D, T va JK Triggerlar. Ularning sxemalari va ishlash prinsiplari Reja: Asinxron va sinxron T - triggerlar D - triggerlar va ularning ishlash prinsipi JK - triggerlar va ularning ishlash prinsipi Universal JK-triggerlar 1. Asinxron va sinxron T - triggerlar T - trigger (ing. Toggle) relaksator manosini anglatadi. Ushbu trigger faqat bitta T-informatsion kirish yo'liga ega. Bu kirish yo'li hisob kirish yo'li deyiladi . T-trigger o'z holatini kirish yo'liga yangi boshqaruvchi sig- nal kelishi bilan o'zgartiradi. Asinxronn T-trigger Bu qurilma ikkita turg'un holatga ega bo'lib, bitta T- informatsion kirish yo'liga egadir. U asinxron T-trigger deb ataladi. Bunday triggerning kirish yo'liga «1» signal berilganda u o'z holatini qarama-qarshi (teskari) holatga o'zgartiradi. Asinxron T-triggerning ishlash prinsipini uning quyidagi o'tish jadvali ifodalaydi: O'tish jadvali Quyida asinxron T-triggerning vaqt diagrammasi hamda ikki taktli RS- triggerdan tashkil topgan sxemasi keltirilgan. Ushbu sxemada «S» kirish yo'liga T=1 signalini berish orqali, ikki taktli RS triggerga oldingi taktga teskari bo'lgan ikkilik kodni yozish imkoniyati paydo bo'ladi. Sinxron T-trigger Sinxron ikki taktli ushbu qurilmada birlik kodni triggerga yozish S=1 bo'lganda bajariladi. T- kirish signali S=1 bo'lganda yuqori kuchlanish bilan ifodalanadi. Demak, triggerning holati T=1 bo'lganda teskarisiga o'zgaradi va T=0 bo'lganda esa uning holati o'zgarmaydi. Sinxron T-trigger quyidagi o'tish jadvali asosida ishlaydi: O'tish jadvali Quyida sinxron T-triggerning vaqt diagrammasi, shartli belgilanishi va sxemasi keltirilgan. 2. D-triggerlar va ularning ishlash prinsipi D-triggerlar ( ing. Delay-ushlash) bitta D informatsion kirish yo'liga ega bo'lib, vaqtincha signallarni saqlab turish (zaderjka) uchun xizmat qiladi. Trigger bitta kirish yo'liga ega va ikkita turg'un holatning birida ( 0 yoki 1) bo'lishi mumkin. Bunday trigger bir taktli va ikki taktli bo'lishi mumkin. Quyida D-triggerning o'tish jadvali, vaqt diagrammasi hamda shartli belgilanishi va sxemasi keltiriladi: O'tish jadvali D -triggerni universal trigger sifatida ham qo'llash mumkin. Unda u ham RS-trigger vazifasini ham dinamik D - trigger vazifasini bajaradi. Bunday triggerning shartli belgisi quyidagi ko'rinishga ega: Sxemada S va R -da signal 1-ga teng bo'lgan vaqtda u D va S kirish yo'llariga ega bo'lgan universal dinamik D- trigger kabi ishlaydi. Triggerning o'tish jadvalida keltirilgan quyidagi qonuniyat asosida ishlaydi: O'tish jadvali 3. JK-triggerlar va ularning ishlash prinsipi JK-triggerlar (ing. Jerk-tezkor yoqish, Kill-tezkor o'chirish) RS triggerdan farqi shundaki, agar RS triggerlarning kirish yo'liga R=1 va S=1 signallari berish taqiqlangan bo'lsa, JK -triggerlar kirish yo'lidagi birlik signallarda u o'z holatini teskarisiga o'zgartiradi. Jadvalda JK-triggerning o'tish qonuniyati, shuningdek uning vaqt diagrammasi hamda funksional sxemasi keltirilgan. Sxemada «S» kirish yo'liga impulsning oldingi fronti berilsa, unda birinchi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:14:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.29 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:14 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.29 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:23 ]
Arxiv ichida: doc