Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari REJA: Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari haqida ma'lumot. Dasturlar yaratish vositalari. CASE - texnologiyasi. Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasiping uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog'liq yo'nalish tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case-texnologiyalar kiradi. Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta'minlovchi dasturiy tizimlarni o'z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi; kompilyator va interpretatorlar; dasturlar kutubxonasi; turli yordamchi dasturlar. Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi. Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgai dasturning bevosita bajarilishini ham ta'minlaydi. Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar to'plamidan iborat. Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM, Visual Cutt for Windows Professional Edition kompilyatori, Visual Basic for Windows va boshqalar kiradi. CASE - texnologiyasi informatikaning hozirgi paytda eng tezkor rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Case - Computer Aided System Engineering - axborotlar tizimini avtomatlashtirilgan usulda loyihalash degani bo'lib, Case-texnologiyasi turli mutaxassislar, jumladan, tizimli tahlilchilar, loyihachilar va dasturchilar ishtirok etadigan ko'pchilikning qatnashishi talab etiladigan axborot tizimlarini yaratishda qo'llaniladi. Case-texnologiyalari vositalari nisbatan yangi, 80 yillar oxirida shakllangan yo'nalishdir. Ulardan keng ko'lamda foydalanish ko'p moliyaviy mablag'lar talab qilishi tufayli chegaralangandir. Case-texnologiyasi - murakkab dasturiy tizimlarni tahlil etish, loyihalash, ishlab chiqarish va kuzatib turish texnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta'minotdir. Case-texnologiyasining asosiy yutug'i - kompyuterlarning mahalliy tarmog'ida ishlayotgan mutaxassislarni birgalikda, hamkorlikda loyiha ustida ishlashini tashkil eta olishi, loyihaning ixtiyoriy fragmentini eksport-import qila olishligi va loyihani tashkiliy boshqara bilishligidadir. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:14:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.48 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:14 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.48 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:24 ]
Arxiv ichida: doc