Dastur vositalari yaratishning umumiy prinsiplari. Tizimli tahlil

Dastur vositalari yaratishning umumiy prinsiplari. Tizimli tahlil

O'quvchilarga / Informatika va AT
Dastur vositalari yaratishning umumiy prinsiplari. Tizimli tahlil - rasmi

Material tavsifi

Dastur vositalari yaratishning umumiy printciplari. Dv hayot sikli. Tizimli tahlil R e j a : 1. Bo'limlar nomini tanlash. 2. O'kilmaydigan dasturlar. 3. Dasturchiga masalahatlar. Tayanch so'zlar: Bo'limlar nomini tanlash. O'kilmaydigan dasturlar. Dasturchiga maslahatlar, bo'sh xonalar nomlash, tartibli raqamlash. O'zgaruvchilarning nomini tanlash, fayllar nomi, qisqartirishlar, operatorlarni joylash. Bo'limlarning nomini tanlash. Bo'limlarning nomi shu bo'limning maqsadini bildirib turishi kerak. Bundan tashqari, bo'limlardan foydalanishda izohlarga qulay joy ajratib beradi. Har bir bo'limning boshida shu bo'lim haqida izoh joylashtirish kerak. Dasturlash usullari dasturni o'qilishini qulayligi bilan o'zaro bog'liq. Usullar deganda tajribali tastur tuzuvchilar to'g'ri natijali, foydalanishda qulay, o'qishda qulay bo'lgan dasturlarni tuzishda foydalanadigan usul va uslublar nazarda tutiladi. Demak dasturlash tillari bizga o'qishda qulay bo'lgan dasturni yaratishni ta'minlab berishi kerak. Dastur iloji boricha algoritimni tuzilishini va mantiqni bizga tushunarliroq qilib yetkazib berishi kerak. O'qilmaydigan dasturlar. Dastur ishlab chiqilgandan so'ng uni javobgar shaxs, bevosita loyihalovchi tasdiqlaydi. Aniqlikka talab standart usuli so'rab o'tirilmaydi. Bunday dasturlar kirayotgan ma'lumotni qabul qiladi va chiqaruvchi ma'lumotni chiqaradi. Xuddi oldim, berdim kabi. Shuning uchun bu dasturlar katta o'zgarishlar sodir bo'lgunga qadar kerakdir. Bu o'zgarishlardan so'ng bunday dasturlar tashlab yuborilib yangilari paydo bo'ladi. Chunki eskisini takomillashtirishdan ko'ra yangisini loyihalash osonroq. Shuning uchun bunday dasturlarga 2 chi shaxslar qo'l qo'yishi va dasturning usuli va o'lchami, hamda ishlashiga javob berishlari maqsadga muvofikdir. Operator IF yordamida aniqlanadigan operatorlarga qator boshidan bir o'tishlar bilan yoziladi. Kiritish - chiqarish operatoriga yozishda ham o'tishlardan foydalaniladi. teng huquqli fayllarni taoriflashda ham o'tishlardan foydalaning. Agar dasturchi tuzayotgan dasturni biron - bir boshqa dasturchi yoki kishini o'qishini bilsa, u shu dasturni kodlashdagi fikri keskin o'zgaradi. U dasturni dasturlarga bo'lib, izohlar bilan to'ldiradi. Natijada dastur aniq va tushunarli bo'ladi. Bir xilgi loyihalarda dasturni oddiyligini ta'minlovchi uslub dasturni nazaorat qiluvchi tizimdan foydalaniladi. Bu tizimda dastur loyihalanayotgan paytda kamida 2 ta dasturchidan foydalaniladi. 1 chisi dastur tuzsa, 2 chisi shu dasturni tuzish uchun ko'rib, o'qib chiqadi. Bu tizimni 2 ta yutug'i bor. Birinchidan u oddiy va tushunarli dastur ishlab chiqishni ta'minlaydi. Ikkinchidan, birinchi dasturchi loyihani tugata olmasa, ikkinchi dasturchi uni o'rniga tugatib qo'yadi. Dasturni standartlarini bajarishlikka baholash uslubi ham shunga o'xshash uslubdir. Xulosa. - Keragidan ko'proq va yana ko'proq izoh bering. - Kiritish izohlaridan foydalaning. - Katta dasturlarda mundarija qiling. - Izohlar boshini aylantirmasdan qo'shimcha ma'lumotlar bersin. - Noto'g'ri izohdan ko'ra, uning yo'qligi yaxshi. - Dasturni oson o'qilishi uchun oraliqlar bajaring. - Fayllarni nomlashda prefiks va suffikslardan foydalaning. - Alvafit bo'yicha ro'yxatlar tuzing. - Dastur tarkibini aniqlash uchun o'tishlar hosil qiling. - ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.2 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.2 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga