Delphi da obyektlarning xususiyatlari

Delphi da obyektlarning xususiyatlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Delphi da obyektlarning xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Delphi da obyektlarning xususiyatlari Reja: Umumiy tushunchalar. Vizual komponentlar xususiyatlarini dastur bajarilish vaqtida boshqarish. SHAPEDEM1 dasturi. SHAPEDEM2 dasturi. Umumiy tushunchalar. Xususiyatlar obyektning muhim atributasi ekanligiga diqqatingizni qaratgandirsiz. Foydalanuvchi (dasturchi) uchun xususiyat bu biror tuzilishning qiymat saqlovchi maydonidir. Lekin, bu oddiy maydon qiymati o'zgarishi bilan komponentning tashqi ko'rinishi butunlay o'zgaradi, chunki, xususiyatlar o'zida obyektning shu maydonga yozish va o'qish holatlari inkapsulyatsiyasiga bog'liq bo'ladi. Xususiyatlar ikki maqsadda xizmat qiladi. Birinchidan, ular forma yoki komponentning tashqi ko'rinishini aniqlaydi. Ikkinchidan esa xususiyatlar forma yoki komponentning harakatini belgilaydi. Xususiyatlar bir nechta tiplarga bo'lish mumkin. Oddiy xususiyatlar - bularnnig qiymatlari sonlar yoki satlar bo'ladi. Masalan, Left va Top xususiyatlari forma yoki komponentning yuqorigi chapki burchagi koordinatalarini aniqlovchi butun sonlarni saqlaydi. Caption va Name xususiyatlari forma yoki komponentning sarlavhasi va nomini bildiruvchi satrlarni saqlaydi. Sanab o'tiladigan xususiyatlar - bular mavjud ro'yxatdagi qiymatlardan birini qabul qila oladigan xususiyatlarir. Oddiy misol - Boolean tipidagi xususiyat, True yoki False qiymatini qabul qila oladi. Ichki ma'lumotli xususiyatlar - bular ichki qiymatlarga (yoki obyektlarga) ega bo'lgan xususiyatlardir. Bunday xususiyatlar Object Inspectorda chap tomonidan + belgisi bilan ajralib turadi. Bunday xususiyatlar ham ikki xilda bo'ladi: ko'pliklar va birlashgan qiymatlar. Object Inspectorda ko'pliklar kvadrat qavslar yordamida ifodalanadi. Agar ko'plik bo'sh bo'lsa, u [] sifatida tasvirlanadi. Ko'plik ko'rinishidagi ichki ma'lumotli xususiyatlar ko'pincha mantiqiy Boolean tipida bo'ladi. Birlashgan qiymatlar obyektlar Inspektorida bazi kattaliklar to'plami sifatida tasvirlanadi. Bazi xususiyatlar masalan, Font o'z qiymatini o'zgartirish uchun muloqot oynalarini chaqira oladi. Buning uchun shu xususiyat maydonining o'ng tomonidagi uch nuqtali kichik tugmachani bosish kifoya. Delphida komponentlar xususiyatlarini loihalash vaqtida (design time) ham, dastur bajarilash vaqtida (run time) ham o'zgartirish oddiy. Loihalash vaqtida xususiyatlarni o'zgartirish Formalar Dizayneri (Forms Designer) yoki, sizga malum obyektlar Inspektorining Properties sahifasi yordamida bajariladi. Masalan, tugmaning Height (balandligi) va Width (kengligi) xusuiyatlarini o'zgartirish uchun, uning formadagi tasvirining bir burchagidan sichqoncha yordamida tortib, kerakli o'lchamlarga erishish mumkin. Xuddi shu natijaga Object Inspectorning Height va Width xususiyatlarni qiymatlarini o'zgartirib ham erishish mumkin. Vizual komponentlar xususiyatlarini dastur bajarilish vaqtida boshqarish Dastur bajarilish vaqtida komponentlar xususiyatlari qiymatining barcha o'zgarishlari bajariladigan ish kodi to'liq Paskal tilida yozilishini talab qiladi. Dastur bajarilish vaqtida Object Inspectordan foydalanish mumkin emas. Lekin, komponentlar xususiyatlariga dasturiy yo'l bilan murojaat qilish ancha qulay. Biror xususiyatning qiymatini o'zgartirish uchun siz quyidagiga o'xshash kod yozishingiz kifoya: MyComponent.Width := 35; Bu satr komponentning kengligi Widthni 35 qiymatga o'rnatadi. Agar bundan oldin komponentning kengligi 35 ga teng bo'lmasa, siz komponent qanday qilib kengligini o'zgartirishini ko'rishingiz mumkin. Shunday qilib, Object Inspector dastur ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 65.22 KB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 65.22 KB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga