DataAccess, DataControls, dbGo yoki ADO komponentalari palitrasi

DataAccess, DataControls, dbGo yoki ADO komponentalari palitrasi

O'quvchilarga / Informatika va AT
DataAccess, DataControls, dbGo yoki ADO komponentalari palitrasi - rasmi

Material tavsifi

DataAccess DataControls dbGo yoki ADO komponentalari palitrasi Reja: 1. DataAccess komponentalar palitrasi 2. DataControls komponentalar palitrasi 3. dbGo yoki ADO komponentalari palitrasi DataAccess komponentalar palitrasi ma'lumotlar ombori bilan ishlash uchun DataAccess komponentalar palitrasidagi komponentalar bilan ishlashni va ularning xususiyatlarini o'rganishimiz lozim. Bu komponentalar palitrasidagi komponentalar quyidagilardan iborat. TDataSource - komponentasi yordamida ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlarni ma'lumotlar bazasi bilan ishlay oladigan komponentalarga bog'lashni ta'minlaydi. Bu komponentaning xususiyatlari va hodisalari bilan tanishib chiqamiz: TTable - komponentasi yordamida ma'lumotlar omboridagi jadvalni yaratilayotgan dasturga bog'lashni ta'minlaydi. Bu komponentaning xususiyatlari va hodisalari bazilari bilan tanishib chiqamiz: TQuery - komponentasi yordamida ma'lumotlar omboridagi jadvalni yaratilayotgan dasturga so'rovlar yordamida bog'lashni ta'minlaydi. Bu komponentaning xususiyatlari va hodisalari TTable komponentasining xususiyatlari bilan bir xil va quyidagi xususiyatlar qo'shilgan: TStoredProc - komponentasi ma'lumotlar bazasidagi tayyor yaratilgan protseduralar va funksiyalarni dasturga bog'lashni ta'minlaydi. TDatabase - yagona ma'lumotlar omborini bog'lash uchun ishlatiladi. Bu komponenta yordamida ma'lumotlar ombori bog'langan vaqtda yuqorila keltirilgan komponentalar yordamida ma'lumotlar omboriga emas, balki shu komponentaga bog'lanish ko'rsatiladi. Bu komponentaning bazi bir xususiyatlari va hodisalari bilan tanishib chiqamiz: Yuqorida keltirilgan komponentalarning yordamida ma'lumotlar omboriga bog'lanish amalga oshiriladi. Bu komponentalar C++Builderning yangi versiyalarida boshqa nom bilan atalgan yoki bazilari boshqa palitralarga o'tgan bo'lishi mumkin. DataControls komponentalar palitrasi DataControls komponentalar palitrasi yordamida ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlarni taxrirlash, yangi ma'lumot qo'shish, o'chirish ishlari amalga oshiriladi. Bu komponentalar palitrasidagi komponentalar bilan tanishib chiqamiz. Yuqorida keltirilgan komponentalarning nomlariga etibor beradigan bo'lsak, bu komponentalarning nomlari oldida DB old ko'shimchasi mavjudligini ko'ramiz. Bu old qo'shimcha DataBase so'zining qisqartirilgan shakli bo'lib, ma'lumotlar bazasi degan nomni anglatadi. DB old qo'shimchali komponentalar ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlar bilan ishlash manosini anglatadi. Bu komponentalarning xususiyatlari va hodisalari bilan tanishib chiqamiz. TDBGrid - komponentasi ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlarni jadval ko'rinishda foydalanuvchiga tushunarli qilib, alohida maydonlar ko'rinishida ko'rsatib beradi. Bu komponentaning xususiyatlari yordamida foydalanuvchi o'ziga xos bo'lgan ko'rinishni yaratishi mumkin. Masalan, jadvalning biror - bir yozuv tanlanganida maydonlarini alohida ko'rinishda ko'rish yoki qatorni bir marta belgilash ko'rinishi, maydonlar orasidagi ustunlarni ajratuvchi chiziqning ko'rinish yoki ko'rinmasligi, birta yoki bir nechta yozuvlarni tanlash huquqi va hokazo. TDBNavigator - komponentasi ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlar ustida amallar bajarishga yordam beradi. Bu komponenta tayyor buyruqlardan tashkil topgan. Bu komponentaning buyruqlar to'plami quyidagilardan tashkil topgan: Yuqorida keltirilgan tugmalardan keraksizlarini xususiyat yordamida ko'rinmaslik ko'rinishiga keltirish mumkin. Bu xususiyat VisibleButtons xususiyati hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan tugmalarning har biriga izoh berish ham mumkin, buning uchun Hints xususiyatini o'zgartirish kifoya. Bu komponentani ma'lumotlar omboriga bog'lash uchun DataSource xususiyatini TDataSource komponentasiga bog'lash zarur bo'ladi. Shunda komponenta ma'lumotlar omboriga bog'lanib, uni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 167.11 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 167.11 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga