C++ tilida amallar va qiymat berish operatori Reja: 1. Arifmetik amallar. Qiymat berish operatori 2. Ifoda tushunchasi 3. Inkrement va dekrement amallari 4. sizeof amali Tayanch iboralar: Ifodalar, operatorlar, arifmetik amallar, qiymat berish operatori, til ko'rsatmasi, inkrement, dekrement, sizeof. Arifmetik amallar. Qiymat berish operatori:[1(57-61), 2(77-78), 3(20)]Berilganlarni qayta ishlash uchun C++ tilida amallarning juda keng majmuasi aniqlangan. Amal - bu qandaydir harakat bo'lib, u bitta (unar) yoki ikkita (binar) operandlar ustida bajariladi, hisob natijasi uning qaytaruvchi qiymati hisoblanadi. Tayanch arifmetik amallarga qo'shish (+), ayirish (-), ko'paytirish (*), bo'lish () va bo'lish qoldig'ini olish (%) amallarini keltirish mumkin. Amallar qaytaradigan qiymatlarni o'zlashtirish uchun qiymat berish amali (=) va uning turli modifikatsiyalari ishlatiladi: qo'shish, qiymat berish bilan (+=); ayirish, qiymat berish bilan (-=); ko'paytirish, qiymat berish bilan (*=); bo'lish, qiymat berish bilan (=); bo'lish qoldig'ini olish, qiymat berish bilan (%=) va boshqalar. Bu holatlarning umumiy ko'rinishi: Programma bajarilishi natijasida ekranga quyidagi sonlar satri paydo bo'ladi: 4 188 2 12 9 1 482 2 Ifoda tushunchasi:[2(77-78), 3(20)]C++ tilida ifoda - amallar, operandlar va punktatsiya belgilarining ketma-ketligi bo'lib, kompilyator tomonidan berilganlar ustida ma'lum bir amallarni bajarishga ko'rsatma hisoblanadi. Har qanday ';' belgi bilan tugaydigan ifodaga til ko'rsatmasi deyiladi. C++ tilidagi ifodaga (til ko'rsatmasiga) misol: x=3*(y-2.45); u=summa(a, 9,c) ; Inkrement va dekrement amallari:[1(114-116), 2(77-78), 3(21), 4(44-49)]C++ tilida operand qiymatini birga oshirish va kamaytirishning samarali vositalari mavjud. Bular inkrement (++) va dekrement ) unar amallardir. Operandga nisbatan bu amallarning prefiks va postfiks ko'ri|nishlari bo'ladi. Prefiks ko'rinishda amal til ko'rsatmasi bo'yicha ish bajarilishidan oldin operandga qo'llaniladi. Postfiks holatda esa amal til ko'rsatmasi bo'yicha ish bajarilgandan keyin operandga qo'llaniladi. Prefiks yoki postfiks amal tushunchasi faqat qiymat berish bilan bog'liq ifodalarda o'rinli: ; х=у++; postfiks index =--i; prefiks count:++; unar amal, ++count; bilan ekvivalent abc-- ; unar amal, --abc; bilan ekvivalent Bu yerda u o'zgaruvchining qiymatini x o'zgaruvchisiga o'zlashtiriladi va keyin bittaga oshiriladi, i o'zgaruvchining qiymati bittaga kamaytirib, index o'zgaruvchisiga o'zlashtiriladi. sizeof amali:[3(21), 4(44-49)]Har xil turdagi o'zgaruvchilar kompyuter xotirasida turli sondagi baytlarni egallaydi. Bunda, hattoki bir turdagi o'zgaruvchilar ham kaysi kompyuterda yoki qaysi operatsion sistemada amal qilinishiga qarab turli o'lchamdagi xotirani band qilishi mumkin. C++ tilida ixtiyoriy (tayanch va hosilaviy) turdagi o'zgaruvchilarning o'lchamini sizeof amali yordamida aniqlanadi. Bu amalni o'zgarmasga, turga va o'zgaruvchiga qo'llanishi mumkin. Quyida keltirilgan programmada kompyuterning platformasiga mos ravishda tayanch turlarining o'lchamlari chop qilinadi. Adabiyotlar 1. Харви Дейтел, Пол Дейтел. КАК ПРОГРАММИРОВАТЬ НА С++. М-2001, 1037c 2. Джефф Элджер. БИБЛИОТЕКА ПРОГРАММИСТА ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:10:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.99 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:10 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.99 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:20 ]
Arxiv ichida: doc