Dasturiy mahsulotlar sinflari Reja: Dasturiy mahsulotlar Dasturiy mahsulotlarni tayyorlash Dasturiy mahsulotlar Foydalanish xususiyati va foydalanuvchilar kategoriyalariga ko'ra barcha dasturlarni ikki sinfga - utilitar dasturlar va dasturiy mahsulotlarga bo'lish mumkin. Utilitar dasturlar (o'zi uchun dasturlar) shu dasturlarni ishlab chiqaruvchilar ehtiyojini kondirish uchun mo'ljallangan. Ko'proq utilitar dasturlar ma'lumotlarni qayta ishlash texnologiyasida servis rolini bajaradi yoki keng tarqalish uchun mo'ljallanmagan funksional vazifalarni xal etish dasturlari bo'ladi. Dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirish, keng tarqatish va sotish uchun mo'ljallangan. hozirgi paytda dasturiy mahsulotlarni ochiq (legal) tarqatishning boshqa variantlari ham mavjud, ular yalpi (global) va mintaqaviy kommunikatsiyalardan foydalanish bilan yuzaga keladi: freeware-erkin tarqatiladigan faydalanuvchining o'zi qo'llab-quvvatlaydigan bepul dasturlar, u bularga zarur o'zgartirishlar kiritishga haqli. shareware - notijorat (shartli - to'lovsiz) dasturlar, ulardan odatda to'lovsiz foydalanish mumkin. Bunday mahsulotlardan doimiy foydalanilganda muayyan summa badal to'lanadi. Bir qator ishlab chiqaruvchilar OEM-dasturlar (Original Equirment Manufacturer), yani kompyuterlarga o'rnatilgan hisoblash texnikasi bilan birgalikda keltirilgan maxsus dasturlardan foydalanadi. Dasturiy mahsulot foydalanishga tegishli ravishda tayyorlanishi zarur texnik hujjatlariga ega bo'lishi, shuningdek davlat ro'yxati kodi mavjud bo'lishi lozim. Faqat shunday sharoitlardagina yaratilgan dasturiy majmua dasturiy mahsulot deb nomlanishi mumkin. Dasturiy mahsulot - sanoat mahsulotining istalgan turi kabi realizatsiyaga tayyorlangan ommaviy ehtiyojli muayyan muammo (vazifani)ni xal etish uchun o'zaro boglangan dasturlar majmuasidir. Dasturiy mahsulotlar quyidagicha yaratilishi mumkin: buyurtmaga ko'ra individual ishlanma; foydalanuvchilar orasida ommaviy tarqatish uchun ishlanma. Individual ishlanmada firma-ishlab chiqaruvchi muayyan buyurtmachi uchun ma'lumotlarni qayta ishlash o'ziga xosligini hisobga oluvchi dasturiy mahsulotni yaratadi. Ommaviy tarqatish uchun ishlanmani yaratishda firma - ishlab chiqaruvchi, bir tomonlama, ma'lumotlarni qayta ishlashni bajarilayotgan funksiyalar universalligi, boshqa tomondan, muayyan bir qo'llash sharoitida dasturiy mahsulotning moslashishi va sozlanishini ta'minlash lozim. Dasturiy mahsulotlarning ajralib turuvchi xususiyatlari uning tizimliligi - jamlikda qo'llanilgan holda amalga oshiriladigan qayta ishlash vazifalarining funksional to'laqonligi va tugalligi bo'lmogi lozim. Dasturiy mahsulot dasturlashtirishning zamonaviy asbobsozlik vositalari qo'llangan holda loyiha ishlarini bajarish sanoat texnologiyasi asosida ishlab chiqiladi. Uning o'ziga xosligi axborot va asbobsozlik vositalaridan foydalanishni qayta ishlash xususiyatiga bog'liq holda algoritm va dasturlarni ishlab chiqish jarayonining noyobligidadir. Dasturiy mahsulotlarni yaratishga ko'plab mehnat, moddiy, moliyaviy zahiralar talab etiladi, yuqori malakali mutaxasislar zarur. Dasturiy mahsulotlarni tayyorlash Dasturiy mahsulotni tayyorlash (kuzatish)- dasturiy mahsulot ishga layoqotligini qo'llab-quvvatlash, unga yangi versiyalar, o'zgartirishlar kiritish, topilgan xatolarni to'grilash va hoka'zolarni o'z ichiga oladi. Dasturiy mahsulotlar an'anaviy dasturiy mahsulotlardan farqli ravishda dasturlarni yaratishda beriladigan sifat xususiyatlarining qatiy belgilangan turkumiga ega emas yoki bu xususiyatlarni oldindan aniq ko'rsatish yoki baholash mumkin emas, chunki dasturiy vosita ta'minlaydigan bir xil qayta ishlash vositalari turli ichki ishlanmalarga ega bo'lishi mumkin. Xatto ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:14:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
149.6 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:14 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
149.6 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:23 ]
Arxiv ichida: docx