C++ dasturlash tilida tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash

C++ dasturlash tilida tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
C++ dasturlash tilida tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash - rasmi

Material tavsifi

C++ dasturlash tilida tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash Reja: if va if else operatorlari; ? : operatori break operatori switch operatori Chiziqli jarayonlarni dasturlashda buyruqlar ketma-ket bajariladi, tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlashda esa, buyruqlar ma'lum bir shartlar asosida tarmoqlanish bo'yicha bajariladi. C++ dasturlash tilida tarmoqlanuvchi (shartli) jarayonlarni bir necha turlarga bo'lingan holda dasturlar tuziladi. Tarmoqlanuvchi jarayonlami amalga oshiruvchi operatorlarni qisqacha qilib shartli operatorlar deb yuritamiz. Shartli operatorlar ham qisqa, to'liq va sodda shartli operator ko'rinishlarda tarmoqlanuvchi jarayonlami amalga oshiradi. Tarmoqlanuvchi jarayonlarni C++ dasturlash tilida, albatta, tarmoqlanuvchi algoritmlar asosida bajariladi. Algoritm bajarilish vaqtida ma'lum bir shartlar asosida algoritmning u yoki bu qismi bajarilishini ta'minlash maqsadida shartli operatorlardan foydalaniladi. Tarif: Algoritm tarkibidagi shart asosida algoritmning tarmoqlarga bo'linishiga xizmat qiluvchi operatorlar shartli operatorlar deyiladi. Hayotdagi asosiy ko'p masalalarni dasturlash vaqtida, albatta, tarmoqlanuvchi algoritmlar asosida bajariladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar ham ikki xil holatni o'z ichiga oladi: ya'ni shart rost bo'lganda ma'lum bir vazifani yolg'on bo'lganda hech qanday vazifani bajarmaydi va shart rost bo'lganda ma'lum bir vazifani yolg'on bo'lganda boshqa vazifani bajaradi. Demak, yuqoridagi ikki holatni e'tiborga olib, shartli operatorlar ham qisqa va to'liq ko'rinishga ega. if operatori Qisqa shartli operatorning umumiy ko'rinishi quyidagicha: if operator1; operator2; operatorn; if operatori tarkibida shartlar ikki va undan ortiq bo'lsa mantiqiy ifodalar asosida birlashtiriladi. if operatori tarkibidagi shart faqat chin bo'lgandagina ichidagi opertorlar bajariladi. if operatori Misol: Uchta natural son berilgan bo'lsin, agar oxirgi ikkitasining yig'indisi birinchisiga teng bo'lsa, u holda birinchisini oxirgi ikkitasini ayirmasi bilan almashtiring aks holda о'zgarishsiz qoldirilsin. if else operatori C++ dasturlash tilida tarmoqlanuvchi jarayonlarni to'liq shartli ko'rinishini ifodalash uchun if else operatoridan foydalaniladi. Berilgan shart (mantiqiy ifoda)ning qiymati true (rost) yoki false (yolg'on)ligiga bog'liq holda u yoki bu buyruqlar ketma-ketligini bajarish zarur bo'lgan holda tarmoqlanish buyrug'ining if - else ko'rinishidan ifodalaniladi. if else operatori Tarmoqlanuvchi jarayonlami C++ dasturlash tilida to'liq shartli operatorning umumiy ko'rinishi quyidagicha: if operator1; operator2; operatorn; else operatorxl; operatorx2; operatorxn; if else operatori tarkibidagi shartlar chin qiymat qabul qilganda operator1; operator2; operatorn; bajariladi aks holda operatorx1; operatorx2; operatorxn; bajariladi. if else operatori Misol: Quyidagi masalani C++ tilida dasturiy ta'minotini yaratish. ? : operatori ?: shart amali: C++, Java dasturlash tilida ? amali ham aniqlangan bo'lib tekshirilayotgan shart nisbatan sodda bo'lsa, shart amalining «?:» ko'rinishini ishlatish mumkin. ?: shart amalining umumiy ko'rinishi quyidagicha. ? : ; Shart amali if shart operatoriga o'xshash holda ishlaydi: agar 0 qiymatidan farqli yoki true bo'lsa, , aks holda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 256.79 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 256.79 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga