Dasturiy ta'minot o'rnatilishini amaliy tasvirlash Reja: 1.Dasturiy ta'minot tushunchasi va dasturiy mahsulotning sinflari. 2.Windows 7 operatsion tizimini o'rnatish. Hisoblash mashinasining dasturiy ta'minoti (DT) deb masalalarni yechish uchun hisoblash mashinasidan foydalanishga imkon beruvchi dasturlar va ular bilan birga keluvchi hujjatlar majmuasiga aytiladi. Dasturiy mahsulotlarni har xil alomatlari bo'yicha tasniflash mumkin. Dasturiy mahsulotlardan foydalanish sohasi asosiy alomat bo'lgan tasnifni ko'rib chiqamiz: Avtonom kompyuterlar va EHM tarmoqlarining apparatli qismi; Turli tuman predmetli sohalaning xizmat vazifalari; Dasturlarni ishlab chiqish texnologiyalari. Bu sohalardagi axborot texnologiyalarini qo'llab quvvatlash uchun 1-rasmda berilgan dasturiy mahsulotlarning uchta sinfini ajratamiz: 1-rasm. Dasturiy mahsulotlarning sinflari. tizimli dasturiy ta'minot; amaliy dasturlar paketi; dasturlash texnologiyalarining qurollari. Amaliy dasturlar paketlari (ADP)vazifaviy masalalarni yechishning dasturiy qurollari bo'lib xizmat qiladilar va dasturiy mahsulotlarning eng ko'p sonli sinfi bo'ladilar. Ushbu sinfga turli predmetli sohadagi axborotlarni ishlab chiqishni bajaruvchi dasturiy mahsulotlar kiradilar. Dasturiy mahsulotlarni kompyuterga o'rnatishni malakali foydalanuvchi bajaradi, bevosita undan foydalanishni esa,qoidaga ko'ra, yakuniy foydalanuvchilar-axborotdan foydalanuvchilar amalga oshiradilar, ko'p xollarda, ularning faoliyati kompyuter sohasida g'oyatda uzoqdir. Dasturiy mahsulotlarning ushbu sinfi ayrim predmetli sohalar uchun g'oyatda o'ziga xos bo'lishi mumkin. Dasturiy ta'minlash texnologiyalarining qurollari dasturlarni ishlab chiqarish jarayonini ta'minlaydilar va o'z ichiga ishlab chiquvchining qurolliy vositalari bo'lgan ixtisoslangan dasturiy mahsulotlarni oladilar. Boshqa sinfdagi dasturiy mahsulotlar loyihalashtirish, dasturlash (kodlashtirish), sozlash va yaratilayotgan dasturlarni testdan o'tkazishning barcha texnologik bosqichlarini qo'llab quvvatlaydilar. Tizimli va amaliy dasturchilar dasturlash texnologiyasining foydalanuvchilari bo'ladilar. Dasturlash texnologiyalarining qurollari - yaratilayotgan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, sozlash va tatbiq etish texnologiyasini ta'minlovchi dasturlar va dasturiy majmualar bo'ladilar. Dasturiy ta'minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo'lib, u ma'lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni o'z ichiga oladi. Dasturiy ta'minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta'minoti orasida bog'lanish qanday amalga oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog'lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o'zaro bog'lanish - bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o'zaro bog'lanish esa - dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o'zaro bog'lanish -apparat- dasturiy interfeys deyiladi. SHaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya'ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo'ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o'zaro muloqoti - foydalanuvchi interfeysi deyiladi. Endi kompyuterning dasturiy ta'minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta'minotlarni uchta kategoriya bo'yicha tasniflash mumkin: - Tizimli dasturiy ta'minot; - amaliy dasturiy ta'minot; - dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. Tizimli dasturiy ta'minot (Sistem software) - kompyuterning va ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:14:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
258.64 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:14 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
258.64 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:23 ]
Arxiv ichida: doc