C++ dasturlash tilining alfaviti, ismlar va identifikatorlar, matematik standart funksiyalar Reja: S++ dasturlash tilining alfaviti Ismlar va identifikatorlar Matematik standart funksiyalar C++ dasturlash tilining xizmatchi so'zlari S++ dasturlash tilining alfaviti Malumki, har qanday tilni o'rganish uning alfavitini o'rganishdan boshlanadi. Tilning alfaviti - shu tilgagina tegishli bo'lgan asosiy belgilari va tushunchalar to'plamidan iborat bo'ladi. C++ dasturlash tilining alfavitini tashkil etuvchi asosiy belgilar jamlamasini 3 guruhga ajratish mumkin: harflar, raqamlar va maxsus belgilar. Til alfavitining metalingvistik formulasi quyidagicha bo'ladi: = Harf sifatida katta va kichik lotin harflari ishlatiladi. Lekin, matnlar va dasturga izohlar yozish uchun kirill alifbosining bosh va kichik harflarini ham alfavitga kiritilgan. Raqamlar sifatida oddiy arab raqamlari olingan: =012349 Maxsus belgilar ko'p sonli va bir jinssiz bo'lganligi uchun ularni o'z navbatida 4 ta guruhga ajratamiz: = = * + - Bu amallar mos ravishda ko'paytirish, bo'lish, qo'shish va ayirish belgilari hisoblanadi. Solishtirish amallarining belgilari, ularning matematik ifodasi va amallarning manosi 1-jadvalda o'z ifodasini topgan. Bu yerda shu narsaga ahamiyat berish kerakki, bazi bir amallar ikkita belgi orqali ifodalangan. Ajratgichlar guruhini quyidagi belgilar tashkil qiladi: = . , : ; ( ) [ ] ' Ajratgichlarning vazifalarini tilni o'rganish davomida aniqlab boramiz. 6 Ismlar va identifikatorlar 7 Malumki, ma'lumotlarning tahlili jarayonini ifodalovchi algoritm turli xil obyektlar (o'zgarmaslar, o'zgaruvchi miqdorlar, funksiyalar va hokazo) ustida ish olib boradi. Bu obyektlarga ularning vazifasi va qabul qiladigan qiymatlariga qarab maxsus ismlar beriladi. Shu ismlarni odatda, identifikatorlar deb ataladi. Identifikator deb harf yoki belgisidan boshlanuvchi, harf, raqam va belgisining ixtiyoriy ketma-ketligiga aytiladi: = Xizmatchi so'zlardan identifikator sifatida foydalanish mumkin emas. Odatda identifikator so'zining o'rniga qulayroq va qisqaroq qilib ism deyish mumkin. Dasturda qatnashuvchi obyektlarga ismlarni dastur tuzuvchi o'z ixtiyoriga ko'ra tanlab olishi mumkin. Bir xil ism bilan bir necha xil obyektlarni nomlash mutlaqo mumkin emas. Ismlarga misollar: Burchak, A1, AhmadBerdiev, C, Summa, Time, A, S1, … C++ dasturlash tilida matematik standart funksiyalarni ishlatish uchun dasturga alohida kutubxonani chaqirilib olinadi. Bu kutubxona math.h yoki cmath kalit so'zlari yordamida chaqiriladi. Bu matematik kutubxonada matematika fanida ishlatiladigan barcha funksiyalar berilgan. Quyida keltirilgan jadvalda bazi matematik funksiyalarni C++ dasturlash tilida yozilishi keltirilgan: Matematik standart funksiyalar Bu funksiyalardan tashqari o'zgarmaslarning ham qiymatlari berilgan. Masalan, hammamizga malum bo'lgan matematika kursidagi π soni C++ dasturlash tilida ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:10:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
540.69 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:10 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
540.69 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:19 ]
Arxiv ichida: pptx