Dasturlashga kirish, dasturlashning asosiy tushunchalari

Dasturlashga kirish, dasturlashning asosiy tushunchalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Dasturlashga kirish, dasturlashning asosiy tushunchalari - rasmi

Material tavsifi

Dasturlashga kirish, dasturlasning asosiy tushunchalari Reja: C++ dasturlash tili C++ tilida standart funksiyalarning yozilishi C++ dasturlash tili C++ tili Byarn Straustrup tomonidan 1980 yil boshlarida ishlab chiqilgan. C++ tilida yaxshi dastur tuzish uchun aql, farosat va sabr kerak bo'ladi. Bu til asosan tizim sathida dasturlovchilar uchun yaratilgan. CC++ algoritmik tilining alifbosi: 26 ta lotin va 32 ta kirill harflari (katta va kichik); 0 dan 9 gacha bo'lgan arab raqamlari; Maxsus belgilar: - + * : ; . , % ? ! = № [ ] ( ) $ # ^ va h.k. Dastur bajarilishi jarayonida o'z qiymatini o'zgartira oladigan kattaliklar o'zgaruvchilar deyiladi. O'zgaruvchilarning nomlari harfdan boshlanuvchi xarf va raqamlardan iborat bo'lishi mumkin. O'zguruvchilarni belgilashda katta va kichik harflarning farqlari bor. (A va a harflari 2 ta o'zgaruvchini bildiradi) Har bir o'zgaruvchi o'z nomiga, toifasiga, xotiradan egallagan joyiga va son qiymatiga ega bo'lishi kerak. O'zgaruvchiga murojaat qilish uning ismi orqali bo'ladi. O'zgaruvchi uchun xotiradan ajratilgan joyning tartib raqami uning adresi hisoblanadi. O'zgaruvchi ishlatilishidan oldin u aniqlangan bo'lishi lozim. O'zgaruvchilarning son qiymatlari quyidagi ko'rinishda yoziladi: Butun toifali o'nlik sanoq tizimsida: ular faqat butun sondan iborat bo'ladilar. Masalan: 5; 76; -674 va h.k. Sakkizlik sanoq tizimsidagi sonlar: 0 (nol)dan boshlanib, 0dan 7 gacha bo'lgan raqamlardan tashkil topadi. Masalan: x=0453217; s=077; O'n oltilik sanoq tizimsidagi sonlar: 0 (nol) dan boshlanadi va undan keyin x yoki X harfi keladi, so'ngra 0-9 raqamlari va a-f yoki A-F harflaridan iborat ketma-ketliklar bo'ladi. Masalan: 10 s.s.dagi 22 soni 8 s.s. da 026, 16 s.s.da 0x16 shaklida bo'ladi. Haqiqiy toifali sonlar: ular butun va kasr qismlardan iborat bo'ladilar. Masalan: 8,1; -12,59 va x.k. Haqiqiy toifali sonlarning bu ko'rinishi oddiy ko'rinish deyiladi. Juda katta yoki juda kichik haqiqiy toifali sonlarni darajali (eksponensional) formada yozish qulay. Masalan: 7,204*1012 yoki 3,567*10-11 kabi sonlar 7.204e+12 va 3.567e-11 ko'rinishda yoziladi. Simvolli konstantalar. Ular qatoriga dastur bajarilishi ichida qabul qilinadigan simvollar kiradi. CC++ tilida har qanday o'zgaruvchi ishlatilishidan oldin e'lon qilinishi kerak. E'lon qilish degani ularning toifalarini aniqlab qo'yish demakdir. C++ tilida quyidagi toifali o'zgaruvchilar ishlatiladi: Butun toifali kichik sonlar yoki simvollar uchun: char uning o'zgarish intervali -128 dan +127 gacha yoki apostrof ichidagi ixtiyoriy 1ta simvol. Xotiradan 1 bayt joy oladi. Simvollar ASCII kodlariga mos keladi. ( ASCII - American Standart Code for Information Interchange) Butun toifali o'zgaruvchilar: int. Masalan: int a, i, j ; Bu yerda dasturda ishlatilayotgan a, i, j o'zgaruvchilarining toifasi butun ekanligi ko'rsatildi. Bu ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.42 MB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.42 MB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga