C++ tili va uning leksik asosi

C++ tili va uning leksik asosi

O'quvchilarga / Informatika va AT
C++ tili va uning leksik asosi - rasmi

Material tavsifi

C++ tili va uning leksik asosi Reja: 1. C++ tilidagi programma tuzilishi va uning kompilyatsiyasi. 2. C++tili alfaviti va leksemalar. 3. Identifikatorlar va kalit so'zlar. C++ tilidagi programma tuzilishi va uning kompilyatsiyasi:[2(11-13), 3(7-9)]C++ tilida programma yaratish bir nechta bosqichlardan iborat bo'ladi. Dastlab, matn tahririda (odatda programmalash muhitining tahririda) programma matni teriladi, bu faylning kengaytmasi «.cpp» bo'ladi. Keyingi bosqichda programma matni yozilgan fayl kompilyatorga uzatiladi, agarda programmada xatoliklar bo'lmasa, kompilyator «.obj» kengaytmali obyekt modul faylini hosil qiladi. Oxirgi qadamda komponovka (yig'uvchi) yordamida «.exe» kengaytmali bajariluvchi fayl programma hosil bo'ladi. Bosqichlarda yuzaga keluvchi fayllarning nomlari boshlang'ich matn faylining nomi bilan bir xil bo'ladi. Kompilyatsiya jarayonining o'zi ham ikkita bosqichdan tashkil topadi. Boshida preprotsessor ishlaydi, u matndagi kompilyatsiya direktivalarini bajaradi, xususan #include direktivasi bo'yicha ko'rsatilgan kutubxonalardan C++ tilida yozilgan modullarni programma tarkibiga kiritadi. Shundan so'ng kengaytirilgan programma matni kompilyatorga uzatiladi. Kompilyator o'zi ham programma bo'lib, uning uchun kiruvchi ma'lumot bo'lib, C++ tilida yozilgan programma matni hisoblanadi. Kompilyator programma matnini leksema (atomar) elementlarga ajratadi va uni leksik, keyinchalik sintaktik tahlil qiladi. Leksik tahlil jarayonida u matnni leksemalarga ajratish uchun «probel ajratuvchisini» ishlatadi. Probel ajratuvchisiga - probel belgisi ('─'), 't' - tabulyatsiya belgisi, 'n'- keyingi qatorga o'tish belgisi, boshqa ajratuvchilar va izohlar (kommentariylar) kiradi. Programma matni tushunarli bo'lishi uchun izohlar ishlatiladi. Izohlar kompilyator tomonidan «o'tkazib» yuboriladi va ular programma amal qilishiga hech qanday ta'sir qilmaydi. C++ tilida izohlar ikki ko'rinishda yozilishi mumkin. Birinchisida * dan boshlanib, * belgalari bilan tugagan barcha belgilar ketma-ketligi izoh hisoblanadi, ikkinchisi «satriy izoh» deb nomlanadi va u belgilardan boshlangan va satr oxirigacha yozilgan belgilar ketma-ketligi bo'ladi. Izohning birinchi ko'rinishida yozilgan izohlar bir necha satr bo'lishi va ulardan keyin C++ operatorlari davom etishi mumkin. Programmada d, b o'zgaruvchilar e'lonlari inobatga olinmaydi va a=c amali bajarilmaydi. Programma bajarilishi natijasida ekranga Salom Olam! satri chop etiladi. Programmaning 1-satrida #inc1ude preprotsessor direktivasi bo'lib, programma kodiga oqimli o'qishyozish funksiyalari va uning o'zgaruvchilari e'loni joylashgan «iostream.h » sarlavha faylini qo'shadi. Keyingi qatorlarda programmaning yagona, asosiy funksiyasi -main() funksiyasi tavsifi keltirilgan. Shuni qayd etish kerakki, C++ programmasida albatta main() funksiyasi bo'lishi shart va programma shu funksiyani bajarish bilan o'z ishini boshlaydi. Programma tanasida konsol rejimida belgilar ketma-ketligini oqimga chiqarish amali qo'llanilgan. Ma'lumotlarni standart oqimga (ekranga) chiqarish uchun quyidagi format ishlatilgan: cout « ; Bu yerda sifatida o'zgaruvchi yoki sintaksisi to'g'ri yozilgan va qandaydir qiymat qabul qiluvchi til ifodasi kelishi mumkin (keyinchalik, burchak qavs ichiga olingan o'zbekcha satr ostini til tarkibiga kirmaydigan tushuncha deb qabul qilish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga