Dasturlash texnologiyasing uskunaviy vositalari va texnologiyalar Reja: Dasturlash texnologiyasi va uning imkoniyatlari Visual basic dasturlash tili va uning imkoniyatlari C++ dasturlash tili va uning imkoniyatlari Python dasturlash tili va uning imkoniyatlari Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari .Elektron va multimediyali qo'llanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar Ushbu ishda dasturlash texnologiyasi, Visual basic dasturlash tili, Delphi dasturlash tili, C++ dasturlash tili va ularning imkoniyatlari, dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari, Elektron va multimediyali qo'llanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalari haqidagi bilimlarning bilan tanishasiz. Dasturlash texnologiyasi va uning imkoniyatlari Fan va texnikaning keyingi yillardagi yutuqlarini juda qup hollarda dasturlash bilan bog'liq deb hisoblashadilar. Ammobuto'gri emas. Birinchi va tuzilishi jihatidan murakkab bo'lgan ko'p maqsadlihisoblash qurilmalari XIX asrda yaratilgan bo'lib, ularga dastur tuzish muammosiga birinchi bo'lib Ada Lavleys (u Charlz Bebbidjning «Difference Engine» hisoblash mashinasida ishlar edi) duch kelgan. 1949 yilibirinchi dasturlash tili Short Code yaratilgan. Elektron hisoblash mashinalarining dastlabki avlodlaridadastur tuzuvchilar lasturlarni mashina kodlarida yaratishar edi. Tasavvur etish uchun «Hello, word!» kabi matnni chiqarish uchun yaratilgan dasturning bir qismini keltiramiz va siz uning naqadar dasturchi uchun noqulay ekanini anglab etasiz. Mashina kodlari keyingi yillarda dasturlash olamiga kirib keluvchilar (elektronika sohasidagi nomutaxassislar) uchun noqulay bo'lgan. Ammo tez orada foydalanuvchila uchun tushunarli bo'lgan yuqori darajali dasturlash tillari yaratilib, dasturlash bilan shug'ullanuvchidar safi kengayishiga sabab bo'ldi. Birinchi yuqori darajali dasturlash tillariga 20 asrning 50-yillaridabo'lib yaratilgan FORTRAN, Cobolva Algollarni keltirish mumkin. Bu tillar shu kunlarda ham «yashab kelmoqdalar» va keyingi yillarda yaratilgan minglab dasturlash tillarining avlodlaridan hisoblanishadi. Quyidagi kedtirilgan sxemada dasturlash tillarining qisqa tarixini keltiramiz: Dasturlash tillari ichida 1958 yilda yaratilgan Algol tili muhim o'rinni egallaydi. Uning yaratuvchilardan biri Djon BekusFORTRAN tilining asoschilaridan biri bo'lgan. ALGOritmic Language nomi bu tilning algoritmlarni yozish uchun mo'ljallanganligidan dalolat beradi. Juda ham aniq mantiqiy tuzilishga ega bo'lgan Algol tili ilmiy va texnikaviy adabiyotlarda algoritmlarni yozish uchun qo'llanila boshlandi. Keyingi yillarda uning Algol 60 va Algol 68 versiyalari yaratildi. Algol 68foydalanish uchun noqulay holda yaratilgan bo'lib shveytsariyalik olim Niklaus Virt uning qabul qilinishiga o'zining noroziligini bildirdi Shu bilan birgabu versiya qator dasturlash tillarining yaratilishiga sababchi bo'ldi. 1967 yili Niklaus Virt Algol W nomli o'zining versiyasini yaratdi. Ammo muallifga shu kungacha mavjud bo'lgan dasturlash tillaridagi noqulayliklar yoqmas (jumladan, talabalarni dasturlar yaratish metodlaribilan tanishtirishda dasturlash tillarining imkoniyatlaridan foydalanish) va u 1968 yili o'zining dasturlash tilini yaratishga kirishdi. 1970 yili dasturlash olamida ikki olamshumul hodisa yuz berdi: birinchisi Unix operatsion tizimining yaratilishi bo'lsa, ikkinchisi Pascal dasturlash tilining yaratilishi. Niklaus Virt bu tilni XVII asrning buyuk faylasuf va matematigi Blez Paskal sharafiga Pascal dasturlash ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:14:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.81 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:24
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:14 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.81 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:24 ]
Arxiv ichida: docx