chiziqli ABS larni matematik ko'rinishi Reja: Masalaning kuyilishi. Sistemalarni zvenolarga ajratish. Malum maqsadga yo'naltirilgan zveno. Sistema zvenolarining tenglamalari va ularning chiziqlashtirish. Masalaning kuyilishi. Sistemani zvenolarga ajratish. ABS larni qo'llashda quyidagi ikki maqsaddan biri kuzlanishi mumkin: sistemani tahlil qilish masalasi yoki sintez masalasi. Birinchi holda tayyor sistema barcha parametrlarining kattaliklari bilan beriladi va sistemaning sifatlarini (xususiyatlarini) o'rganish talab kilinadi. Ikkinchi holda esa, aksincha, sistemaga qo'yiladigan talablar kursatilib, shu talablarni kondiruvchi sistema yaratish talab etiladi. Kurinib turibdiki, sintez qilish masalasi tahlil qilishga nisbatan ancha ogir masala. Xar ikkala holda xam ABS larning matematik ko'rinishini, turgunlashish va utish jarayonlarini o'rganish talab kilinadi. Sistemaning matematik ko'rinishini aniqlash uni zvenolarga ajratish va zvenolarning matematik ko'rinishini o'rganishdan boshlanadi. Bu esa xar bir zvenoning kirish va chiqish kattaliklarining munosabatini belgilovchi tenglamalar yoki xuddi shu munosabatlar asosida kurilgan xarakteristika tipidagi grafik ko'rishdan iborat. alohida-alohida zvenolarning tenglamalari yoki xarakteristikalari asosida butun sistemaning umumiy tenglamasi yoki xarakteristikasi tuziladi. 3-rasmda ABS ning umumiy sxemasi ko'rsatilgan edi. ABSning funksional sxemasini tasvirlashda (6-rasm) boshqaruv qurilmasini quyidagi tashkil etuvchilarga bo'lib qarash mumkin:BKga beriladigan X, Y va F kattaliklarning qiymatini aniklovchi sezgir qurilma (SK) (o'lchov asboblari, datchiklar), BKning ishlash algoritmini belgilaydigan hisoblash qurilmasin (XK), obyektni boshqarishga mo'ljallangan ishchi qurilma (IK). F X Y CK BK XK IK BO 6-rasm. yuqoridagi sxemada sistema bajaridigan funksiyalariga ko'ra zvenolarga ajratilgan. Sistemaning matematik ko'rinishini aniklashda esa zvenolar boshqa sifatlarga ko'ra, anikrogi-matematik ko'rinishini aniqlash uchun eng kulay bo'lishiga asoslanib ajratiladi. Buning uchun sistemani mumkin qadar kuprok kichik-kichik zvenolarga bo'lib o'rganish makul, lekin bunda xar bir zveno malum maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi shart. Malum maqsadga yo'naltirilgan zveno deganda shunday zveno tushuniladiki, u harakatni fakat bir yo'nalishda-oldingi zvenoning chiqish yo'lining uzidan keyingi zvenoning kirish yo'liga uzatadi va bu zveno holatining o'zgarishi uzidan oldingi zvenoning holatini uzgartirmaydi. Sistemani bunday zvenolarga ajratganda xar bir zvenoning matematik ko'rinishi boshqa zvenolarnikiga bog'liq bo'lmagan tarzda olish mumkin. Natijada butun sistemaning matematik ko'rinishi tashkil etuvchi zvenolarning matematik ko'rinishlari (tenglamalari) va ular orasida bo'lishi mumkin bo'lgan qo'shimcha tenglamalar yig'indisidan iborat bo'ladi. Sistemani malum maqsadlarga yo'naltirilgan zvenolarga bo'lib , sistemaning matematik ko'rinishini aniqlash natijasida shu sistemaning strukturaviy sxemasini tuzish mumkin bo'ladi. Sistemaning strukturaviy sxemasi sistema zvenolarini kursatuvchi to'g'ri turt burchaklar va ular orasidagi bog'lanishlarni kursatuvchi strelkalardan tashkil topadi . Strelkalar yordamida shuning dek alohida zvenolarga ta'sir etuvchi tashkil kuchlar xam kursatiladi . Olingan strukturaviy sxema matematik ko'rinishini aniklashning oxirgi maqsadi hisoblanadi. Pr U3 ∆U KK Ub UK Ux G Ur U KUK 7-rasm. 7-rasmda sinxron generator kuchlanishining chetga chiqishlarga asoslangan ARS ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:10:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.77 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:10 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.77 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:21 ]
Arxiv ichida: doc