Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish texnologiyasi R e j a : 1. Izohlar. 2. Bo'sh satrlar qoldirish. Bo'sh xonalar. 3. Fayllar nomi. Qisqartirishlar. Tayanch so'zlar: Izohlar, bo'sh satrlar qoldirish, bo'sh xonalar nomlash, tartibli raqamlash. O'zgaruvchilarning nomini tanlash, fayllar nomi, qisqartirishlar, operatorlarni joylash. Dasturlash usullari dasturni o'qilishini qulayligi bilan o'zaro bog'liq. Usullar deganda tajribali dastur tuzuvchilar to'g'ri natijali, foydalanishda qulay, qulay bo'lgan dasturlarni tuzishda foydalanadigan usul va uslublar nazarda tutiladi. Dastur usulining eng yaxshi qoidasi - bu tajribali dasturchilar o'rtasidagi kelishishlaridir. Chunki bitta tajribali dasturchiga nisbatan 2 ta yoki 3 ta tajribali dasturchilar tuzgan dastur yaxshiroqdir. Dastur shunday tuzilishi kerakki, uni birinchi qatorda mashina yoki EHM emas balki inson o'qib tushunsin. Chunki dastur insonlarga dasturlarni tuzishda, shakllantirishda va ularni qo'llashda kerak bo'ladi. Dastur - bu keyinchalik ishlatishga va takomillashtirshga mo'ljallangan hujjat, algoritmlarni kodlashtirish uchun o'quv materiali va hakozolardir. Demak dasturlash tillari bizga o'qishda qulay bo'lgan dasturni yaratishni ta'minlab berishi kerak. Dastur iloji boricha algoritimni tuzilishini va mantiqni bizga tushunarliroq qilib yetkazib berishi kerak. Usullarni standartlash. Albatta biz juda ko'p joylarda va jarayonlarda standartlarga asosan ish olib boramiz. Lekin dasturlash usullarida bunga qarshi bir necha fikrlar aytilgan. Ulardan birini keltirib o'tamiz: dasturlash usuli - bu shaxsiy fikr va didga bog'liqdir. Shuning uchun unga hech qanday chegaralanishlar qo'yilmasligi kerak. Usullarni standartlash quyidagiladrdan iborat: Agar biror - bir narsani yaratishda 1 tadan ortiq mavjud bo'lib, tanlash sizga bog'liq bo'lsa, unda siz 1 ta usulni tanlab, oxirigacha shu usuldan foydalaning. Ammo standartlash jarayonining o'ziga xos kamchiliklari bor: standartlashni qo'llaganda kelajakda dasturlash yo'llarini sekinlashtiribgina qolmay, balki foydalanishda qulay va ortiqcha chegaralarga ega bo'lishi mumkin. Chunki ular yangidan - yangi vazifalarni bajarishga sizning aqlingizni bog'lab qo'yadi. Izoh yoki sharh. Tushuntirish izohlariga ega bo'lgan dasturlarni to'g'rilash yoki tuzatish osonroq, chunki ular dastur bilan ishlash uchun qo'shimcha ma'lumotlarni saqlaydi. Dastur tuzuvchi ko'pincha boshqa dasturchining dasturini ko'rib chiqayotgan vaqtda, xatolarni tuzatishda, yoki dastur mantiqini kuzatayotgan vaqtda juda ko'p vaqt sarflaydi. Bu holatda u o'zining me'yorlangan vaqtini juda katta qismni sarflab qo'yadi. Izohlanmagan dastur - bu taxminimizcha dastur tuzuvchining eng katta xatosidir yoki ishqibozlik yon qarashni bildiradi. Dastur yozish jarayonida izoh berish yaxshi qoidadir. Kelajakda buni hamma dasturchilar hisobga oladilar degan umiddamiz. Izohning yozishning asosiy qonuni - bu ko'proq izoh berishdir. Albatta, har bir kishi dasturdagi izohni o'qiyotib, shu dastur haqida ko'proq tushunchaga ega bo'ladi. Izoh berishdan maqsad - dasturni tushunishni osonlashtirishdir. Izohlar dasturni kodlashtirganidek yaxshi o'ylagan va ishlab chiqilgan bo'lishi kerak. Izohlar loyihalash va sozlash jarayoni vaqtda va albatta keyinchalik ham ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:14:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.2 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:14 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.2 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:24 ]
Arxiv ichida: doc