Dasturlash texnologiyasi va uning taraqqiyotini asosiy bosqichlari

Dasturlash texnologiyasi va uning taraqqiyotini asosiy bosqichlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Dasturlash texnologiyasi va uning taraqqiyotini asosiy bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

Dasturlash texnologiyasi va uning taraqqiyotini asosiy bosqichlari Reja: 1. Fanning maqsad va mohiyati. 2. Asosiy tushunchalar. 3. Dasturlash texnologiyasi taraqqiyotini asosiy bosqichlari. 4. Dasturiy ta'minot mahsulot sifatida. 5. Dasturiy ta'minot ishonchliligi. Fanning maqsad va mohiyati Dasturlash texnologiyasi - dastur yaratishning usuli, metodlari va ko'nikmalaridir. Texnologiya so'zining odatdagi manosini inobatga olsak, u holda dasturlash texnologiyasi deganda talab qilingan dasturiy ta'minot (DT) yaratishga olib keladigan yaratish jarayonlari, hamda ushbu jarayonlarni tavsiflarini tushunamiz. Dasturlarni loyxalashtirishning zamonaviy industrial texnologiyasi tizimli tahlil, ishlab chiqish, otladka, hujjatlashtirish va mutaxassislar ishini boshqarish uchun mo'ljallangan avtomatlashtirilgan vositalar, hujjatlar va boshqa tadbirlar kompleksidan iborat. Dasturiy ta'minotni ishlab chiqishning narxini kamaytirish va dasturchilar ishining unumdorligini oshirish uchun dasturlash tili, soha, EXM va echiladigan masalaga bog'liq bo'lmagan holda yuqori professional saviyada dastur yaratishdan iborat metodlar mavjud. Bunday metodlar dasturlash texnologiyasi deb ataladi. Dasturlash texnologiyasi fanining asosiy ta'riflari. 1-ta'rif: Algoritm bu malum turdagi masalalarni yechish uchun qo'llaniladigan amallar majmuasining muayyan tartibda berilishi. 2-ta'rif:Dastur ShEXM da ishlatishga tayyor dasturlash tilida yoki obyektli kodda yozilgan algoritm. 3-ta'rif:Podprogramma (dastur osti) - bu biror dastur (asosiy dastur) boshqaruvi yordamida biror vazifani bajaruvchi dastur. 4-ta'rif:Modul bu bir xil global ma'lumotlardan foydalanuvchi podprogrammalar kutubxonasi. Bir nechta modul funksional guruh deyiladi. 5-ta'rif: Dasturlash kompleksi bir nechta funksional guruhdan iborat bo'lib, biror bir ishlab chiqarish yoki ilmiy tekshirish sohasini o'z ichiga olgan. EXM larda ishlatish uchun etarli bo'lgan ammo xali tugallanmagan va shartli sifat ko'rsatkichlariga ega bo'lmagan dasturlarga aytiladi. 6-ta'rif: Dasturiy ta'minoti (vositasi) bu, malum bir maqsadlar uchun mo'ljallagan dasturlar va shu bilan birga GOST dan o'tgan, tegishli texnik hujjatlar bilan ta'minlangan dasturlash kompleksiga aytiladi. 7-ta'rif: Dasturiy mahsulot, bu universal dasturiy ta'minot (vositasi) va shu bilan birga kerakli hujjatlar, sifat kafolatlari, reklama materiallari, va foydalanuvchini o'qitish nazarda tutiladi. Bulardan quyidagi ierarxik struktura tuzish mumkin: Algoritm Modul Dastur Funksional guruh Dasturiy kompleks Dasturiy ta'minot Dasturiy mahsulot Texnologiya - (grekcha hunar va fan ) ishlab chiqarish jarayonlarini o'tkazishda vosita va uslublarni birlashtiruvchi fan. 8-ta'rif: Dasturiy ta'minotni (mahsulotni) ishlab chiqarish jarayonida qo'llaniladigan usullar va uslublar to'plamiga dasturlash texnologiyasi deyiladi. har xil texnologiyalar kabi dasturlash texnologiyasi xam bir nechta texnologik ko'rsatmalardan (instruksiyalardan) iborat: - texnologik jarayonlar (operatsiyalar)ning bajarish ketma-ketligi; - jaryonlarni o'zini tavsiflash, xar bir jarayon uchun boshlang'ich (kirish) va natijaviy (chiqish) ma'lumotlarini aniqlash. Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish bir necha bosqichlardan iborat bo'lib, xar bir bosqichning o'z texnologiyasi (uslubi) bor. Texnologik operatsiya strukturasi Kirish ma'lumotlari Usullar va uslublar Texnologik amallar Standart ko'rinishda natijalar Dasturiy va texnik vositalar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 54.96 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 54.96 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga