Mavzu: Chiziqli, o'tish va tarmoqlanish, takrorlanish operatorlari Режа: Program aylanauzunligi; O'tish va tarmoqlanish operatorlari Parametrli takrorlash operatori Odatda, chiziqli algoritmlarning dastur shaklida yozilishi chiziqli dastur deb ataladi. Demak, chiziqli dasturdagi barcha operator ketma-ket kelish tartibida bajariladi va hech qanday shart tekshirilmaydi. 1-misol. Radiusi R bo'lgan aylananing uzunligini hisoblash dasturi tuzilsin va R=9 birlik qiymat uchun bajarilsin. Yechish. Aylananing uzunligini hisoblash formulasini esga olamiz: L=2P R. Paskal dasturlash tilida u L := 2*pi*R ko'rinishda yoziladi. Dasturda bitta o'zgarmas pi va ikkita o'zgaruvchi R va L qatnashadi. Masala shartiga ko'ra R=9, ya'ni butun son. Shu sababli R o'zgaruvchi turi Integer deb olinadi. Aylananing uzunligi L esa ko'paytmada P qatnashganligi uchun, albatta haqiqiy (Real) turli bo'ladi. AytilgaNlarni hisobga olib quyidagi dastur tuziladi: Program aylanauzunligi; Var R:Integer; L:Real; Begin r := 9; L := 2*pi*R; WriteLn('L=', L ,' birlik.'); ReadLn; End. O'tish va tarmoqlanish operatorlari Biz hozirgacha chiziqli, ya'ni buyruqlari ketma-ket bajariladigan dasturlar bilan tanishdik. Ba'zan berilgan masalani hal qilishda operatorlarning bajarilish tartibini buzishga, ya'ni boshqarishni dastur bo'yicha orqaga yoki oldinga o'tkazish zarur bo'ladi. Buning uchun dasturda boshqarish uzatilayotgan opera- torga nishon qo'yiladi. Nishon o'zgaruvchining nomi kabi lotin harflari va raqamlar yordamida hosil qilinadi. Masalan, 7, N1, nishon2. Dasturda qo'llaniladigan nishonlar dasturning tavsif qismida Label xizmatchi so'zi yordamida ko'rsatilishi shart. Nishon- lardan dasturda o'tish operatori qo'llanilsagina foydalaniladi. O'tish operatori quyidagi ko'rinishga ega: GOTO ;, bu yerda GOTO (ing.- ga o'tilsin) operatori boshqarishni dasturning oldiga nishon qo'yilgan operatoriga uzatadi. 1-misol. Label N1; Var a,b,c:Integer; Begin a: = 15; b: = 13; c: = a+b; GoTo N1; Boshqarish N1 nishonli operatorga uzatildi c: = a-b; N1: WriteLn(c); End. Bu dasturning ishlashi natijasida ekranda hosil bo'lgan c ning qiymati 28 ga tengdir. Chunki, boshqarish N1 nishonli chiqarish operatoriga uzatilgani uchun c: = a-b amalni bajarmasdan o'tkazib yuborildi. O'tish operatorida hech qanday shart tekshirilmasdan boshqarish ko'rsatilgan nishonli operatorga uzatiladi. Lekin aksariyat masalalarni hal etishda biror shartning bajarilishiga qarab u yoki bu amallar ketma-ketligini bajarish kerak bo'ladi. Masalan, kvadrat tenglamani yechishda natijani hisoblash uchun diskriminantning ishorasiga qarab uch yo'nalishdan biri tanlanadi. Bu izohlar tarmoqlanuvchi algoritmlar mavzusini yodingizga solgan bo'lishi kerak. Bunday masalalarni hal qilish uchun Paskalda tarmoqlanish operatori qo'llaniladi. Tarmoqlanish operatorining umumiy shakli quyidagicha: If Then Else ; Bu yerda if, then va else Paskalning xizmatchi so'zlari bo'lib, ularning o'qilishi va ma'nosi quyidagicha: If (if) - «agar», Then (zen) - «u holda», Else (elz) - «aks holda». Odatda, rost yoki yolg'on qiymatlardan ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:10:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
86.36 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:22
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:10 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
86.36 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:22 ]
Arxiv ichida: pptx