansubdir. Mutaxassislarning fikriga ko'ra C++ dasturlash tili Assembler dasturlash tiliga eng yaqin bo'lib, tezlik jihatidan 10 % ortda qolar ekan. Keyingi yillarda amaliy dasturchilarga juda ko'p integratsion dastur tuzish muhitlari taklif etilmoqda. Bu muhitlar u yoki bu imkoniyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Aksariyat dasturlashtirish muhitlarining fundamental asosi CC++ tiliga borib taqaladi. Ushbu kurs ishi hozirgi kunda komp'yuterda berilgan masalalarni dasturlash tillari orqali echih va dasturda ifodalar va operatorlar o'zgaruvchi, funksiya, va protsedura tushunchalaridan foydalanish kabi vazifalarni o'rganishga olib keladi. Ifodalar Dastur biror bir aniqlangan ketma - ketlikda bajariluvchi komandalar to'plamidan iborat C++ tilida ifodalar biror bir hisoblash natijasini qaytaruvchi boshqa ifodalar ketma-ketligini boshqaradi yoki hech nima qilmaydi (nol ifodalar). C++ tilida barcha ifodalar nuqtali vergul bilan yakunlanadi. Ifodaga misol qilib o'zlashtirish amalini olish mumkin. x=a+b; Algebradan farqli ravishda bu ifoda x a+v ga teng ekanligini anglatmaydi. Bu ifodani quyidagicha tushunish kerak: a va v o'zgaruvchilarni qiymatlarini yig'ib natijasini x o'zgaruvchiga beramiz yoki x o'zgaruvchiga a+v qiymatni o'zlashtiramiz. Bu ifoda birdaniga ikkita amalni bajaradi, yig'indini hisoblaydi va natijani o'zlashtiradi. Ifodadan so'ng nuqtali vergul qo'yiladi. (=) operatori o'zidan chap tomondagi operandga o'ng tomondagi operandlar ustida bajarilgan amallar natijasini o'zlashtiradi. Bo'sh joy (probel) belgisi. Bo'sh joy belgilariga nafaqat probel, balki yangi satrga o'tish va tabulyasiya belgilari ham kiradi. Yuqorida keltirilgan ifodani quyidagicha ham yozish mumkin: x = a+ b ; Bu variantda keltirilgan ifoda ko'rimsiz va tushunarsiz bo'lsa ham to'g'ridir. Bo'sh joy belgilari dasturning o'qilishliligini ta'minlaydi. Bloklar va kompleks ifodalar. Ba'zan dastur tushunarli bo'lishi uchun o'zaro mantiqiy bog'langan ifodalarni blok deb ataluvchi komplekslarga birlashtirish qulaydir. Blok ochiluvchi figurali qavs () bilan boshlanadi va yopiluvchi figurali qavs () bilan tugaydi. Blok ochilganda va yopilganda nuqtali vergul qo'yilmaydi. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:10:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.47 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:10 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.47 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:19 ]
Arxiv ichida: doc