C++ tilining multimedia imkoniyatlaridan foydalanish

C++ tilining multimedia imkoniyatlaridan foydalanish

O'quvchilarga / Informatika va AT
C++ tilining multimedia imkoniyatlaridan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA KAFEDRASI 5130200 - Amaliy matematika va informatika ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun Muxtorova Fayoza Eshqobil qizining « C++ tilining multimedia imkoniyatlaridan foydalanish» mavzusida yozgan Ilmiy rahbar: o'q. F.Qilicheva Himoyaga tavsiya etildi Fizika-matematika fakulteti dekani prof. A.Tashatov 2017-y. QARSHI - 2017-yil MUNDARIJA KIRISH 3 I BOB C++ BUILDER DASTURINING GRAFIK IMKONIYATLARI 6 1.1. Grafik asos va primitivlar 6 1.2. Tasvirni tashqi fayldan o'qish 21 1.3. Bitli tasvirlardan foydalanish 24 II BOB MULTIPLIKATSIYA VA MULTIMEDIA 29 2.1. Multiplikatsiya 29 2.2. Multimediali fayllar bilan ishlashda Animate komponentasining qo'llanilishi 34 2.3. Multimediali fayllar bilan ishlashda MediaPlayer komponentasining qo'llanilishi 42 II BOB. C++ TILI MULTIMEDIA IMKONIYATLARINING TATBIG'I 47 3.1. Bir nechta funksiya grafiklarini bir vaqtda tasvirlash 47 3.2. Ovozli fayllar bilan ishlash 50 3.3. Video fayllar bilan ishlash 54 XULOSA 61 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET RESURSLARI 62 KIRISH Biz istedodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim va kasb cho'qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz kerak. I. A. KARIMOV Mavzuning dolzarbligi: Zamonaviy dasturlash tillarining asosini tashkil etuvchi obyektga yo'naltirilgan dasturlash (OYD)- hozirgi kundagi dasturlashga bo'lgan yangicha yondashuvdir. Hisoblash tеxnikasining rivojlanishi va yеchilayotgan masalalarni tobora murakkablashuvi dasturlashning turli modеllarini (paradigmalarini) yuzaga kеlishiga sabab bo'lmoqda. Birinchi kompilyatorlar (masalan, FORTRAN tili) dasturlashning funksiyalardan foydalanishga asoslangan protsеdura modеlini qo'llab quvvatlagan. Bu modеl yordamida dastur tuzuvchi bir nеcha ming qatorli dasturlarni yozishi mumkin edi. Rivojlanishning kеyingi bosqichida dasturlarning strukturali modеli paydo bo'ldi va ular ALGOL, Pascal va C tillar kompilyatorlarida o'z aksini topdi. Strukturali dasturlashning mohiyati - dasturni o'zaro bog'langan protsеduralar (bloklar) va ular qayta ishlaydigan bеrilganlarning majmuasi dеb qarashidir. Ushbu modеl dastur bloklarini kеng qo'llashga, GOTO opеratoridan imkon qadar kam foydalanishga tayangan va unda dastur tuzuvchi o'n ming qatordan ortiq buyruqlardan iborat dasturni yarata oladi. Yaratilgan dasturni protsеdurali modеlga nisbatan sozlash va nazorat qilish oson kеchadi. Bularga qaramasdan yangi murakkab masalalarning paydo bo'lishi dasturlashdagi yangi yondashuvning paydo bo'lishiga olib keldi. Ya'ni murakkab masalalarni yеchish uchun dasturlashning yangi uslubiga zarurat paydo bo'lib, u OYD modеlida amalga oshirildi. Ushbu ishda esa OYD ning imkoniyatlaridan foydalanib grafika va multimedia bilan ishlash jarayonini qarab chiqamiz. Bugungi kunga kelib grafika va multimedia bilan ishlovchi ko'plab dasturiy vositalar mavjud bo'lsada, kompyuter bilan bog'liqlikda ishlovchi qurilmalarning mukammallashuvi grafika va multimedia bilan ishlovchi yangi dasturiy vositalarga ehtiyoj sezmoqda. Bunga misol qilib tibbiyot, kuzatuv obyektlari kabilarni aytish mumkin. Shu boisdan ham ishda qo'yilgan masala ahamiyatlidir. Ishning maqsadi: C++ dasturlash tilining grafika ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 875.96 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:20 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 875.96 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga