Dasturiy ta'minot. Dastur turlari. WINDOWS OT obyektlari EHMning dasturiy ta'minot tushunchasi va uning tasnifi Hisoblash mashinasining dasturiy ta'minoti (DT)deb masalalarni yechish uchun hisoblash mashinasidan foydalanishga imkon beruvchi dasturlar va ular bilan birga keluvchi hujjatlar majmuasiga aytiladi Tizimli (umumiy) va amaliy (maxsus) dasturiy ta'minotni ajratadilar. Tizimli DT masalalarni yechishda. hamda yangi dasturlarni ishlab chiqishda butun hisoblash majmuam ishlarni muvafiqlashtirish uchun zarur bilgan dasturlarni iz ichiga oladi. Tizimli dasturiy ta'minotda vazifaviy belgilanish biyicha operatsion tizim(OT), dasturlash tizimi. tizimli xizmat kirsatish dasturlari. EHM qurilmasini nazorat qilish va diagnoz qo'yish vositalarini ajratadilar. Operatsion tizim - bu hisoblash mashinasini faoliyat yuritishini taminlovchi boshqaruvchi dasturlar majmuasidir. U o'z ichiga EHM resurslarini rejalashtirish va boshqarishni, foydalanuvchilarning so'rovlari bo'yicha masalalarni yechish (amaliy va xizmat ko'rsatuvchi dasturlarni bajarish)ni, ma'lumotlarni kiritish-chiqarishni boshqarishni oladi. DTga hisoblash mashinasi apparat qismini dasturiy kengaytirish sifatida ko'rib chiqish mumkin. Dasturlash tizimi ostida dasturlarni ishlab chiqish va sozlash uchun vositalar majmuasi tushuniladi. Dasturlash tizimiga dasturlash tillari, translyatorlar, matnlarni tahrir qilish va dasturlarni sozlash uchun har xil xizmat ko'rsatuvchi dasturlar kiritiladi. Tizimli xizmat ko'rsatish dasturlari axborot manbalari (magnitli disklar va tasmalar)ni ularga ma'lumotlarni yozish, nusxa ko'chirish, fayllarni qaytadan nomlash va chiqarib tashlashga tayyorlash bo'yicha tipik harakatlarni bajarishga mo'ljallangan. Bir qator hollarda tizimli xizmat ko'rsatuvchi dasturlarni OTning bir qismi deb hisoblaydilar. Nazorat qilish va diagnoz qo'yish vositalari mashinaning ayrim qurilmalari bekami ko'stligini tekshirish va aniqlangan buziqliklarni mahaliylashtirish uchun xizmat qiladilar. Hozirgi sharoitlarda tizimli DT ko'pincha hisoblash texnikasi vositalari bilan majmuada yetkazib beriladi. Amaliy DT EHMdan foydalanuvchilarning aniq vazifalarini yechish uchun ishlab chiqiladi va foydalaniladi, hamda o'z ichiga amaliy dasturlar va dasturlar paketlarini oladi. Operatsion tizimlar va ularning vazifalari. OT belgilanishi foydalanuvchilar dasturlarining bajarilishini tashkil qilishdan iborat. Ichki tasavvur qilishda dastur - bu bir biridan keyin bajariladigan mashina buyruqlarining izchilligidir. Odatda vaqtning har bir lahzasida bitta navbatdagi buyruq bajariladi. Ko'pgina EHMlarining apparatlari bazi bir amallarni parallel bajarilishiga, masalan kirish-chiqish operatsiyalarni birga bo'lishiga yo'l qo'yadi. Bunday imkoniyatlar mavjud bo'lganda OT ishning bir dasturli yoki ko'p dastturli rejimini ta'minlashi mumkin. Bir dasturli rejimda har bir dastur ishga tushurilgandan keyin oxirigacha, barcha bo'sh resurslardan foydalanish bilan bajariladi. Ko'p dasturli (multidasturli) rejimda bitta yoki har xil dasturdan bir necha buyruqlar parallel bajarilishi mumkin. OTda dasturni ushbu dastur tomonidan ishlab chiqilayotgan ma'lumotlar bilan odatda yagona obyekt-o'zini bajarilishi uchun belgilangan resurslarga ehtiyoti sezuvchi vazifa sifatida ko'rib chiqiladi. OT ishining bir vazifali va multivazifali rejimlarini ajratish mumkin. Multivazifali rejimda bir necha vazifalar bir birlari bilan markaziy protsessorda xotira, vaqtni va OT tomonidan taqsimlanadigan boshqa resurslani olishda ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:14:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.26 MB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:24
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:14 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.26 MB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:24 ]
Arxiv ichida: ppt