Corel Draw grafik prosessori. Corel draw grafik muharriri

Corel Draw grafik prosessori. Corel draw grafik muharriri

O'quvchilarga / Informatika va AT
Corel Draw grafik prosessori. Corel draw grafik muharriri - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Corel Draw grafik prosessori. Corel draw grafik muxarriri. Reja: CorelDraw - vektorli grafik muharriri. Corel DRAW ni ishga tushirish. Kanadaning Corel nomi bilan ataluvchi firmasining dasturlar ta'minoti bilan shug'ullanuvchi CorelDRAW, so'zsiz, shu peshqadamlardan biri hisoblanadi. Corel firmasining dasturlar ta'minoti asosini tashkil etuvchi CorelDRAW 11 2002-yilning avgustida ishlab chiqildi. U reklama mahsulotlarini ishlab chiqarishda, nashrlarni tayyorlashda hamda Web-sahifalar uchun tasvirlarni yaratishda katta imkoniyatga ega. Shunga qaramasdan vektorli grafika bilan ishlaydigan dunyo bo'yicha peshqadam dasturlar mavjud. Shulardan biri - Adobe Illustrator grafik dasturi. Lekin CorelDRAW Adobe Illustrator dan qolishmaydi, u ko'p parametrlar bo'yicha undan ustun ham keladi. Corel DRAW (Korel dro) - grafikli dastur bo'lib, u vektorli tasvirlarni, grafikli matnlarni hamda tasavvuringizdagi barcha ijodiy g'oyalaringizni amalga oshirishga yordam beradi. Corel DRAW dasturi ishlaydigan barcha tasvirlar ikki sinfga bo'linadi: nuqtali va vektorli. Vektorli grafikada tasvirning asosiy elementi sifatida chiziq qaraladi. Chiziq to'g'ri chiziq bo'lishi mumkin. Rastrli grafikada bunday chiziqlar nuqtalar (piksellar) yordamida yaratilsa, vektorli grafikada tasvirlar yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo'lgan chiziqlardan foydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq bo'ladi. Vektorli grafikaning ixtiyoriy tasviri chiziqlardan tashkil topadi va oddiy chiziqlardan murakkablari hosil qilinadi. Vektorli grafikaning matematik asosini geometrik figuralarning xossasini o'rganish hosil qiladi. Corel DRAW ni ishga tushirish Corel DRAW 12 ning grafik muharririni ishga tushirish uchun Пуск tugmasiga kirib, Программы buyrug'i bo'limi tanlanadi, so'ng ro'yxatdan Corel DRAW 12 buyrug'i beriladi yoki Windows XP ish stolida uning yorlig'i ustida sichqoncha tugmasi ikki marta bosiladi. Sarlavha satri Bu yerda: Corel DRAW 12 - dastuming nomi.[ Risunok 1] - hujjatning formal (yolg'on) nomi. Ish yakunida formal nomga real (haqiqiy) nom beriladi. Standart asboblar paneli Menyu satrining ostida «standart asboblar paneli» joylashgan. Bu satrda eng ko'p bajariladigan buyruqlarga mos boshqarish elementlari joylashgan. Masalan, Otkrit (ochish), Zakrit (yopish), Soxranit (saqlash) buyruqlari, sistemali Atributlar paneli Standart asboblar paneli ostida «atributlar paneli» (panel atributov) satri joylashgan. U belgilangan obyektning parametrlarini o'zgartiradigan Boshqarish elementlari to'plamidan iborat. Ranglar palitrasi. Darchaning o'ng chegarasi bo'ylab «Palitra svetov» (ranglar palitrasi) paneli joylashgan. U rangni to'ldirish va rasmli obyektlarning atrofini himoyalash, aylantirib bo'yash uchun qo'llaniladi. Asboblar paneli Ish maydonining chap qismida asboblar to'plami (toolbox) darchasi joylashgan. Undagi kerakli asbobni tanlash uchun uning ustida sichqoncha tugmasi bosiladi. Kerakli asbobni tanlash bilan foydalanuvchining tasvir ustida barcha harakatlari boshlanadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 573.56 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 573.56 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga