Dasturiy ta'minot mahsulot sifatida. Dasturiy mahsulotni loyxalash usullari va komponentlari R e j a : 1. mahsulot kontceptciyasi. 2. Dasturiy mahsulotni loyxalash usullari. Tayanch so'zlar: Dasturiy mahsulotni loyxalash usullari va komponentlari. mahsulot kontceptsiyasi. Dastur mahsulot sifatida huquq tomonidan himoyalangan tovardir. Dasturni huquq tomonidan O'zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari himoya qiladi. Tuzilgan dastur mahsulot sifatini olish uchun va uning muallifi himoyalanishi uchun Respublikada tuzilgan Algoritm va dasturlar fondiga murojat qilish va undan tuzilgan dasturni qayd etish zarur. Dastur mahsulotini tayorlash vositalari va komponentlari. Dastur mahsulotini tayorlashda quyidagilar zarur: - Taqdimnoma - Diskda yozilgan bajariluvchi fayl (exe va com fayllarida) - Dasturni matni - Tushuntirish xati - Testdan o'tkazish qiymatlari - Test natijalari - Modifikatciya qilish yo'llari Dasturni va dasturiy komplekslarni loyihalash qisqa vaqt ichida loyihalovchilar yordamisiz foydalaniladigandasturiy mahsulot yaratishni ta'minlashi lozim. Dasturiy mahsulot sifatida dasturning teksti, mashinada ifodalovchi sifati ko'rinishi(magnit disk) va dasturni hujjatlari sifatida kuriladi. Dasturiy mahsulotlar dastur va algoritm fondida hisoba olinadi. Ularning vazifasiga foydalanuvchi uchun dastur va uning hujjatlarini nusxalarini chiqarib berish kerak. Dasturiy mahsulot sifatiga quyidagilar talab kilinadi: Funktcionalligi, ishonchligi, foydalanishga qulayligi (kerakli hujjatlarni yaratishda va dasturiy kompleksni loyihalashni to'g'ri bajarish hisobiga) Murakkab dastur va dasturiy komplekslar uchun dastur loyihalash algoritm va ma'lumotlar tarkibini loyihalash bilan birgalikda bajariladi. Loyihalashda vazmfani bir nechta kichik vazifalarga bo'lib, ularni yechish uchun dasturiy modul hosil qilinadi. Bu holatda dastur ko'p moduli struktura sifatida loyihalanadi. Ko'p modulli dasturlarni ikkita loyihalash usuli mavjud: kutariluvchi va pasayuvchi. Kutariluvchi loyihalash( pastdan yuqoriga qarab loyihalash). Bunda bir nechta yirik modullarga ajratib ularni ayrim funktciyalari umumiy dasturda amalga oshmriladi. Modullarni ajratilaetgan vaqtda foydalaniladigan funktciyalarni tushunish uchun osonligicha, ma'lumotlar tarkibini oddiyligicha, berilgan funktciyalarni amalga oshirish uchun modul va dasturlarni tayer holatda borligicha, yangi maksdlarda tayer dasturni o'zgartirishga imkoniyat borligicha va kelajakdagi modulning o'lchami va ahamiyatiga endashadi. Kutariluvchi loyihalashda har bir modul avtonom ravishda dasturlanadi, testdan o'tkaziladi va sozlanadi. Shundan keyin alohida bo'lgan modullar podtizimga boshqaruvchi modullar yordamida birlashtiriladi. Bu holatda modullar chaqirish ketma ketligi, kiritish, chiqarish, natija va ma'lumotlar nazorati yordamida birlashtiriladi. Shunga asosan o'z navbatida podtizimlar murakkab tizim va umumiy dasturiy kompleksga birlashtiriladi. Bunda modullararo aloqalar to'g'riligiga kommpleks sozlashdan o'tkaziladi. Bunday endashishlar uncha murakkab bo'lmagan dasturlarni loyihalashda foydalanish maslahat beriladi. Agar kichik dasturlarning o'lchamlari katta bo'lmasa, unda kichik dasturlarni ajratib ularni loyihalashni boshlagan maoqulokdir. Kutariluvchi loyihalashning asosiy nuqsonlari sifatida modullarni yagona tizimga birlashtirishda, loyihalashning boshida yo'l quyilgan xatolarni aniqlash va ularni bartaraf etishni ko'rish mumkin. Undan tashqari alohida bo'lgan modullarni butun tizimni tarkibini tasavur yetmagan holda yaratish mumkin. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:14:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.4 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:14 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.4 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:23 ]
Arxiv ichida: doc