C++ tilida berilganlar va ularning turlari

C++ tilida berilganlar va ularning turlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
C++ tilida berilganlar va ularning turlari - rasmi

Material tavsifi

C++ tilida berilganlar va ularning turlari Reja: 1. O'zgarmaslar 2. Berilganlar turlari va o'zgaruvchilar 3. C++ tilining tayanch turlari 4. Turlangan o'zgarmaslar 5. Sanab o'tiluvchi tur 6.Turni boshqa turga keltirish O'zgarmaslar:[2(19-23), 3(11-14), 4(37-38)]O'zgarmas (literal) - bu fiksirlangan sonni, satrni va belgini ifodalovchi leksemadir. O'zgarmaslar beshta guruhga bo'linadi - butun, haqiqiy (suzuvchi nuqtali), sanab o'tiluvchi, belgi (literli) va satr («string», literli satr). Kompilyator o'zgarmasni leksema sifatida aniqlaydi, unga xotiradan joy ajratadi, ko'rinishi va qiymatiga (turiga) qarab mos guruhlarga bo'ladi. Butun o'zgarmaslar. Butun o'zgarmaslar quyidagi formatlarda bo'ladi: - o'nlik son; - sakkizlik son; - o'n oltilik son. O'nlik o'zgarmas 0 raqamidan farqli raqamdan boshlanuvchi raqamlar ketma-ketligi va 0 hisoblanadi: 0; 123; 7987; 11. Manfiy o'zgarmas - bu ishorasiz o'zgarmas bo'lib, unga faqat ishorani o'zgartirish amali qo'llanilgan deb hisoblanadi. Sakkizlik o'zgarmas 0 raqamidan boshlanuvchi sakkizlik sanoq sistemasi (0,1,,7) raqamlaridan tashkil topgan raqamlar ketma-ketligi: 023; 077; 0. O'n oltilik o'zgarmas Ox yoki OX belgilaridan boshlanadigan o'n; oltilik sanoq sistemasi raqamlaridan iborat ketma-ketlik hisoblanadi: Ox1A; OX9F2D; 0x23. Harf belgilar ixtiyoriy registrlarda berilishi mumkin. Kompilyator sonning qiymatiga qarab unga mos turni belgilaydi. Agar tilda belgilangan turlar programma tuzuvchini qanoatlantirmasa, u oshkor ravishda turni ko'rsatishi mumkin. Buning uchun butun o'zgarmas raqamlari oxiriga, probelsiz 1 yoki L (1ong), u yoki U (unsigned) yoziladi. Zarur hollarda bitta o'zgarmas uchun bu belgilarning ikkitasini ham ishlatish mumkin: 451u, 012U1, OxA2L. Haqiqiy o'zgarmaslar. Haqiqiy o'zgarmaslar - suzuvchi nuqtali son bo'lib, u ikki xil formatda berilishi mumkin: - o'nlik fiksirlangan nuqtali formatda. Bu ko'rinishda son nuqta orqali ajratilgan butun va kasr qismlar ko'rinishida bo'ladi. Sonning butun yoki kasr qismi bo'lmasligi mumkin, lekin nuqta albatta bo'lishi kerak. Fiksirlangan nuqtali o'zgarmaslarga misollar: 24.56; 13.0; 66.; .87; - eksponensial shaklda haqiqiy o'zgarmas 6 qismdan iborat bo'ladi: 1) butun qismi (o'nli butun son); 2) o'nli kasr nuqta belgisi; 3) kasr qismi (o'nlik ishorasiz o'zgarmas); 4) eksponenta belgisi 'e' yoki 'E'; 5) o'n darajasi ko'rsatkichi (o'nli butun son); 6) qo'shimcha belgisi ('F' yoki f , 'L' yoki 'l' ). Eksponensial shakldagi o'zgarmas sonlarga misollar: 1e2; 5e+3; .25e4; 31.4e-1 . Belgi o'zgarmaslar. Belgi o'zgarmaslar qo'shtirnoq (','-apostroflar) ichiga olingan alohida belgilardan tashkil topadi va u char kalit so'zi bilan aniqlanadi. Belgi o'zgarmas uchun xotirada bir bayt joy ajratiladi va unda butun son ko'rinishidagi belgining ASCII kodi joylashadi. Quyidagilar belgi o'zgarmaslarga misol bo'ladi: 'e', '@' , '7', 'z', 'w', '+', 'sh', '*' , 'a', 's'. 1.1-jadval. C++ tilida escape -belgilar jadvali Ayrim belgi o'zgarmaslar '' belgisidan boshlanadi, bu belgi birinchidan, grafik ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.5 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.5 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga