Dasturiy mahsulotlar va ularning asosiy tavsifnomalari

Dasturiy mahsulotlar va ularning asosiy tavsifnomalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Dasturiy mahsulotlar va ularning asosiy tavsifnomalari - rasmi

Material tavsifi

Dasturiy mahsulotlar va ularning asosiy tavsifnomalari Reja: Dasturiy ta'minot to'grisida Servis dasturiy ta'minoti Dasturiy ta'minot to'g'risida ma'lumotlarni qayta ishlash texnik asosi sifatida kompyuterning imkoniyatlari uning dasturiy ta'minotiga bog'liqdir. Dastur (rrogram, routine) - vazifani yechish uchun kompyuter buyruq (ko'rsatma)larining tartiblashgan ketma-ketligidir. Dasturiy ta'minot (sowtware) - ma'lumotlarni qayta ishlash dasturlari va ularni ishlatish uchun kerakli hujjatlar to'plamidir. Dasturlar mashina yordamida vazifani yechish uchun ishlatiladi. Vazifa va ilova atamalari informatikada va dasturiy ta'minotda ko'p ishlatiladi. Vazifa (rroblem, task) - echilishi kerak bo'lgan muammodir. Ilova (arrlication) - vazifani kompyuterda dasturiy yechishdir. Dasturiy ta'minot tamonidan bajariladigan funksiyalarga bog'liq holda, uni ikki guruh: tizimli dasturiy ta'minot va amaliy dasturiy ta'minotga bo'lish mumkin. Tizimli DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me'yordagi ish muhitini ta'minlaydi. Tizimli DT apparat vositalari bilan shu qadar yaqin aloqadaki, uni bazida kompyuterning bir qismi deb ham hisoblashadi. Amaliy dasturiy ta'minot foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo'ljallangan. Tizimli DT tarkibiga quyidagilar kiradi: operatsion tizimlar; servis dasturlar; dasturlashtirish tillari translyatorlari; texnik xizmat dasturlari. Operatsion tizimlar (OT) axborotni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o'rtasidagi o'zaro aloqani ta'minlaydi. OT ning asosiy vazifalaridan biri axborotning kirish-chiqish jarayonini avtomatlashtirish, foydalanuvchi hal etadigan amaliy vazifalarni bajarishni boshqarishdir. OT kerakli axborotni EXM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to'gri hisoblashlarga xalaqit beruvchi vaziyatlarni tahlil etadi, qiyinchiliklar paydo bo'lganda nima qilish zarurligi haqida ko'rsatma beradi. Bajariladigan vazifalaridan kelib chiqib, OT ni uch guruhga bo'lish mumkin: bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi); ko'p vazifali (ko'p kishi foydalanuvchi); tarmoqli. Bir vazifali OT bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq bir vazifani bajarishi uchun mo'ljallangan. Bunday operatsion tizimlarning tipik vakili MS DOSdir (uni Microsoft firmasi ishlab chiqqan). Ko'p vazifali OT vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EXMdan jamoa bo'lib foydalanishni ta'minlaydi (EXM xotirasida bir necha dastur-vazifalar bo'ladi va protsessor kompyuter resurslarini vazifalar o'rtasida taqsimlaydi). Bunday sinfdagi OT ning tipik vakillari: IBM korporatsiyasining OS2, Microsoft Windows 95, Microsoft Windows NT va boshqalardir. Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoq-larning paydo bo'lishi bilan bog'liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta'minlash uchun mo'ljallangan. Tarmoqli OT larning tipik vakillari: Novell NetWare, Microsoft Windows NT, Banyan Vines, IBM LAN, UNIX, Sun firmasi mahsuloti Solaris dir. quyidagi OT rivojlanishining asosiy yo'nalishlari keltirilgan: operatsion tizimlar narxlarining kamayishi; dastur ko'rinishida amalga oshirilgan OT ko'plab funksiyalarning mikrodastur ko'rinishida ro'yobga chiqishi; ko'p protsessorli kompyuterlar ishining ta'minoti; kompyuterlarning turli turlari (avlodlari) uchun dasturlar muvofiqligini ta'minlash; paralel dasturlarning bajarilishini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.9 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:23 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.9 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga